• Fanning maqsadi
  • Boshqarish sistemalarining elementlari va qurilmalari




    Download 4,61 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet5/104
    Sana10.12.2023
    Hajmi4,61 Mb.
    #115096
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104
    Bog'liq
    Boshqarish sistemalarining elementlari va qurilmalari

    Fanning vazifasi – boshqarish sistеmalarida avtomatika elеmеntlari va 
    qurilmalarini tutgan o’rni, ularni ishlatish xususiyatlarini mukammallashtirish va 
    rivojlantirish usullarini, zamonaviy elеmеntlar asosida qurilmalar yaratishni 
    talabalarga o’rgatishdan iborat.
    Fanning maqsadi – talabalarga element va qurilmalarning tuzilishini, 
    ishlash printsiplarini, asosiy xarakteristikalarini, sistema sifatiga qo’yiladigan 
    talablar asosida ularni tanlashni, element va qurilmalarni aniq va xatosiz 
    ishlatishni o’rgatishdan iborat.
    Avtomatik qurilmalar elementlari quyidagi guruhlarga bo’linadi:
    - ish rejimi boshqaruvining sezgir elementlari;
    - elektrik o’zgartirgichlar(datchiklar va elektromagnitli relelar);
    - avtomatik qurilma kuchaytirgichlari(magnitli, elektromagnitli, 
    elektrovakuumli, yarimo’tkazgichli, porshenli kuchaytirgichlar);
    - mexanizmlarning burchak holatlarini o’lchovchi elementlar(halqali 
    potensiometrlar, aylanuvchi transformatorlar);
    - teskari aloqaning richagli, elektromexanik, pnevmatik, elektronli va boshqa 
    elementlari;


    12 
    - avtomatik qurilmalarning ijro etuvchi mexanizmlari(elektrli, gidravlik, 
    pnevmatik va boshqa turli).
    Har qanday boshqarish jarayoni to’rtda tashkil etuvchilarga bo’linishi mumkin:
    1) ob’yekt holati parametrlarining qiymatini berish yoki boshqarish haqidagi 
    ma’lumotni olish;
    2) ob’yekt holati haqidagi ma’lumotni olish;
    3) olingan ma’lumotni qayta ishlash va qaror qabul qilish, ya’ni boshqarish 
    signalini shakllantirish;
    4) shakllangan boshqarish signalini amalga oshirish – ishlab chiqiqgan 
    boshqarish signaliga mos ravishda boshqarish ta’sirini amalga tadbiq etish.
    Maxsus avtomatik qurilmalar yordamida bajariluvchi vazifalariga ko’ra 
    avtomatlashtirishni quyidagi asosiy ko’rinishlarga ajratish mumkin: avtomatik 
    nazorat, avtomatik ximoya, avtomatik va masofadan boshqarish, telemexanik 
    boshqaruv. 
    Avtomatik nazorat texnologik jarayon xaqida operativ ma’lumotlarni 
    avtomatik ravishda qabul qilish va uning tarkibiga avtomatik signallash
    o’lchash, saralash va axborot yig’ish kiradi. 
    Topshiriq beruvchi element (zadatchik) deb, boshqarish maqsadiga mos 
    siganllarni ishlab chiqaruvchi elementga aytiladi. Topshiriq beruvchi qurilma 
    sifatida oddiy reostatli zadatchiklar, kontaktli buyruq-apparatlar, kontaktsiz 
    dasturiy qurilmalar va boshqalar ishlatilishi mumkin.


    13 
    Avtomatik signallash nazorat qilinayotgan turli texnologik jarayonlarning 
    chegaraviy holatlarini xizmatchi xodimlarga ma’lum qilishda qo’llaniladi. 
    Signallash vositalari yorug’lik, tovushli yoki bir vaqtda ikkala ko’rinishga ega 
    bo’lishi mumkin (lampalar, sirenalar maxsus dinamik qurilmalar va boshqalar). 
    Avtomatik o’lchash alohida texnologik jarayon yoki mashina va 
    agregatlarning ishini ko’rsatuvchi fizik kattaliklar xaqida o’lchov vostalari 
    yordamida ma’lumotlar olishga xizmat qiladi. 
    O’lchovchi element ob’yekt holatini, ob’yektning chiqish parametrlarini
    shuningdek tashqi muhit parametrlarini va ushbu ma’lumotni tizimning 
    boshqaruvchi elementiga uzatishni nazorat qilish uchun xizmat qiladi. 


    14 
    Boshqaruvchi(rostlovchi) element oddiy holatda boshqariluvchi(rostlanuvchi) 
    qiymatni berilgan qiymatdan og’ishiga proporsional boshqarish(rostlash) 
    signalini ishlab chiqaradi. Odatda boshqaruvchi element(regulyator) juda 
    murakkab tuzilishga ega va huddi boshqa turli elementlar(kuchaytirgichlar, 
    filtlar, qo’shuvchi(jamlovchi) va h.k)dan tashkil topgan tizim deb ko’rish 
    mumkin. 
    Avtomatik 
    saralash 
    maxsulotning 
    o’lchami, 
    og’irligi, 
    kattaligi, 
    cho’ziluvchanligi va boshqa fizik ko’rsatkichlariga qarab avtomatik ravishda 
    ajratish va nazorat qilish vazifasini bajaradi (don maxsulotlari, tuxumlarni, 
    mevalarni, sabzavotlarni saralash va x.k.). 
    Ijro etuvchi elementlar boshqarish ob’yekti holatini bevosita o’zgartirish 
    uchun xizmat qiladi. Ijro etuvchi elementlarga ijro etuvchi mexanizmlar va 
    rostlash organlari taaluqlidir. 


    15 


    Download 4,61 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104




    Download 4,61 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Boshqarish sistemalarining elementlari va qurilmalari

    Download 4,61 Mb.
    Pdf ko'rish