158
O‘tilgan mavzuni takrorlash
Yangi mavzuni yoritish
Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish
Darsni yakunlash
Uyga beriladigan topshiriqlar
Darsning borishi
1. Tashkiliy qism:
O‘quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash
2. O‘tilgan mavzuni takrorlash:
Tezkor savol-javob.
Oksidlovchi nima?
Qachon atom qaytaruvchi bo‘ladi?
oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarini qanday usullarda tenglashtirish mumkin?
3.Yangi mavzuni tushuntirish:
1) Kaliy permanganat eritmasi rangining turli muhitlarda o‘zgarishini
tushuntirish:
Pushti-siyohrangli
kaliy
permanganatni
suvli
eritmasini
oksidlovchilik xossasiga eritmani muhitining ta’sirini o‘rganish uchun uchta
probirka olib, ularni hammasiga bir xil miqdorda oksidlovchilik xossasiga ega
bo‘lgan kaliy permanganat eritmasi va qayratuvchilik xossasiga ega bo‘lgan natriy
nitrit eritmasini solamiz. Birinchi probirkaga 1-2 tomchi sulfat kislota eritmasidan,
ikkinchisiga 1-2 tomchi distillangan suv va uchinchi probirkaga 1-2 tomchi kaliy
gidroksid eritmasidan qo‘shamiz. Birinchi probirkada eritma rangsiz holatga
keladi. Ikkinchi probirkada qoramtir-qo‘ng‘ir cho‘kma hosil bo‘ladi. Uchinchi
probirkada yashil rangli eritma hosil bo‘ladi. Demak, bundan ko‘rishimiz
mumkinki, eritma muhitiga qarab oksidlanish qaytarilish reaksiyalarida har xil
moddalar hosil bo‘lishi mumkin ekan va bu moddalar eritmaga turli rang beradi.
Dastlab uchta probirkada ham kaliy permanganat eritmasi bor edi.
Permanganat ioni (MnO
4
–
) eritmaga pushti-siyohrang beradi. Shuning uchun uchta
probirka ham pushti-siyohrangda edi. Har bir probirkada qanday jarayon yuz
berganini bilish uchun reaksiya tenglamalarini yozib olamiz.