98
birinchi va ikkinchi pog’ona kuchaytirish koeffisentlari ko’paytmasiga teng. Bu
xil kuchaytirgichlarni kuchaytirish koeffisenti 1000 va undan ortiq bo’ladi.
Avtomatika qurilmalari (sevroyuritmalar) ning ijro etuvchi elementlari
rostlash yoki boshqarish organlariga kuch ta’sirini berish uchun mo’ljallangan.
Ijro etuvchi elementlar oddiy amallar (ochish – yopish)ini
bajargani kabi
murakkabroq – ko’p pog’onali yoki proporsional ko’chish amallarini ham
bajarishi mumkin. Ijro elementlarining asosiy ko’rsatkichlari - quvvat, tezlik va
chiqishda kuchaytirishni oshirish bo’yicha kuchaytirish koeffisienti, shuningdek,
chiziqli va burchak ko’chishi kattaliklari hisoblanadi. CHiqish zvenosining
harakat turiga ko’ra ijro mexanizmlari ilgarilanma – qaytma va aylanma harakat
qiluvchilarga farqlanadi.
Birinchisi bir tomonga, ikki tomonga harakatlanuvchi
yuritmali va ko’p aylanishli gidromotorlarga bo’linadi.
Gidravlik va pnevmatik ijro mexanizmlari harakatlanish prinsipi (tamoyili)
va konstrukiv rasmiylashtirilishi bo’yicha jiddiy (muhim) farqga ega emas.
Biroq ishlash muhiti (suyuq va gaz holatdagi)ning turli xossalari sababli alohida
qismlar bir qancha konstruktiv o’ziga xosliklarga ega. Ishlash muhitidan kelib
chiqib yuritmalarning detallari (korpus, porshnen, shtok,
diafragma va
boshqalar) uchun material tanlanadi, shuningdek, zich
harakatlanuvchi detallar
konstrkuktiv rasmiylashtiriladi. Ish muhit sifatida moy xizmat qiluvchi gidravlik
ijro mexanizmlarida zichlashtirishga birikuvchi detallarga (plunjer va silindr)
maxsus silliqlash ishlovlarini berish bilan erishiladi, kichik qovushqoklik havo
muhitida ishlovchi pnevmatik ijro mexanizmlarida
esa rezinali xalqalar yoki
manjetalar ishlatiladi (biroq oxirgisi gidravlik yuritmalarda ham ishlatilishi
mumkin).