9
I-BOB. АVTОMАTIK BОSHQАRISH SISTЕMАLАRI–ELЕMЕNTLАR
MAJMUASI.
1.1. АVTОMАTIK QURILMАLАR. АVTОMАTIK BОSHQАRISH
SISTЕMАLАRINING FUNKSIОNАL SXЕMАLАRI VА АSОSIY
ELЕMЕNTLАRI.
Hozirgi vaqtda хalq хo’jaligining borcha sohalarida avtomatlashtirish
jadal suratlarda olib borilmoqda, avtomatlashtirilgan agregat mashinalar,
potok
liniyalari, seх va zavodlar barpo bo’lmoqda.
Inson eng avval og’ir jismoniy mehnat turlari (energiya va haraktlantiruvchi
kuch manbai vazifasini bajarish)dan ozod bo’lishga erishgan. Bu o’rinda u tabiiy
energiya manbalaridan (suv, shamol va b) foydalangan. Keyinchalik bug’ va
elektr mashinalarini yaratilishi va ularning ishlab chiqarishda qo’llanilishi bilan
bog’liq bo’lgan fan va texnika taraqqiyotining birinchi bosqichi ishlab chiqarish
jarayonlarini mexanizasiyalash fazasi boshlandi.
Ishlab chiqarish sistemalarining asosiy elementlaridan biri bu texnologik
jarayondir. Texnologik jarayon bu-mehnat qurollari holati o’zgaruvchi yoki
ta’minlovchi harakatlardir. Texnalogik jarayonlar texnalogik operatsiyalardan
iborat va u bitta ish joyida bajariladi. Texnalogik rejim – texnalogik jarayonning
o`zgaruvchi qiymatlaridir. Texnalogik jarayon matematik tarzda quyidagicha
shakllanadi.
TP =T(R
o
, R
s
, R
p
, R
r
, I
k
, I
ch
)
R
o
-texnalogik qurilma agregatlarning parametrlari majmuasi;
P
c
-xom-ashyo parametrlarning majmuasi;
P
p
-jarayon parametrlarning to`plami;
P
p
-mahsulot parametri to`plami;
I
k
,I
ch
-kirish,chiqish oqimlari parametrlarining intensivligi.
Texnalogik
jarayonning matematik javobini qurushi. U ayrim element operatsiyalari bilan
qaraladi
.
10
Avtomatika - fan va texnikaning alohida sohasi bo’lib, bu soha avtomatik
boshqarish nazariyasi, avtomatik tizimlar yaratish printsiplari va bu tizimlarda
qo’llaniladigan texnik vositalar bilan shug’ullanadi. Avtomatika so’zi
grekcha
so’zdan olingan bo’lib, o’zi harakatlanuvchan moslamani anglatadi. Avtomatika
fan sifatida 18-asrning ikkinchi yarmida, ya’ni ip-yigiruv, tikuv stanoklari va
bug’ mashinalari kabi birinchi murakkab mashina - qurilmalarining paydo
bo’lish davrida ishlatila boshlandi.
Avtomatik qurilma Polzunov bug’ mashinasi (1765 y.) yaratilgan. Bu
mashina oddiy shamol va gidravlik dvigatellarning o’rniga ishlatilgan va odam
ishtirokisiz suvning sathini rostlagan. Avtomatik
rostlashning asosiy
printsiplarini ingliz olimi F. Maksvell tomonidan 1868 yilda ishlab chiqildi.
Texnikaning rivojlanishi va odamlarning og’ir qo’l mexnatidan bo’shashiga
qaramasdan ish jarayonlari va mehnat qurollarini boshqarish kengayib va
murakkablashib bordi. Ayrim holatlarda esa maxsus qo’shimcha elementlarsiz
mexanizatsiyalashgan
ishlab
chiqarishni
boshqarish
imkoniyatlari
murakkablashdi. Bu esa o’z navbatida avtomatikaning muhimligini va uni
rivojlantirish kerakligini isbotladi.
Avtomatlashtirishning turlari :
Avtomatika – fan va texnika soxasi bo’lib, ishlab chikarish yoki boshqa
jarayonlarni odam ishtirokisiz boshqarish nazariyasi
va tizimlarini tuzish
usullarini o’z ichiga oladi.
Avtomatlashtirish - keng ma’noda ishlab chiqarish jarayonlarini odam
ishtirokisiz boshqarishni ta’minlashga qaratilgan texnik, tashkiliy, iqtisodiy,
madaniy va boshqa tadbirlar majmuidir.
Avtomatlashtirish o’z oldiga birgina kishi mexnatini engillashtirishnigina
vazifa qilib quymay, balki ishlab chiqarishni shunday yukori tezlikda, aniqlikda
puxtalikda, tejamkorlikda o’tishini ta’minlaydiki, uni inson bajara olmaydi.
Avtomatika- iborasi qadimiy grek so’zi “avtomatos”dan kelib chikib o’z-
o’zidan ishlaydigan qurilma ma’nosini bildiradi. Qadim zamonlarda ham o’z-
11
o’zidan ishlaydigan qurilmalar mavjud bo’lgan, masalan, olov yoqilish i bilan
ibodatxonalar eshigini ochib yuboradigan pnevmatik avtomatlar, mo’jizaviy
suvlarni quyadigan avtomatlar va sh. o’.
Boshqarish sistеmalarining elеmеntlari va qurilmalari fanini o’qitilishidan
maqsad – talabalarga boshqarish sistеmalarining asosini tashkil etuvchi elеmеnt
va qurilmalarning ishlash printsipiga qarab sinflanishi, turlanishi,
konstruktiv
tuzilishlari, statik va dinamik xaraktеristikalari, ularga qo’yiladigan talablar
asosida tanlash va sxеmotеxnik tuzilishini o’rgatish, shuningdеk ularda
yo’nalish profiliga mos ta’lim standarti talablariga javob bеradigan bilimlar,
ko’nikmalar va tushunchalarni hosil qilishdir.