Bu vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish maqsadida Oliy va o’rta




Download 2.08 Mb.
bet4/23
Sana24.02.2022
Hajmi2.08 Mb.
#18051
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
005 elektrotexnik materiallar
1. Anketa (o\'quvchilar), Test savollari, 2 5239975614265431741, 5-SINF ISH REJA
Molekula moddaning kimyoviy xossasini saqlab qoluvchi eng kichik zarrachadir. Atomlar va molekulalarning birikishiga sabab bo’luvchi bog’lanish turlarini keyingi bobimizda ko’rib chiqamiz.


    1. Bog’lanish turlari


Atom va molekulalarning birikishiga olib keluvchi bir qancha bog’lanish turlari mavjud bo’lib, kovalent, donor - akseptor, ionli, hamda metal bog’lanish turlari shular jumlasidandir.
Kovolent bog’1anish deb muqaddam alohida atomlar tarkibiga kiruvchi ikki elektronning o’zaro birikib elektronlar juftini hosil qilishiga aytiladi. Bunday juftlik molekula tarkibiga kiruvchi har ikkala atom uchun ham umumiydir ( 1.1- rasm).


a) b)


    1. - rasm. Vodorod molekulasidagi kovolent bog’lanishning soddalashtirilgan sxemasi. a) alohida atomlar; b) kovolent bog’lanishdagi molekula.

Elektronlar molekulaning orbitasi bo’ylab harakatlanganda odatda yadrolar oralig’iga joylashib manfiy zaryadni to’yintiradi, natijada atomlarning yaqinlashuviga sabab bo’ladi. Agar ikki atomli molekulaning atomlari yagona elementga mansub bo’1sa ( Ha, Ne, Club, u holda elektronlar jufti bir xil darajada har ikkala atomga ham taalluqlidir. Bunday holatda molekulani va mavjud kovolent bog’lanishni qutbsiz yoki neytral deyiladi. Qutbsiz molekulalarda musbat va manfiy zaryadlarning markazlari muvofiqlashadi.
Agar ikki atomli molekula har xil element atomlaridan tashkil topsa va elektronlar jufti biror bir atom tomonga siljigan bo’lsa, bu kovolent bog’1anish qutbli bog’lanish deyiladi. Qutbli bog’lanishda bo’lgan molekulalarning musbat va manfiy zaryadlar markazlari muvofiqlashsa, u qutbli yoki dipol deyiladi.
Dipol molekula dipol momentining elektr kattaligi bilan harakterlanadi va quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
tı = Q • L ( Kl • m)
Bu yerda, Q- zaryadning absolyut qiymati (KI);
L - musbat va manfiy zaryadlar orasidagi masofa (m).
Neytral va dipol molekulalarning tuzilishi 1.2 - rasmda tasvirlangan.
H H H H H H H H

H H H H H CI H CI





  1. 6) a)

    1. - rasm. Qutbsiz (simmetrik) va qutbli (asimetrik) molekulalarning tuzilish sxemasi. a) polietilenning qutbsiz molekulasi (m = 0); b) polixlorvinilidning qutbli melekulasi (m 0). v) dipol molekulaning momenti. (L — molekulalar-aro masofa, “q , q - musbat va manfiy zaryadlar)

Ko’p atomli molekulalardagi zaryadlar simmetrik joylashsa qutbsiz (2a-rasm) yoki zaryadlar asimmetrik joylashsa qutbli bo’ladi (2b-rasm). Molekulalari kovolent bog’lanishda bo’1gan moddalar yuqori mustahkamlikka ega bo’1adi. Ularning qiyin erishi, mo’rtligi va mustahkamligi kovolent bog’lanishdan dalolat beradi. Kovolent bog’lanish olmos, kremniy va bir qancha anorganik birikmalarda mavjuddir (1.3 -rasm). Bunday birikmalar amorf jismlarga nisbatan mexanik jixatdan bir qancha ustundir. Har bir atom va molekulaning kamida 4 yoki beshta atom va molekula bilan bog’liqligi bunday birikmalarning yukori mustaxkamligini ta’minlaydi.





    1. - rasm. Olmosning tuzilish sxemasi.




Download 2.08 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Download 2.08 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bu vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish maqsadida Oliy va o’rta

Download 2.08 Mb.