• Sh. Mirziyoyev
  • Boshlang’ich sinf ona tili darslarida sifat so’z turkumini o’rgatishda foydalaniladigan interfaol metodlar, mashq va topshiriqlardan foydalanishning ahamiyati mavzusidagi metodik tavsiyasi




    Download 1,3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/10
    Sana09.09.2024
    Hajmi1,3 Mb.
    #270737
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    OMMALASHTIRISH UCHUN METODIK TAVSIYA KARIMBOYEVA DILDOR Bahodir

     
    Muallif:
    Karimboyeva Dildor Bahodir qizi 
    Mas’ul muharrir:
    Karimboyeva Dildor Bahodir qizi 
    Taqrizchilar:
    71-umumta‟lim maktabi boshlang‟ich sinf o„qituvchisi: Sitrzayeva Sayyora. 
    Metodbirlashmasi rahbari: Davletboyeva Mavluda. 
    Ushbu uslubiy tavsiya Amudaryo tumani 71-maktabning 28-fevral 2024-yildagi 
    3/1- sonli Metodik Kengashida muhokama qilinib, tumanda ommalashtirish uchun 
    tavsiya qilindi. 
    Tuzuvchi: Karimboyeva Dildor 
    Amudaryo 2024 



    MUNDARIJA 
    I.
    Kirish…………………………………………………………………….4 
    II.
    Asosiy qism 
    2.1.
    Sifat so‟z turkumini o‟rgatish bosqichlari va izchilligi……………..….4 
    2.2.
    O‟quvchilarga belgini bildirgan so‟zlar haqida boshlang‟ich tushunchalar 
    berish usullari……………………………………………………………5 
    2.3.
    Sifat so‟z turkumini o‟rgatishda foydalaniladigan metodlar va 
    topshiriqlar……………………………………………………………….8 
    2.4.
    Sifatni 
    o‟rgatishda 
    “Wordwall” 
    platformasidan 
    foydalanishning 
    afzalliklari…………………………………………………………………12 
    III.
    Xulosa……………………………………………………………………..13 
    IV.
    Foydalanilgan adabiyotlar ro‟yxati……………………………………….14 
     



    Boshlang’ich sinf ona tili darslarida sifat so’z turkumini o’rgatishda 
    foydalaniladigan 
    interfaol 
    metodlar, 
    mashq 
    va 
    topshiriqlardan 
    foydalanishning ahamiyati
    Kirish 
    “O‟zbek tili xalqimiz uchun milliy o‟zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz, bebaho 
    ma‟naviy boyligimiz va buyuk qadriyatimizdir” 
    Sh. Mirziyoyev 
    Til millat ko‟zgusi, uning hayoti, o‟tmishi va kelajagini asrlar davomida asrab 
    kelajak avlodga bekamiko‟st yetkazib beruvchi xazinadir. Har bir millatning tilida 
    o‟sha xalqning ma‟naviyati, o‟zligi va milliy qadriyatlari aks etadi. Shuning uchun 
    ham ona tili ta‟lim turlarining barcha bosqichlarida osondan murakkabga tamoili 
    asosida izchillik bilan o‟rganiladi.
    Bugungi kunda yurtimizda ona tilimizning mavqeyini yanada oshirishga 
    qaratilgan ko‟plab chora-tadbirlar, qarorlar ishlab chiqilmoqda. Jumladan, 
    O‟zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi”O‟zbek tilining 
    davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari 
    to‟g‟risida”gi PF-5850-son Farmoni hamda O‟zbekiston Respublikasi 
    Prezidentining 2020-yil 20-oktabrdagi PF-6084-son Farmoni asosidagi “2020-
    2030-yillarda o‟zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish 
    KONSEPSIYASI”ni keltirish mumkin.
    Yuqoridagi farmon va qarorlarning ijrosini ta‟minlash maqsadida o‟quvchilarga 
    o‟zbek tilining naqadar boy va mazmundor ekanligini uqtirish, ona tilimizning 
    leksik va grammatik qurilishini o‟rgatishning zamonaviy usul va metodlarini ishlab 
    chiqish talab etilmoqda. Bu muammoni hal qilishga malakali o‟qituvchilarimiz 
    ham o‟z hissalarini qo‟shishmoqda. Darslarni tashkil qilish jarayonida foydalanish 
    mumkin bo‟lgan zamonaviy metodlar va pedagogik texnologiyalar ishlab 
    chiqilyapti va amaliyotda qo‟llanilmoqda. 
    O‟zbek tilining mazmundorligini, go‟zalligini oshirishda sifat so‟z turkumining 
    o‟rni alohidadir. Chunki tilimizdagi juda ko‟plab sinonimlar, qarama-qarshi 
    ma‟noli so‟zlar aynan sifat so‟z turkumiga tegishlidir. O‟quvchilarning og‟zaki va 
    yozma nutqini rivojlantirish, boyitish, jozibadorligini oshirish uchun,albatta, 
    belgini bildirgan so‟zlardan foydalanamiz. Ushbu metodik tavsiyada boshlang‟ich 
    sinf o‟quvchilariga sifatni o‟rgatishda foydalanish mumkin bo‟lgan zamonaviy 
    metodlar, mashqlar va ta‟limiy o‟yinlar, onlayn test platformasi “Wordwall” dan 
    foydalanish haqida atroflicha ma‟lumotlar, namunalar keltirilgan. 

    Download 1,3 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 1,3 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Boshlang’ich sinf ona tili darslarida sifat so’z turkumini o’rgatishda foydalaniladigan interfaol metodlar, mashq va topshiriqlardan foydalanishning ahamiyati mavzusidagi metodik tavsiyasi

    Download 1,3 Mb.
    Pdf ko'rish