|
Optimizm – o’z maqsadlarining to’g’riligiga komil ishonch;
Kiyimning vazifasi
|
bet | 106/200 | Sana | 09.08.2024 | Hajmi | 1,21 Mb. | | #269314 |
Bog'liq Buxoro davlat pedagogika institutiOptimizm – o’z maqsadlarining to’g’riligiga komil ishonch;
Kiyimning vazifasi – bu nafaqat insonni issiqdan, sovuqdan himoya qilish, balki o’ziga jalb etishni ham uddalashi kerak. Kiyimga qarab insonga baho beriladi. Albatta ozoda yarashgan sipo kiyim kishining ishiga talabchanligi va ichki kamtarligi haqida ma’lumot beradi. Pedagoglar va tadqiqotchilar imimdj haqida o’zlarini munosabatlarini bildirganlar. “Inson chehrasi hamisha uning ichki olamini aks ettiradi. Shu sababli, fikr yuzda aks etmaydi, deb o’ylash xatodir”. (Viktor Gyugo)
Mutaxassislar birlamchi imidjning ta’sir kuchini alohida ta’kidlaydilar. Bu siyosatning tashqi ko’rinishi, kiyimi, mimikasi, pantomimikasi, jestikulyatsiyasi, nutqi, diktsiyasi, ovoz tembri. Negaki notiq berayotgan axborotning 45 % i nutq orqali ifodalansa, qolgan 55 % i noverbal vositalar orqali namoyon etadi. Misol tariqasida, Djon Meydjor – britaniyalaik bosh vazir avvaliga aholi uni qanday bo’lsa, shunday qabul qilishini bilib imidjmeyker xizmatini rad etgan. Natijada, uning birinchi ma’ruzasidan so’ng, gazetalar bosh vazirning nima haqida gapirganini emas, qanday ko’rinishga ega bo’lganini munozara qilishadi. Shundan so’ng, Djon Meydjer o’z fikridan qaytadi. Ton Bler – Britniyaning eng yosh bosh vaziri imidji konservativ va qat’iy an’analarga asoslangan qirollik mamlakatining tashqi imidjiga o’zgartirishni kiritadi.
Ijobiy imidj – omad garovi, barqarorlik va ishonch timsolidir. Pedagog faoliyatida uning imidji quyidagi talablarga rioya qilishni taqozo etadi:
Jamoada yoqimli psixologik muhitni yaratish. Sog’lom jamoatchilik fikrini shakllantirish. Jamoa faoliyatining samarali tashkil etish. Jamoada o’zaro ishonch, g’urur hissini, ongli intizom, uyushqoqlik muhitini yaratish.
Muloqot madaniyatini shakllantirish. O’qituvchi, ota-ona, talabalar va jamoatchilik o’rtyasida diplomatik kommunikatsiya muhitini qaror toptirish. Muloqot qoidalariga amal qilish, noverbal axborot yo’llaridan foydalanish.
|
| |