Boshlang`ich ta’limda integratsion texnalogiyalardan foydalanish professor-o‘qituvchilarning eng muhim vazifasi – yosh avlodga Puxta ta’lim berish, ularni jismoniy va ma’naviy etuk Insonlar etib tarbiyalashdan iboratdir Sh




Download 23.23 Kb.
bet2/2
Sana05.02.2022
Hajmi23.23 Kb.
#17111
1   2
Bog'liq
Boshlanģich ta\'limda integratsion texnalogyalar
Triggerlar va Registrlar Reja
Keywords:Education, innovation, didactics, skills, abilities.
Nazariy bilimlarni amaliyotga joriy etish orqali olingan bilimlar mustahkamlanadi, ko’nikma va malakalar yana bir pog’ona oshadi.Ko’zga tashlanadigan kamchiliklar bartaraf etiladi. Amaliyot davomida yuzaga keladigan qiyinchiliklar orqali mustaqil faoliyat ko’nikmasi,to’g’ri qaror qabul qilish malakasi paydo bo’ladi.Kichik maktab yoshidagi bolalarda o’zlashtirish jaroyonida qiyinchilik tug’diradigan muammolarini integratsion texnologiyalar orqali bartaraf etish samarali natija beradi.
Bugungi rivojlangan asrimizda integratsion texnologiyalardan foydalanish muxim ahamiyat kasb etadi. Bularni qo`llashdan asosiy ko`zlangan maqsad zamon talabiga javob bera oladigan yoshlarni tarbiyalash vazifasi hisoblanadi. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki darslarda qo`llagan har bir texnlogiyamizni to`laqonli mazmun-mohiyatini o`quvchiga yetkazib berishimiz lozim.
Bugungi kunda axborot ko`lami juda rivojlanib, kengayib ketmoqda. Agar o`qituvchi o`z ustida ishlamasa, avvalgi bilimlari yetarli bo`lmay qoladi. Dars mavzularini kundalik hayotdagi keskin voqealar bilan bog`lab o`tilsa, turli integratsion texnologiyalardan foydalanilsa darsni esda qolishiga erishilishi mumkin. O`qituvchi o`quvchilarga integratsion usullardan foydalanib, fanlar aro bog`langan holda ekalogik-gigiyenik bilimlar bilan darsni to`ldirishi zarur.
Aslini olganda integratsiya o`zi nima?
Integratsiya (lot. Integratio — tiklash, toʻldirish, integer — butun soʻzi-dan) — fanlarning yaqinlashishi va oʻzaro aloqa jarayoni hisoblanadi.
Integratsion texnologiyalardan foydalanishda o`qituvchiga quyidagi bilimlarni bilish taqazo etiladi.

  1. AKT bo`yicha bilim, ko`nikma va malakaga ega bo`lish

  2. YaPT(yangi pedagogik texnologiya) bo`yicha xorijiy tajribalardan boxabar bo`lish

  3. Ta’lim jarayonini tashkil etishda didaktik o`yinlardan, interfaol usullardan foydalanish mahorati

  4. Ilg`or pedagogik texnalogiya bo`yicha bilimlarni o`zlashtirib boorish

  5. Dars jarayonida harakatli o`yinlardan unumli foydalana bilish

  6. Imkoni bo`lsa darsni internet tarmog`iga bog`lab o`ta bilish

  7. O`z ustida tinmay ishlashi, har soxaga oid yangiliklarni kuzatib borishi kerak.

Shundan kelib chiqib aytish mumkinki o`qituvchi o`zini har tomonlama rivojlantirishi zarur. Har bir o`qituvchi dars jarayonida shu bilimlarni qo`llay olsa, mavzuni o`quvchiga yetkazish oson bo`ladi. Masalan sinfdagi barcha o`quvchilar hamma fanlarni sevib o`qimaydi. Lekin siz uni o`rganmasa bitta yoki ikkita o`quvchim o`rganmabdi – deb qo`ya olmaysiz. Sinfdan bitta o`quvchining savodsiz, bilimsiz bo`lishi ham bu boshlang`ich sinf o`qituvchisining fojiasi hisoblanadi. O`qituvchilik kasbi qanchalar sharafli kasb, bu kasbda e’tiborsizlik yaramaydi. O`quvchi biror fanni o`zlashtirolmagan taqdirda ham, uning boshqa yo`nalishlarga qobilyati bo`lishi mumkin. Misol tariqasida o`quvchingiz matematikani yoqtirmaydi, lekin rasm chizishda ilg`or, juda chiroyli chizadi.Unga matematikaga qiziqish uyg`otish lozim.
Qanday qilib?
Turli ko`rgazmali qurollardan, rasmlardan foydalanib matematikani mukammal bo`lmasada, qisqacha o`rgatish mumkin. O`quvchimiz qo`liga labirint rasmi tushirilgan oq qog`oz beramiz va uni tushuntiramiz. Bu labirint bunda ko`rsatilgan manzilni topish lozim. Kel menga yordam ber birgalikda ko`rsatilgan manzilga yani maktabga yetib olamiz – deb o`quvchiga tushuncha beramiz. Qara labirintda borish yo`lagida turli soda misollar bor ekan shularni birga ishlaymiz va sen labirint yo`lagini bo`yaysan - deb o`quvchining qiziqishini oshiramiz va unga men senga ishonaman buni uddalaysan, chunki sen sinfdagi eng aqilli o`quvchilarimdansan - deb motivatsiya beramiz. Shu asnoda uni zo`r rassom ekanini ta’kidlab o`tamiz. O`quvchining qiziqishini oshirish biz uchun birinchi ish hisoblanadi. Endi har darsda shunaqa turli ko`rgazmali qurollardan foydalanilsa o`quvchi albatta fanni sevadi, o`qituvchisiga, faniga mehr qo`yadi va biz natijaga erishgan bo`lamiz.
Òqituvchi integratsion texnologiyalarga asoslanib darsni tashkil etar ekan, turli texnik vositalardan ham (kompyuter, proyektor, elektron doska vahokazo) foydalanishi mumkin. Òqituvchining darslarida innovatsialar qanchalik kòp bòlsa, mazmun shunchalik oshadi. Darsni qiziqarli òtishi uchun xar xil metodlardan foydalanamiz. Masalan "Baliq sikleti", "Daraxt", "Uchayotgan qaldirģoch", "Rebuslar", kabi metodlar juda kòp.
Ta’lim innovatsiyalaridan samarali foydalanishda pedagoglarning kasbiy mahorati ,kompetentligi,iqtidori va ish tajribasi alohida ahamiyat kasb etadi.
Pedagog qanchalik darajada kasbiy mahorat ,kompetentlik, iqtidor va ish tajribasiga ega bo’lsa ,u ta’lim innovatsiyalarini o’z faoliyatida shunchalik faol qo’llaydi va samarali natijalarga erishadi.
Har tomonlama yetuk, barkamol yoshlarni yetishtirish uchun albatta malakali o’z
mutaxassisligini chuqur egallagan o’qituvchilar zarur.Shuning uchun hozirgi
kunda o’qituvchilar oldiga juda ko’p vazifalar qo’yilmoqda.Shu bilan birga
talabalarga ham.
Har qanday ijtimoiy jamiyatda yosh avlod ta’lim-tarbiyasi muayyan maqsad
asosida tashakil etiladi .Ta’lim -tarbiya maqsadi ijtimoy jamiyat taraqqiyoti,
uning rivojlanish yo’nalishi ,ijtimoiy munosabatlar mazmunidan kelib chiqib
belgilanadi.Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasi tashkil etilayotgan ta’lim-
tarbiyaning asosiy maqsadi komil insonni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iborat.
,,Kadrlar tayyorlash milliy dasturi “da alohida ta’kidlangan milliy model
O’zbekiston Respublikasining milliy-hududiy xususiyatlarini inobatga olish hamda ilg’or fan,texnika va texnologiya asosida tayyorlangan yutuqlari asosida tayyorlangan kadr (mutaxasis) – komil inson va yetuk mutaxassis qiyofasini o’zida to’laqonli aks ettiruvchi namunadir.
Zamonaviy sharoitda talabalarning o‘quv-bilish faolliklarini kuchaytirish o’qitish sifatini oshirish va samaradorligini yaxshilash maqsadida innovatsion xarakterga ega ta’lim shakllaridan foydalanish maqsadga muofiqdir .
Bugungi kunda amaliy o’yinlar ,muammoli o’qitish,interfaol ta’lim ,modul- kredit tizimi ,masofali o’qitish ,blended larning (aralash o’qitish ) va mahorat darslari ta’limning innovatsion shakllari sifatida e’tirof etilmoqda.
Mustaqil ta’lim ma’lum bilim, ko‘nikma va malakalar hamda tajribalar zahirasi asosida amalga oshadi .O’quv fanlarini chuqur va puxta o’zlashtirish, ta’lim zahirasi asosida amalga oshadi.O’quv fanlarini chuqur va puxta o’zlashtirish, ta’lim va innovatsion yondashuvlar asosida axborotlarni mustaqil izlab topish, uni atroflicha tahlil eta olish ,ilmiy -ijodiy tafakkurni boyitish ,o’quv-biluv jaroyonidagi savol -javob va bahs-munozaralarda faol qatnashish , o’z fikr – mulohazasini asosli dalillar bilan bayon qilish hamda uni himoya eta olish qobiliyati har bir talaba – bo’lajak mutaxassis oldida turgan dolzarb vazifa hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:



  1. https:// baxtiyor.uz

  2. http:// 6-idum.zn.uz

  3. https:// donschool 86.ru

  4. Kasbiy ta’lim metodikasi

Download 23.23 Kb.
1   2




Download 23.23 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Boshlang`ich ta’limda integratsion texnalogiyalardan foydalanish professor-o‘qituvchilarning eng muhim vazifasi – yosh avlodga Puxta ta’lim berish, ularni jismoniy va ma’naviy etuk Insonlar etib tarbiyalashdan iboratdir Sh

Download 23.23 Kb.