|
Oliy ta’lim o‘qituvchisi faoliyatining mazmun-mohiyati
|
bet | 103/200 | Sana | 09.08.2024 | Hajmi | 1,21 Mb. | | #269314 |
Bog'liq Buxoro davlat pedagogika institutiOliy ta’lim o‘qituvchisi faoliyatining mazmun-mohiyati.
O‘quv ishlari (darsda va auditoriyadan tashqarida) – ma’ruza, seminar, amaliy va laboratoriya ishlari; auditoriyadan tashqari – konsultatsiya, reyting baholash, imtihon, kurs ishlari, malakaviy ishlarni tekshirish va rahbarlik qilish, amaliyotni tashkil etish hamda nazorat ishlarini baholash.
Noo‘quv ishlari:
tashkiliy-uslubiy ishlar.
o‘quv-uslubiy ishlar;
tarbiyaviy ishlar;
ilmiy-tadqiqot ishlari;
O‘qituvchi shaxsiy tavsifi va o‘ziga xosligi;
-O‘qituvchining maxsus tayyorgarligi;
-Maxsus bilimlar;
-Maxsus bilish, ko‘nikma;
-O‘qituvchining pedagogik va psixologik tayyorgarligi;
-Pedagogik-psixologik bilimlar;
-Pedagogik bilimlar: diagnostika; prognostik; loyihalash; konstruktivlik; kommunikativlik; tashkilotchilik; tahlil qilish.
Pedagogik bilimdonlik - pedagogning kasbiy faoliyatni mavjud ijtimoiy talab, huquqiy me’yor va standartlarga muvofiq, tashkil etishga bo’lgan qobilligi, kasbiy tayyorgarlik darajasi.
Bilimdon pedagogga xos sifatlar:
- ijtimoiy sub’ektlar bilan o’zaro aloqada, madaniy mulokotda bulish;
- mutaxassislik yo‘nalishi buyicha axborotlarni izlash, topish, ularni ta’lim mazmuniga tayangan xolda kayta ishlash va kasbiy faoliyat jarayonida
- ulardan samarali foydalana bilish;
- o‘quv axborotlarini talabalarga yetkazib bera olish;
Zamonaviy o’qituvchi qiyofasida quyidagi fazilatlar namoyon bo’la olishi kerak:
O’qituvchi jamiyat hayotida ro’y beradigan o’zgarishlar olib borilayotgan ijtimoiy islohotlar mohiyatini chuqur anglab yetishi, bu borada talabalarga asosli ma’lumotlar berishi lozim.
Zamonaviy o’qituvchi ilm-fan, texnika va texnologiya yutuqlaridan xabardor bo’lib borishi.
O’qituvchi mutaxassisligi bo’yicha chuqur, puxta bilimga ega bo’lish o’z ustida tinimsiz ishlashi lozim.
O’qituvchi pedagogika, psixologiya fanlari asoslarini puxta bi;lishi ta’lim-tarbiya jarayonida talabalarning yosh va individual xususiyatlarini inobatga olgan holda, faoliyatni tashkil etishi kerak.
O’qituvchi ta’lim-tarbiya jarayonida eng samarali shakl, uslub va vositalardan unumli foydalanish imkoniyatlariga ega bo’lish.
O’qituvchi ijodkor, tashabbuskor va tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo’lishi lozim.
O’qituvchi yuksak darajadagi pedagogik mahoratga, kommunikativ layoqatga ega bo’lishi, pedagogik texnika (nutq, yuz, qo’l-oyoq va gavda harakatlari, mimika, pantomimika) qonuniyatlarini chuqur o’zlashtirib olishi zarur.
O’qituvchi nutq madaniyatiga ega bo’lishi uning nutqi quyidagi xususiyatlarga ega bo’lishi zarur.
Nutqning to’g’riligi;
Nutqning aniqligi;
Nutqning ifodaviyligi
Nutqning sofligi
Nutqning ravonligi
O’qituvchining kiyinish madaniyatiga (imidji) sodda, ozoda, bejirim kiyinishi ta’lim-tarbiya jarayonida talabaning turli xil diqqatini tez jalb etuvchi bezaklar bo’lmasligi maqsadga muvofiqdir.
O’qituvchi shaxsiy hayotda atrofdagilarga o’rnak bo’lishi lozim.
P edagog imidji – uning ma’naviy-axloqiy qiyofasi bilan tashqi ko’rinishi o’rtasidagi o’zaro uyg’unlik, mutanosiblikdir. O’zini taqdimot qilishning umumiy texnologiyasida 4 ta asosiy texnologik jihatlari mavjud (4-rasm):
|
| |