• Elektr izolyasiyalovchi materiallar
  • Yarim o’tkazgich materiallarda
  • Magnit materiallar
  • Bu vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish maqsadida Oliy va o’rta




    Download 2.08 Mb.
    bet3/23
    Sana24.02.2022
    Hajmi2.08 Mb.
    #18051
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
    Bog'liq
    005 elektrotexnik materiallar
    1. Anketa (o\'quvchilar), Test savollari, 2 5239975614265431741, 5-SINF ISH REJA
    O’tkazgich materiallar - qattiq metall yoki nometall materallar bo’lib, solishtirma o’tkazuvchanligi juda yuqori va solishtirma qarshiligi juda kichkina bo’lgan materiallardir. Bularga davriy sistemasidagi aksariyat rangli metallar: oltin, kumush, mrs, alyumin va ularning aralashmalari, temir, po’lat kabi o’ta o’tkazgich materallar misol bo’la oladi.
    Elektr izolyasiyalovchi materiallar ikki turga tabiiy - muhofaza va sun’iy - dielektrik materiallarga bo’1inadi.
    Tabiiy muhofaza materiallariga — yog’och, rezina, kauchuk, qog’oz tabiiy mum-saqichlar, paxta mato, o’simlik moylari, havo va h.k. shunga o’xshash tabiiy materiallar kirsa, dielektrik materiallarga sun’iy usulda olingan — sun’iy rezina, kapron, polietilen, polixlorvinilid, viniplast, tekstolit, transformator moyi, sovol, sovtol va h.k. kimyoviy sintez usulida olingan materiallar kiradi.
    Yarim o’tkazgich materiallarda elektr o’tkazuvchanlik jarayonida elektronlar (n) bilan birga aksariyat teshikli va nuqsonli elektronlar @) hisobiga ro’y beradi. Shu sababli elektronli n-p elektr o’tkazuvchanlik yoki teshikli, nuqsonli yoki p-n o’tkazuvchanlik iborasi ishlatiladi.
    Magnit materiallar elektrotexnika uskunalarida magnit oqimini hosil qilish uchun ishlatiladi. Magnit materiallar temir va uning nikel, kobalt va shunga o’xshash materiallar biln birikishi natijasida vujudga kelib, qattiq yoki yumshoq magnitlar hosil qilishda ishlatiladi.
    Elektrotexnik materiallar, shu jumladan dielektriklar texnikada muhim o’rinni egallaydi. Ma’lumki har qanday oddiy yoki murakkab elektrotexnik qurilma yoki radiotexnik asbob - uskuna, uning tarkibiy qismi bo’lgan o’tkazgich, yarim o’tkazgich yoki dielektrik materialsiz to’g’ri faoliyat ko’rsata olmaydi.
    Tabiiy izolyasiya materiallaridan farqli o’1aroq, dielektrik materiallar elektrotexnik materiallarning alohida turiga mansub bo’1ib, elektromagnit maydoni bilan ta’sirlashganda ma’lum xususiyatlarni namoyon etadi. Bu xususiyatga ko’ra ular elektrotexnika sanoatida asosiy o’rinni egallaydi.
    Odatda dielektrik materiallar elektr qurilmalarda elektr muhofazalovchi vosita sifatida ishlatilib, ularning vazifasi oqib o’tuvchi toklarni elektr sxemasida ko’rsatilgan yo’nalish bo’yicha harakatini chegaralashga qaratilgan.
    Ayrim hollarda dielektriklar elektromagnit to’lqinlarini tarqatuvchi muhitni vujudga keltiruvchi vosita sifatida ishlatiladi. Har qanday holatda ham dielektriklar passiv pozisiyani egallaydi, undan muhofazalovchi vosita sifatida foydalanilganda tashqi muhit shartlari, elektromagnit tebranish to’lqinlari ta’sirida dielektrik materiallarda vujudga keluvchi o’zgarishlar va hodisalar inobatga olinmaydi.
    Elektr kondensatorlarda dielektriklar ayni olingan aniq holatda talab etilgan sig’imni hosil qiladi. Ammo, oddiy (chiziqli) kondensatorlarda dielektrikka passiv muhofaza qiluvchi sifatida qaraladi.
    So’nggi paytlarda elektrotexnika va radiotexnikada aktiv boshqariladigan dielektriklar atamasi bilan dielektrik materiallarga keng o’rin berilgan. Ulardan faqat passiv elektr muhofazalovchi material sifatida emas, balki har xil texnik qurilmalarda sun’iy boshqariladigan va xususiyatini tashqi muhit ta’sirida o’zgartiradigan material sifatida ishlatiladi.
    Aktiv dielektriklarga segnetoelektriklar, pezoelektriklar, elektretlar va suyuq kristallar mansubdir.
    Segnetoelektriklarning dielektrik singdiruvchanligi elektr maydonning kuchlanganligiga va haroratga bog’1iq bo’1sa, pezoelektriklarda mexanik kuchlanish ta’sirida elektr zaryadini qabul qilish xodisasi ro’y beradi, tashqi elektr maydon ta’sir etganda esa deformasiyalanadi (buziladi, sinadi). Elektret
    materiallarda o’rab turgan tashqi maydon ta’sirida kuchli elektrostatik maydonning vujudga kelishi natijasida elektr zaryadini uzoq muddatgacha saqlash qobiliyatini e’tiborga olgan holda doimiy magnitlarning ayniyligi sifatida qarash mumkin. Shu sababli “Dielektrik materiallar” tushunchasi “Elektr muhofazalovchi” tushunchasidan birmuncha kengroq ma’noga ega.
    Yaqin o’tmish zamonlarda elektr muhofazalovchi materiallarni tanlash tushunchasi juda oddiy bo’lib, aktiv dielektriklardan foydalanish tushunchasi mavjud emas edi. Odatda elektr muhofazalovchi materiallar sifatida elektrotexnika sanoatiga dahldor bo’lmagan tabiiy materiallar - yog’och, paxta tolasi, ipak, o’simlik yog’i, tabiiy kauchuk, hamda saqichlar, tog’ jismlari ishlatilar edi. Keyingi paytlarda dielektrik materiallar ishlatiladigan elektr uskunalar, asboblar va elektr uzatish kabel liniyalarida kuchlanish, tok va quvvat bir necha barobarga ortdi. Bu holat esa o’z navbatida ishchi mashina o’1chamlarining ortishiga olib keldi. Mashina va uskunalardagi solishtirma quvvatning ortishi esa ishchi mashinalardagi dielektrik materiallarda mexanik yuklama va haroratning ortishiga sabab bo’ladi. Bir qator hollarda esa yuqori ishchi harorat uskunaning ish faoliyatiga ham bog’liq bo’ladi (elektr isitgichlar, katta quvvatli elektrovakuum qurilmalari). Boshqa hollarda esa radio elektronika, aloqa va o’lchov, nazorat qurilmalarida kichik o’lchamli, engil, kam joyni egallaydigan detallardan foydalanish talab etiladi. Har xil integral sxemalar, ko’p funksiyali yarim o’tkazgichli plitalar shular jumlasidandir. Bundan tashqari qayd etilgan qurilmalarda yuqori kuchlanish va chastotaning mavjudligi tebranish konturida chastotani bir maromda saqlab turish va qat’iy aniqlikda sozlashni talab etadi.
    Yuqori ishchi haroratdan tashqari odatda o’ta past (kriogen) haroratlarda
    (nolga yaqin) hamda haroratning keskin almashinish (termozarb) holatlari ham uchrab turadi. Ayrim hollarda esa dielektriklar atrof - muhitning o’ta nam holatida (atmosferaning yog’inli sharoitida ishlovchi ochiq qurilmalar, kema uskunalari va h.k.), mexanik kuchlar, yuqori gidrostatik bosimlar, zarblar va tebranishlar sharoitida ishlatiladi. Yuqorida qayd etilgan barcha holatlar hozirgi kunda foydalaniladigan elektr materiallar xususiyatini chuqurroq o’rganishni talab etadi.
    Bizga ma’lum bo’lgan barcha gazsimon, suyuq va qattiq jismlar molekulalardan, atomlardan hamda atomning yadrosida joylashgan proton, neytron va elektronlardan tashkil topgan. Atomning yadrosi neytronlardan va musbat zaryadlangan protonlardan tashkil topgan bo’lib, yadroning atrofida esa manfiy zaryadlangan elektronlar buluti mavjuddir. Har bir elektronga yadrodagi tortish kuchi bilan birga itarilish kuchi ham ta’sir etadi. Chunki yadroga yaqin joylashgan elektronlar yadro atrofida o’ziga xos elektron bulutini hosil qilib, tashqi elektronlarni yadroga tortilish kuchini pasaytiradi. Binobarin, tashqi qobiqning valentli deb atalmish elektronlari yadro bilan kuchsiz bog’1angandir. Ular bir atomdan uzilib boshqa atomga birikadi, natijada unda tashqi elektronlar qobig’ini hosil qiladi.
    Bir yoki bir nechta elektron ajralib chiqqan atomning zaryadi musbatga aylansa, bir yoki bir nechta elektronni biriktirib olgan atom esa manfiy zaryadliga aylanadi. Ularning birikishi natijasida hosil bo’lgan zaryadli zarrachalar ionlar
    deyiladi. Kimyoviy tarkibiga ko’ra bir element atomlari tashqi valentli elektronlar hisobiga boshqa elementning atomlari bilan birikib molekulani hosil qiladi.

    Download 2.08 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




    Download 2.08 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bu vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish maqsadida Oliy va o’rta

    Download 2.08 Mb.