22
Rostlanuvchi ob’ektga bevosita keladigan ta’sirlar avtomatik rostlash
tizimiga beriladigan tashqi ta’sirlarning ikkinchi turiga kiradi. Bu ta’sirlar
tashqi
g’alayonlar deb ataladi va F(t) bilan belgilanadi.
Turli avtomatika tizimlari uchun g’alayonlar ham turlicha bo’ladi.
Masalan, o’zgarmas tok motori uchun motorga keltiriladigan kuchlanish kirish
miqdori, motorning aylanish chastotasi chiqish (rostlanadigan) miqdori,
uning
validagi yuklama esa g’alayon bo’ladi.
G’alayonlar asosiy va ikkinchi darajali bo’ladi. Asosiy g’alayonlarga
rostlanuvchi miqdor
u(t) ga eng ko’p ta’sir ko’rsatuvchi g’alayonlar kiradi. Agar
tashqi g’alayonlarning rostlanuvchi miqdor
u(t) ga ta’siri oz bo’lsa, ular
ikkinchi
darajali deb ham xisoblanadi. Masalan, o’zgarmas tok bilan qo’zg’atiladigan
o’zgarmas tok motori uchun motorning validagi yuklama asosiy g’alayon, motor
aylanish chastotasining juda oz o’zgarishiga sabab bo’ladigan g’alayonlar
(xususan, qo’zgatish chulg’amining va yakor chulg’amining qarshiligini,
binobarin, toklarni ham o’zgartiruvchi tashqi muxit har oratining o’zgarishi;
motorning qo’zgatish chulg’amini ta’minlovchi elektrik tarmoq kuchlanishning
o’zgarishi; cho’tkali kontaktlar qarshiligini o’zgarishi va boshqalar) ikkinchi
darajali bo’ladi. Agar tizimda bir chiqish miqdori (koordinata) rostlansa, bunday
tizim bir konturli, agar tizimda bir necha miqdor (koordinata) rostlansa,
shuningdek, bir chiqish koordinatasining o’zgarishi
boshqa koordinataning
o’zgarishiga ta’sir etsa, bunday tizim ko’p konturli deb ataladi.