Bu vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish maqsadida Oliy va o’rta




Download 2.08 Mb.
bet2/23
Sana24.02.2022
Hajmi2.08 Mb.
#18051
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
005 elektrotexnik materiallar
1. Anketa (o\'quvchilar), Test savollari, 2 5239975614265431741, 5-SINF ISH REJA
Yarim o’tkazgich materiallarda mavjud bo’lgan, tashqi muhitning ta’sirida (bosim, harorat, yoritilganlik, elektr maydonning kuchlanganligi va h.k.) elektr o’tkazuvchanlik miqdorining o’zgarib turishi elektrotexnika sanoatida keng miqyosda qo’llanilishiga omil bo’ladi.
Magnit materiallar deb, elektr magnit maydoni ta’siri ostida magnit xususiyatlarini namoyon etadigan yoki magnitlanish xususiyatiga ega bo’1gan materiallarga aytiladi. Shu yerda qisqa bayonnomalarga xotima berib, kelgusida dielektrik materiallar, yarim o’tkazgich materiallar va o’tkazgich materiallar atamasini dielektrik, yarim o’tkazgichlar va o’tkazgichlar deb yuritamiz.
O’quv qo’llanma ikki qismdan iborat. Birinchi qismda elektrotexnik materialshunoslikning umumiy masalalari yoritilgan. Elektrotexnik materiallarning ko’rsatkichlari va elektrotexnik sanoatda ulardan foydalanish haqida asosiy ma’lumotlar keltirilgan. Ikkinchi qismda qishloq va suv xo’jaligi energetika tizimidagi asosiy elektr uskunalar montaji haqida zarur ma’lumotlar keltirilgan. Elektr uskunalar montajini tashkil qilish masalalari yechimlari ishlab chiqilgan. O’quv qo’1lanmaning “Elektr materialshunoslik” qismi, ya’ni 1 — 6 bob lari Toshpulatov N.T. tomonidan, “Elektr uskunalar montaji” qismi esa A.D.Raxmatov tomonidan tayyorlangan.
O’quv qo’llanmani ishlab chiqishdan asosiy maqsad bo’lajak energetiklarga
qishloq va suv xo’jaligi sharoitidagi turli xil elektr uskunalardan foydalanishda elektrotexnik materialshunoslikning xususiyatlarini hisobga olishni o’rgatish va qo’yilgan montaj masalalarini yechishda ijodiy yondoshish ko’nikmalarini berishdir. O’quv qo’llanma Respublikamiz kasb xunar kollejlarida ta’lim olayotgan qishloq va suv xo’jaligi energetiklari, elektrlashtirish, avtomatlashtirish yo’nalishi talabalari uchun mo’1ja11angan bo’1ib, shu sohada faoliyat ko’rsatayotgan injener-texnik xodimlar, kasb-hunar kollejlari o’qituvchilari uchun foydali bo’lishi mumkin.

  1. ELEKTROTEXNIK MATERIALLARNING TUZILISHI



    1. O’tkazgich, yarim o’tkazgich va muhofazalovchi materiallarning xususiyati

Respublikamiz mustaqillikka erishgandan keyingi o’tgan vaqt mobaynida xorijiy texonoliyalar va texnologik liniyalar, avtomatik boshqariladigan va texnologik jarayonlarni kompyuter tizimi nazorati ostida ishlatadigan bir qator zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan zavodlar, fabrikalar, kichik korxonalar vujudga keldi. Ushbu ishlab chiqarish korxonalarda texnologik jarayonlarning beto’xtov ishlashi, ishlab chiqariladigan mahsulotning tannarxi va sifati albatta o’z navbatida elektr energetika sohasida ham xorijiy zamonaviy texnikalar va texnik vositalarni kiritishni, va ushbu uskunalar asosida energetika tarmog’ini qayta jihozlashni talab etadi.
Muammoning yana bir ko’zga ko’rinmas tomoni shundaki, ushbu uskunalarni ish faoliyatini mukammal biladigan, vujudga keluvchi avariyalar va halokatli hodisalarning oldini oladigan yoki uni qisqa muddatlarda bartaraf eta oladigan malakali mutaxassislarga ham bevosita bog’1iq1igidir.
Fan va texnikaning hozirgi kundagi jadal suratlardagi rivojlanishi elektr energetika sohalarida yangi zamonaviy materiallar, qurilmalar va asbob uskunalarning kirib kelishiga omil bo’ldi.
Elektrotexnika va elektr energetika sohalarida bir qancha yangi materiallar ishlatilayotgan bo’lib ularning fizik, kimyoviy, mexanik, va termik xossalari ushbu materialning elektrik ko’rsatgichlariga ijobiy yoki salbiy ta’sir ko’rsatadi. Buning boisi materialning tabiiy yoki sun’iy usulda tayyorlanganligidadir.
Agar material tarkibida elektronlar, erkin elektronlar ko’p bo’lib, proton va neytronlar soni oz bo’lsa bunday materiallar yuqori o’tkazuvchanlikka moyil hisoblanib tabiiy o’tkazgich materiallar deyiladi. Buning aksi bo’lsa tabiiy muhofaza materiali deyiladi. Materiallar fizik holatga qarab gazsimon, suyuq va qattiq o’tkazgich yoki izolyasiyalovchi material deyiladi.
Zamonaviy ilm-fan va texnikaning ilg’or yutuqlaridan foydalanib kimyoviy usulda tayyorlanayotgan materiallar sun’iy o’tkazgich, yarim o’tkazgich yoki muhofazalovchi (dielektrik) materallar bo’lib, tarkibida elektronlar, erkin elektronlar, manfiy ionlar va dipol molekulalar aksariyatni tashkil etsa, bunday materiallar sun’iy o’tkazgich materiallar deyiladi. Agarda tarkibida proton, neytron, va musbat ionlar soni o’tkazgich materiallardagi elektr o’tkazuvchan zarrachalar soniga teng bo’1sa yarim o’tkazgich, agarda ulardan ortiq bo’lsa yomon o’tkazgich yoki dielektrik materiallar deyiladi.
Elektrotexnika sohasida ishlatiladigan mavjud materiallarini asosan 4 turga bo’lish mumkin. Bularga o’tkazgichlar, yarim o’tkazgichlar izolyasiya va nihoyat magnitlanuvchi materiallar kiradi.

Download 2.08 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Download 2.08 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bu vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish maqsadida Oliy va o’rta

Download 2.08 Mb.