c)xodimlarning imkoniyatlarini oshirishga ko’maklashadigan topshiriqlarni bera oladi




Download 0.63 Mb.
bet6/8
Sana03.05.2023
Hajmi0.63 Mb.
#55932
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
психология

c)xodimlarning imkoniyatlarini oshirishga ko’maklashadigan topshiriqlarni bera oladi;

d)qo’l ostidagilarning rivojlanishini tahlil qilish uchun muntazam ravishda ular bilan uchrashib turadi;

e)kasbiy o’sish (karyera) va komillikka yo’naltirilgan xatti-harakatlarni kengaytiradi;

f)qo’l ostidagilarning muvaffaqiyatga erisha olishlariga ishonch bildiradi.

Atrofdagilarga ta’sir o’tkazish– rahbarning o’z g’oyalari, maqsadlari, loyihalari va qarorlariga hamfikr va qo’llab-quvvatlovchilarni topa olish qobiliyati.

Ushbu kompetensiyaga ega rahbar:

a)har tomonlama foydali qarorlarni topa oladi;

b)qo’llab-quvvatlashlariga tayanish maqsadida qaror qabul qilish jarayoniga atrofdagilarni jalb qiladi;

c)kelishuvga erishish maqsadida muqobil qarorlarni taklif etadi va fikr almashadi;

d)vaziyatning barcha qatnashuvchilari uchun foydali qa-rorlarni topadi va taklif qiladi;

e)ekspertlarni yoki uchinchi tomonni boshqalarga ta’sir o’tkazishga qiziqtiradi;

f)atrofdagilarga ta’sir ko’rsatishning boshqa bilvosita usullarini o’ylab chiqadi;

g)kutilgan harakatni amalga oshirish va kutilgan natijaga erishish ehtimolligini oshirish maqsadida, voqealarning borishi va qatnashuvchi odamlar holatini hisobga olgan holda vaziyatni tarkib toptiradi;

g)atrofdagilarda yaxshi taassurot qoldirishga harakat qiladi;

i)haqiqatda qaror qabul qiladigan odamlarni, shuningdek, o’ziga ta’sir o’tkaza oladiganlarni ajratadi va bor kuchini o’shalarga yo’naltiradi;

j)axborot, intellekt, karyera, biznes muloqot va yordamning boshqa turlarini namoyon qila oladigan shaxslar bilan muomala o’rnatishga harakat qiladi;

k) atrofdagilarning shaxsiy hayotlari (masalan, qiziqishlari, xavotirlari, oilasi, do’stlari) bilan qiziqadi va ular bilan yaxshi munosabatlar o’rnata oladi.

Og’zaki muloqot– rahbarning xodimlari bilan birgalikda faoliyat yuritayotganda va suhbat paytida o’z fikrlarini aniq ifoda eta olish qobiliyati


Download 0.63 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 0.63 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



c)xodimlarning imkoniyatlarini oshirishga ko’maklashadigan topshiriqlarni bera oladi

Download 0.63 Mb.