Boshqarish sistemalarining elementlari va qurilmalari




Download 4,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/104
Sana10.12.2023
Hajmi4,61 Mb.
#115096
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104
Bog'liq
Boshqarish sistemalarining elementlari va qurilmalari

A N N O T A T I O N 
This textbook is intended for students in the specialty "5311000 - Automation 
and control of technological processes and production (chemical, petrochemical 
and food industries)." The textbook is intended for the acquisition and equipping 
of scientific research, modern machinery and equipment. Elements and devices 
of control systems is a continuously developing system that is inextricably 
linked with the characteristics of production and many areas of science and 
technology. Studying the principles of operation of automation systems, the 
general structure and management methods of automatic control systems, 
adjustment, as well as automation and research of typical technological 
processes in industrial and agricultural production. 
The textbook is based on a standard program in this subject. 



KIRISH 
O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligida olib 
borilayotgan tadbirlarning asosiy maqsadi – ta’lim tizimi islohatlarini hayotga 
tadbiq etish, zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali, raqobatbardosh 
mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan. Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat 
siyosati uzluksiz ta’lim tizimi orqali yoshlarni intellektual, ma’naviy-ahloqiy 
jihatdan tarbiyalash va har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirishni nazarda 
tutadi. 
Hozirgi vaqtda texnika va texnologiyaning rivojlanishi amaliy sohadagi 
fanlarning yanada rivojlanishiga turtki bo’lmoqda. Bu esa turli ishlab 
chiqarishlarda qo’llaniladigan texnologik qurilmalarni avtomatlashtirishda 
muhim rol o’ynaydi. Respublikamiz mustaqillikka erishgandan buyon yuqori 
malakali ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni rivojlantirish, oliy ta’lim va 
ilmiy- tadqiqot muassasalarini ilmiy salohiyatini mustahkamlash, oliy ta’limda 
ilm-fanni 
yanada 
rivojlantirish, 
uning 
akademik 
ilm-fan 
bilan 
integratsiyalashuvini kuchaytirish, oliy ta’lim muassasalari professor- 
o’qituvchilarining ilmiy tadqiqot faoliyati samaradorligi va natijadorligini 
oshirish, iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shug’ullanishga jalb 
etishga qaratilgan keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirildi. Shunindek, 
O’zbekiston Respublikasi yanada rivojlanishi uchun Harakat lar strategiyasi 
asosida ilmiy-tadqiqot va innovatsion yutuqlarini amaliyotga joriy etish 
mexanizmlaridan iqtisodiyot tarmoqlarining samaradorligini oshirishda 
foydalanish muxim ahamiyatga ega hisoblanadi.[1]. 
O’zbekiston Respublikasining prezidenti Shavkat Mirziyoev “2017-2021 
yillarda O’zbekistonda rivojlantirishning beshta ustivor yo’nalishi bo’yicha 
harakat strategiyasi”ning ijtimoiy soxani rivojlantirishning ustuvor 
yo’nalishlarida belgilab qo’yganidek, ta’lim va sohani rivojlantirish bo’yicha 
“Uzliksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish yo’lini davom ettirish, sifatli 



ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy 
ehtiyojlarga muvofiq, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash,ta’lim muassasalarini 
kompyuter texnikasi va o’quv-metodik qo’llanmalar bilan jihozlash bo’yicha 
ishlarni amalga oshirish orqali ularning 
moddiy-texnika bazasini 
mustahkamlash yuzasidan aniq maqsadga qaratilgan chora-tadbirlarni ko’rish” 
bugungi kunda ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan har bir professor-
o’qituvchining vazifasidir 
[4]. 
Hozirgi vaqtda murakkab boshqarish tizimlarini yaratish va axborotlarga 
ishlov berishdagi tadqiqot ishlarida yangi g’oyalarni va tizimlarni analiz va 
sintez qilishning zamonaviy usullarini keng qo’llash natijasida, so’ngi 5-10 
yillikdagi ilmiy-tadqiqot ishlari taraqqiy etib bormoqda. Shunga bog’liq holda 
universitetlarda hamda ishlab-chiqarish doirasida tizimlarni loyihalashning 
yangi usullarini izohlovchi va tizimlashtiruvchi zamonaviy boshqarish tizimlari 
darsliklariga, o’quv va uslubiy qo’llanmalarga sezilarli darajada zaruriyat 
tug’ilmoqda.Таlаbаlаrgа аvtоmаtik sistеmаlаrdа qo’llаnilаdigаn elеmеnt vа 
qurilmаlаrning tuzilishini, ishlаsh prinsiplаrini аsоsiy vа tаvsiflаrini, sistеmа 
sifаtigа tаlаblаr аsоsidа ulаrni tаnlаshni vа ulаrni ishlаtishni o’rgаtish, yo’nаlish 
prоfiligа mоs tа`lim stаndаrtidа tаlаb qilingаn bilimlаr, ko’nikmаlаr vа tаjribаlаr 
dаrаjаsini tа`minlаshdir. 
Respublikamizda xalq xo’jaligi, sanoat, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini 
avtomatlashtirish, qo’l mexnatini engillashtirish maqsadida yuqori malakali 
mutaxassislarni tayyorlash talab qilinadi. Avtomatik boshqarish tizimlarini
tatbiq etish bilan turli murakkab texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishga 
erishish mumkin.
Ko’rsatilgan masalalarni hal qilishda barcha sohalarda ishlab chiqarishni 
zamonaviy asbob-uskunalar, mashina va agregatlar bilan ta’minlash muxim 
vazifa hisoblanadi. Bugungi kunda ko’plab tarmoqlarda qo’llanilayotgan ilg’or 
texnologiyalar ishlab chiqarishning avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlaridan 
foydalanishni talab qiladi. Shuning uchun soha bo’yicha tayyorlanayotgan 



mutaxassislar texnologik jarayonlarni atvomatlashtirilgan tizimlari, avtomatik 
nazorat, avtomatik rostlash, avtomatik boshqaruv tizimlari xaqida maxsus 
bilimga ega bo’lishlari zarur
Boshqarish sistemalari element va qurilmalari— uzluksiz rivojlanuvchi 
tizim bo’lib, u ishlab chiqarishning o’ziga xos xususiyatlari va fan-texnikaning 
ko’pchilik 
sohalari 
bilan 
uzviy 
bog’langandir. 
Ishlab 
chiqarishni 
avtomatlashtirishda yuqori samaradorlikka erishishning bevosita sharti asosiy va 
yordamchi ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash hisoblanadi. 
Avtomatlashtirishni rivojlantirish jarayoniga quyidagi ko’p sonli qonuniy va 
tasodifiy omillar ta’sir ko’rsatadi: texnologiya va qurilmaning holati hamda 
avtomatlashtirishga tayyorgarligi, xomashyo, yarim mahsulotlar va energetik 
resurslarning sifati hamda barqarorligi, xodimlarning malakasi, ishchi va
mutaxassislar faoliyatini tashkil etish va hokazo. 
Boshqarish sistemalari element va qurilmalari faqat ishlab chiqarish 
texnikasini takomillashtirish hamda mehnat sharoitlarini yaxshilash bilangina 
emas, balki ishlab chikarish rentabelligini oshirish, birlik mahsulotga ketadigan 
moddiy 
va 
mehnat 
xarajatlarini 
pasaytirib, 
uning 
texnik-iqtisodiy 
ko’rsatkichlarini orttirish bilan bog’liq. 
Xalq xo’jaligi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashda ‘Boshqarish 
sistemalari element va qurilmalari’ fani katta ahamiyatga ega. Bu fan talabalarga 
o’z ixtisosliklarini nazariy jihatdan chuqur egallashga, ularning bilimlarini 
mustahkamlashga, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va texnologik 
jarayonlardan unumli foydalanish yo’llarini o’rgatadi. Avtomatlashtirish 
borasida eng mas’uliyatli ishlar esa, shubhasiz, kadrlar zimmasiga tushadi. 
Bugungi kun kadrlari yangi texnika va texnologiyadan foydalanishga, 
texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishni keng joriy etishga, ishlab chiqarish 
zaxiralarini aniqlash va uni jadallashtirishga qodir bo’lishlari kerak. Xususan, 
yosh kadrlar oldida fan-texnika taraqqiyotining yo’l boshlovchisi bo’lishdek 
mas’uliyatli vazifa turadi. SHuning uchun texnologik jarayonlarni nazorat qilish 



va avtomatlashtirish asoslarini shu soha mutaxassislarigina emas, balki 
texnolog-konstruktorlar, iqtisodchilar va boshqalar ham bilishlari muhim. 
Darslik va o’quv adabiyotlarini mazmuni va mohiyati jihatidan talabalarda 
mustaqil va erkin fikrlash, oldindan bilimlarni bosqichma-bosqich boyitish, 
mukammallashtirib borish, mustaqil ta’lim olish, dolzarb yangi bilimlarni o’quv 
adabiyotlaridan izlab topish ko’nikmalarini hosil qilishni ta’minlashi lozim. 

Download 4,61 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104




Download 4,61 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Boshqarish sistemalarining elementlari va qurilmalari

Download 4,61 Mb.
Pdf ko'rish