|
5. O‘quvchilarni baholashBog'liq 1674214624 11-sinf Kimyo (o\'qituvchilar uchun qo\'llanma)88
5. O‘quvchilarni baholash:
O‘quvchilarni baholashda kimyoviy elementlar
belgilaridan foydalaniladi:
“5” baho; “4” baho; “3” baho.
6. Uyga vazifa:
§15 ni o‘qib-o‘rganib kelish.
29-MAVZU:
Foiz konsentratsiya mavzusiga doir masalalar va ularning
yechimi
Darsning maqsadi:
a) Ta’limiy:
Foiz konsentratsiyaga doir turli murakkablikdagi masalalar yechishga
o‘rgatish.
IXK3-
Eritmalar konsentratsiyasiga oid masalalarni yecha oladi.
b) Tarbiyaviy:
Masalalarni mantiqiy fikrlagan holda, mustaqil izlanish va qulay
usullardan foydalanib tez va to‘gri yechishga o‘rgatish orqali xotirani chiniqtorish,
ekologik, estetik, iqtisodiy va mehnat tarbiyasini berish.
c) Rivojlantiruvchi:
Masalalar yechish malakasini rivojlantirish.
TK2-
o‘rganilgan
bilimlar asosida hisoblashlarni bilish va fan-texnika yangiliklaridan xabardor
bo‘lish
Dars turi:
yangi bilim va tushunchalarni shakllantiruvchi dars
1-GURUH
1. 25 g NaCl 100 g suvda eritilishidan hosil
bo‘lgan eritmaning foiz konsentratsiyasini (%)
aniqlang.
2. 20 g KNO3 180 g suvda eritilishidan hosil
bo‘lgan eritmaning foiz konsentratsiyasini (%)
aniqlang.
3. 36 g NaCl ni necha gramm suvda eritilganda
25 %li eritma hosil bo‘ladi?
2-GURUH
3. 36 g NaCl ni necha gramm suvda eritilganda
25 %li eritma hosil bo‘ladi?
4. 80 g NH4NO3 ni necha gramm suvda
eritilganda 20 %li eritma hosil bo‘ladi?
5. 450 g suvda necha gramm K2SO4 eritilsa 10
% li eritma hosil bo‘ladi?
3-GURUH
6. 280 g suvda necha gramm KBr eritilsa 30 %
li eritma hosil bo‘ladi?
7. 10 % li KNO3 eritmasidan 250 g tayyorlash
uchun necha gramm tuz va necha gramm suv
kerak bo‘ladi?
8. 15 % li NaNO3 eritmasidan 150 g tayyorlash
uchun necha gramm tuz va necha gramm suv
kerak bo‘ladi?
4-GURUH
8. 15 % li NaNO3 eritmasidan 150 g tayyorlash
uchun necha gramm tuz va necha gramm suv
kerak bo‘ladi?
9. 0,25 mol Na2SO4 164,5 g suvda eritilishidan
hosil bo‘lgan eritmaning foiz konsentratsiyasini
(%) aniqlang.
10. 0,4 mol KCl 120,2 g suvda eritilishidan
hosil bo‘lgan eritmaning foiz konsentratsiyasini
(%) aniqlang.
|
| |