TJni qisman va to’liq avtomatlashtirish




Download 4,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/104
Sana10.12.2023
Hajmi4,61 Mb.
#115096
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104
Bog'liq
Boshqarish sistemalarining elementlari va qurilmalari

TJni qisman va to’liq avtomatlashtirish. Avtomatik axborot yig’ish 
texnologik jarayon xaqida, ishlab chiqilayotgan maxsulot xaqida hamda uning 
miqdori, sifati xaqida xizmatchi xodimlarga axborot berish uchun xizmat qiladi. 
Ishlab chiqarish jarayonlaridagi avariya holatlarini oldini olish, 
tekshirilayotgan jarayonni ishdan to’xtatish avtomatik himoya vositalari 
yordamida amalga oshiriladi (masalan, elektr uskunalarining alohida qismlarini 
qisqa tutashuv holatlarida ishdan to’xtatish). Avtomatik himoya avtomatik 
boshqaruv va signallash bilan uzviy bog’langan, chunki bunda ximoya vositalari 
boshqaruv organlariga ta’sir ko’rsatadi hamda bajarilgan vazifa haqida 
xizmatchi xodimlarni xabardor qiladi. 
Rele himoyasi elektr stansiyalari, podstansiyalari, turli elektr uskunalarida 
qo’llanuvchi relelar asosida bajariladi. 
Avtoblokirovka qurilmalari avtomatik ximoya tarkibiga kiruvchi 
elementlar bo’lib, uskunalarni noto’g’ri ulanish va ishdan to’xtash hollarini ham 
da avariya holatlarini oldini olishda qo’llaniladi.
Boshqaruv – boshqaruvchi kattalikning belgilangan algoritmiga mos 
bo’lgan qiymatini saqlashga yo’naltirilgan ta’sirlar yigindisi xisoblanadi. 
Algoritm bu texnologik jarayonda bajariluvchi operatsiyalarning ketma 
- ketligi va mazmunini belgilovchi; berilgan qiymatni oxirgi qiymatga o’tishini 
ko’rsatuvchi ko’rsatma xisoblanadi. 


16 
Ish algoritmi ma’lum texnologik jarayon yoki uskunada bajariluvchi 
vazifalarning ta’minlovchi ko’rsatmalar yig’indisi hisoblanadi. 
Belgilangan ish algoritmini amalga oshirish uchun tash-qaridan maxsus 
ta’sirlar ko’rsatilishi zarur bo’lgan, moddiy va energetik balansga rioya qiluvchi 
mashina yoki agregat bosh-qariluvchi ob’ekt deb yuritiladi. 
Bir biridan ma’lum masofada joylashtirilgan texnologik ob’ektlarni 
boshqarish masofaviy avtomatik boshqaruv tizimining texnik vositalarini o’z 
ichiga oladi. Bu holda boshqaruv impulslari dispetcherlik pultlari boshqaruv 
punktlarida o’rnatilgan avtomatlashtirish uskunalari orqali beriladi yoki qabul 
qilinadi. 
Avtomatik boshqaruv – texnologik jarayonlarni odam ishtirokisiz 
boshqaradigan texnikaviy vositalarni joriy etish demakdir. Bu esa ishlab 
chiqarish jarayonidagi odam ishtirok etmagan yangi bosqich bo’lib, bunda 
texnologik va ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish funksiyasini avtomatik 
qurilmalar bajaradi. Avtomatlashtirishni joriy etish ishlar ko’rsatkichlarining 
yaxshilanishiga, ya’ni ishlab chiqarilayotgan maxsulot miqdori va sifatining 
oshishi hamda tannarxining kamayishiga olib keladi.
Ishlаb chiqаrish unumdоrligini оshirish аsоsаn ishlаb chiqаrishni 
mеxаnizаtsiyalаsh vа аftоmаtlаshtirishgа аsоslаnаdi. Bu tushunchаlаr оrаsidаgi 
umumiylik vа fаrqi nimаdаn ibоrаt. 
Mеxаnizаtsiya – bu qo’ldа ishlаsh vоsitаlаrini mаshinа vа mеxаnizimlаr 
bilаn аlmаshtirishdir. Bulаr yordаmidа insоn оg’ir yuklаrni ko’tаrishni vа 
siljitish, mеtаllаrni kеsishi, eritishi vа shtаmplаsh, еr оstidаn qаzilmа bоyliklаrni 
qаzib оlish mumkin vа xаkоzо. Lеkin bu turli mаshinа mеxаnizmlаr insоn 
tоmоnidаn bоshqаrilаdi.: u ishlаb chiqаrish, ulаrni tаxlil qilish, qаrоr qаbul qilib, 
bu jаrаyontа`sir qilish lоzim. 
Shudаy qilib, mеxаnizimlаshtirilgаndа, insоn ishlаb chiqаrish jаrаyonidа 
dоimiy ishtrоki tаlаb etilаdi. 


17 
Ishlаb chiqаrish jаrаyonlаrini аftоmаtlаshtirilgаdа insоnning ishlаb 
chiqаrish jаrаyonidа bеvоsitа ishtrоki vа qismаn vа butunlаy tеxnik vоsitаlаrni 
vа bоshqаrish tizimlаrini qo’llаsh оrqаli оzоd etilаdi. 
Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirishning holati uch davrga 
bo’linadi. 

Download 4,61 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104




Download 4,61 Mb.
Pdf ko'rish