|
Reja:
Oliy ta’lim o‘qituvchisi kasbiy kompetensiyasini takomillashtirishda pedagogik mahorat asoslari
|
bet | 102/200 | Sana | 09.08.2024 | Hajmi | 1,21 Mb. | | #269314 |
Bog'liq Buxoro davlat pedagogika institutiReja:
Oliy ta’lim o‘qituvchisi kasbiy kompetensiyasini takomillashtirishda pedagogik mahorat asoslari.
Oliy ta’lim o’qituvchisining vazifalari.
Oliy ta’lim o’qituvchisining faoliyatining mazmun mohiyati.
Zamonaviy o’qituvchi shaxsiga qo’yiladigan talablar.
Professiogramma.
Tayanch so’zlar: kasbiy kompetensiya, oliy talim o’qituvchisi, pedagogik mahorat, o’quv ishlari, pedgogik texnika. O’qituvchining kiyinish madaniyati, o’qituvxhining nutq madaniyati, pedagog imidji, o’qituvchining shaxsiy tavsifi, pedagogik bilimlar pedagogik bilimdonlik, professiogramma.
Oliy ta’lim o‘qituvchisi kasbiy faoliyatiga qo‘yiladigan asosiy maqsad talabalarning kasbiy, shaxsiy sifatlarini takomillashtirishdan iborat. Shu bois, o‘qituvchi kasbiy faoliyati yuzasidan qator vazifalar tizimini bajarishi lozim. Ana shu vazifalarni samarali va muvaffaqiyatli bajarilishi o‘qituvchi ning, eng avvalo, kasbiy, pedagogik tayyorgarligiga, qolaversa, kasbiy kompetensiyasiga bog‘liq. U muntazam ravishda pedagogik va kasbiy kompetensiyasini takomillashtirib borishi, tez o‘zgarib ketayotgan jamiyatga mos ravishda faoliyat yurgazishi lozim. Aytish joiz bo‘lsa, pedagogik kasbiy faoliyat davomiy bilim olish, tajriba va yana bilim olishdan iborat bo‘lgan inson faoliyatiki, unga qo‘yiladigan talablar ham takomillashib, oshib boraveradi.
Oliy ta’lim o‘qituvchisi vazifalari
talabalar uchun oliy ta’lim dasturlari asosida nazariy bilimlarni, umummadaniyat (kasbiy maxsus) kompetensiyalarni egallashlari uchun tashkiliy sharoitlar yaratish;
talabalarda insonning tabiat bilan jamiyat, madaniyat, davlat bilan uzviy bog‘liqligi qonuniyatlari haqidagi bilimlar bilan qurollantirish, inson shaxsiyatining shakllantirish jarayon lari haqida bilimga, ilmiy axborotlarni topish va talqin etish usullari, ularni qayta ishlash va saqlash kabi masalalarga o‘rgatish va boshqalardan iborat;
bo‘lg‘usi mutaxassislarning o‘zi tanlagan soha va mutaxassisliklari bo‘yicha amaliy bilimlarini shakllantirish, talaba shaxsining kasbiy yo‘nalishini takomillashtirish, uning umumiy, kasbiy madaniyatini, o‘z faoliyatini takomillashtirish;
talabalarning tadqiqotchilik faoliyatini rivojlantirish, ilmiy-tadqiqotchilik faoliyatini shakllantirish;
talabalarning kasbiy-shaxsiy imkoniyatlari ochilishi uchun ko‘maklashish;
|
| |