30
qaysidir
t=
t
o’z
vaqt chegarasidan boshlanadi va inersion va noinersion rejimlarda
bajarilishi mumkin. Inersionlik bo’lmagandagi x va y ning o’zgarish jarayoni
1.8a-rasmda keltirilgan grafik bilan tavsiflanadi.
1.8-rasm.Kirish kattaligini sakrashsimon o’zgarishida elementdagi o’tish
jarayoni:
a – inersionlik bo’lmaganda; b,v – inresionlik mavjud bo’lganda.
Inersionlik mavjud bo’lganda y ni x ning o’zgarishiga nisbatan
o’zgarishining kechikishi kuzatiladi. Bu holatda 0 dan x0
gacha kirish
kattaligining sakrashsimon o’zgarishida (1.8b-rasm) chiqish kattaligi y
o’rnatilgan
qiymat y
o’rt
ga birdaniga erishmaydi, o’rnatilgan
qiymatga erishish
vaqti mobaynida o’tish jarayoni sodir bo’ladi. Bunda o’tish jarayoni
aperiodik(tebranishsiz) so’nuvchi (1.8b-rasm) yoki tebranishli so’nuvchi (1.8v-
rasm) bo’lishi mumkin.
Avtomatik elementlarning o’tkinchi jarayondagi holati, o’tish (переходная)
xarakteristikalari bilan ifodalaniladi. O’tish
xarakteristikasi deb, kirish kattaligi
sakrab (keskin) o’zgarganda, chiqish kattaligining vaqtiga bog’liqligiga y(t)
aytiladi.
31
1.9- rasm. Avtomatik elementlarining o’tish xarakteristikalari.
O’tish xarakteristikalari inertsiyasiz, inertsiyalik va tebranuvchan bo’lishi
mumkin. Avtomatik elementlarning ishonchliyligi deb, ularning eksplyuatatsiya
jarayonida ishlash qobiliyatini saqlash xususiyati tushuniladi. Ishonchliylikka
baxo berishda, “buzilish” (“оtkаz”) tushunchasi ishlatilinadi.