Bog'liq Boshqarish sistemalarining elementlari va qurilmalari
1.4 -rasm. Funksional bog’lanishlar
ABT tuzilmasida (1.1-rasmga qarang) bajaradigan vazifasiga qarab,
elementlar boshlang’ich yoki dastlabki (o’lchagich), oraliq (boshqaruvchi) hamda so’nggi (ijrochi) elementlarga bo’linishadi. Avtomatik tizimni kirishida
joylashgan o’lchagich elementlar, axborotga dastlabki ishlov beradigan va
o’lchovchi qurilmalarni qurishida qo’llaniladigan elementlarning ko’pchiligini
tashkil etadi. Bular qatoriga tashqi va ichki ko’rsatkichlar o’zgarishidan
ta’sirlanadigan turli datchiklar kiradi.
ABT ning ko’pchilik elementlarini, boshqaruvchi elementlar tashkil etadi.
Ular, o’lchagich elementlardan signallar olib, ushbu tizimning ishlash
algoritmini
amalga
oshirishadi.
Boshqaruvchi
elementlar
signallarni
kuchaytirishadi va o’zgartirishadi, xotirada saqlashadi, mantiqiy bog’lanishlar
va hisoblashlarni bajarib, ijrochi elementlarga tasir o’tkazishadi. Ulardan
dasturiy qurilma, boshqaruv buyruqlarini shakllantiradigan va kuchaytirib
o’zgartiradigan qurilmalar yaratiladi.
ABT tuzilmasida tashkil etadigan ijrochi elementlar boshqariladigan
ob’ektlarga ta’sir o’tkazishadi. Bularga elektr, pnevmatik va gidravlik
yuritmalar, turli klapanlar, elektromagnit mexanizmlar va boshqalar kiradi.
Bir xil funksiyani bajaradigan avtomatika elementlari turli xil energiya
ishlatadigan qilib bajarilgan bo’lishi mumkin. Elektr elementlar–elektr magnitli,
26
elektr dinamikli, elektronli, yarim o’tkazgichli, magnitli va sh.o’.lar amaliyotda
eng ko’p ishlatiladi. Amaliyotda, shuningdek, gidravlik, pnevmatik, akustik (tovushli), optik va issiqlik elementlar ham ishlatiladi.
Аvtоmаtika elementlarning xatoliklari va ishonchliligi. Аvtоmаtika