23
Sezgir elementlar turkumiga datchiklar kiradi. Datchiklar topshiriq beruvchi
elementlar sifatida ham qo’llanilishi mumkin.
Taqsimlovchi elementlar sifatida turli o’lchash sxemalari asosida
bеlgilangan qurilmalar ishlatiladi. Taqsimlovchi elementdan uzatilayotgan
signal ko’pincha kam quvvatga ega bo’lib, u ob’ektga rostlovchi ta’sir o’tkaza
olmaydi. Shuning uchun bu signallar kuchaytiruvchi elementlar yordamida
kuchaytiriladi.
Ijrochi elementlar boshqarish ob’ektiga bevosita ta’sir o’tkazish uchun
xizmat qiladi. Ijrochi elementlar sifatida elektromagnitlar va elektrodevigitillar
ayniqsa keng tarqalgan.
Avtomatik elementlari turli fizik tabiatga ega bo’lishi mumkin. Еlektrik,
mexanik, pnegmativ, gidravlik va h.k. amalda avtomatik boshqarish
qurilmalarida turli elektrik elementlardan keng foydalaniladi. Bunday holatlarni
sabablari elektrik kattaliklarni masofalarga uzatish, saqlash, qayta ishlab berish
va ularni boshqa turdagi signallarga aylantirishning qulayligidir.
Avtomatik elementlarning kirish kattaliklari - kirish signallari deb ataladi
va
x harfi bilan belgilanadi. Еlementlarning chiqish kattaliklari - chiqish
signallari deb ataladi va
y xarfi bilan belgilanadi.
Avtomatika elementlarning tasniflanishi
Avtomatika elementi- deb kirish
x signalini chiqish
y signaliga aylantirib
beradigan eng oddiy avtomatik moslamaga aytiladi.
Kirish va chiqish bir nechta bo’lishlari mumkin. Signallarni o’zgartirish
miqdoriy (sonli),
sifatli yoki
axborotli bo’lishli mumkin.