21
vaqtda doimiy saqlanishi shart bo’lgan qiymati rostlanuvchi kattalikning
berilgan qiymati deyiladi. Texnologik reglament rostlanuvchi kattalikning
xozirgi va berilgan qiymatlarini vaqtning har bir onida teng bo’lishini talab
qiladi. Ammo ichki yoki tashqi sharoitlarning o’zgarishi sababli rostlanuvchi
kattalikning xozirgi qiymati berilgan qiymatdan chetga chiqishi mumkin. SHu
paytda hosil bo’lgan, qiymatlar farqini xato yoki nomoslik deyiladi.
Xato yoki nomoslik nolga teng bo’lgan texnologik jarayon
turg’unlashgan rejim deyiladi. Turg’unlashgan rejimda moddiy va energetik
balanslar qat’iy saqlanadi.
Har qanday avtomatik rostlash tizimini ish jarayonida turli faktorlar
ta’sirida bo’ladigan alohida qurilmalar – elementlar tarzida ko’rsatish mumkin.
Bularga tizimning ham o’ziga ham uning alohida elementlariga keladigan
ta’sirlar kiradi.
Ta’sirlar ichki va tashqi bo’ladi. Tizim ichida bir element-dan
boshqasiga uzatilib, texnologik jarayonning belgilangan yo’nalishda bajarilishini
ta’minlaydigan ichki ta’sirlarning ketma-ket zanjirini hosil qiluvchi ta’sirlar