Dissotsiatsiyalanish darajasi deb, dissotsiatsiyalangan molekulalar sonini eritmadagi molekulalarning umumiy soni nisbatiga aytiladi. Masalan, 1 mol
sulfat kislotaning suvli eritmasida barcha molekulalarining yarmi ionlarga ajralgan,
deb faraz qilsak, yuqorida berilgan formuladan foydalanib, dissotsiatsiyalanish
darajasi hisoblanadi.
Ba’zan dissotsiatsiyalanish darajasi foizlarda hisoblanadi: α % = α • 100 % = 0,5 • 100 = 50 %
Elektrolitlar shartli ravishda 3 ta guruhga bo‘linadi:
a) Kuchsiz elektrolitlar: α % < 3 %.
b) O‘rtacha kuchli elektrolitlar: 3 % < α % < 30 %.
c) Kuchli elektrolitlar: α % > 30 %.
Dissotsiatsiyalanish darajasi erigan moddaning va erituvchining tabiatiga, eritmaning konsentratsiya va haroratiga bog‘liq bo‘ladi. 4. Yangi mavzuni mustahkamlash: Mavzu bo‘yicha masalalar yechish 1-masala: CaCl2 eritmasida dissotsiatsiyalanmagan molekulalar soni 50 ta bo‘lsa, eritmadagi xlor ionlarining sonini toping. (α=80%). Masalaning yechimi: CaCl
2
ning dissotsiatsiyalanish darajasi 80 % ga teng ekan,
ya’ni eritmada barcha CaCl2 molekulalari 100 % bo‘lsa, shundan 80% molekula
ionlarga ajralgan, qolgan 20 % molekula (100-80 = 20)ionlarga ajralmagan bo‘ladi.
Umumiy CaCl 2 molekulalari (100 %) Dissotsiatsiyalangan CaCl 2 molekulalari 80 % Dissotsiatsiyalanmagan CaCl 2 molekulalari 20 %
61 Agar eritmada 50 ta dissotsiatsiyalanmagan molekulalar 20 % ni tashkil etsa, 80 %
dissotsatsiaylangan molekulalar sonini aniqlaymiz:
Endi kalsiy xloridning dissotsiatsiyalanishini yozib olamiz: