|
Fanlar bo’yicha kompetensiyaga ega bo’lish
|
bet | 119/200 | Sana | 09.08.2024 | Hajmi | 1,21 Mb. | | #269314 |
Bog'liq Buxoro davlat pedagogika institutiFanlar bo’yicha kompetensiyaga ega bo’lish.
Ta’lim sifatini belgilovchi omillardan biri bu o’qituchining o’z fani boyicha kompetentsiyaga ega bo’lishidi. U pedagogik moslashuv tizimi asosida namoyon bo’ladi:
Ilmiy bilim;
Turli xil faoliyatni bajara olishi (namuna misol keltira olishi);
Muammoli vaziyatlarni samarali yechimini topishda ijodiy faoliyat asosida yondashish;
Jamiyat va insonlarga, tabiatga ijobiy emotsional munosabatda bo’lish tajribasi.
4. Rahbarning boshqaruv kompetentligidagi ijobiy va salbiy xususiyatlar
hamda ularni bartaraf etish yo‘llari.
Tadqiqotlarda keltirilishicha, ta’lim muassasasi faoliyatini tashkil etish va boshqarish jarayonida rahbarlar tomonidan o‘ziga xos ahamiyat kasb etuvchi quyidagi vazifalar bajarilishi zarur: belgilangan maqsadga erishish uchun vazifalar belgilash va belgilangan vazifalarni bajarish yo‘nalishida tashkil etiladigan faoliyatni oldindan rejalashtirish, amalga oshirish yo‘l-yo‘riqlarini tanlash, qaror qabul qilish; vazifalarning mazmun va mohiyatiga ko‘ra mutaxassislarni tanlash va bajariladigan vazifalarni taqsimlash; ta’lim-tarbiya jarayonini ilmiy asosda tashkil etish, pedagog xodimlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash ishlarini tashkil etish; moddiy-texnik va zamonaviy ilmiy-metodik mahsulotlar bilan ta’minlash; ta’lim muassasasi va sotsium munosabatlarining uzluksiz aloqasini ta’minlash; ilg‘or pedagogik tajribalar va zamonaviy axborotlar texnologiyalaridan foydalanilishini ta’minlash; DTS talablarini amaliyotda qo‘llash va uning monitoringini olib borishni tashkil etish; ta’lim muassasasining rivojlanish moyilligi va dinamikasini aniqlash uchun pedagog xodimlar va bolalar o‘rtasida anketa so‘rovlari va suhbat o‘tkazish asosida ahborotlar to‘plash va tahlil qilish; ta’lim muassasasi faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirish yo‘nalishida belgilangan vazifalarni qayta ko‘rib chiqish, yangilash, lavozimlar bo‘yicha davlat talablari asosida kadrlar tanlash va joy-joyiga qo‘yish; tarbiyachilarning innovatsion faoliyat natijalariga qiziqishini shakllantirish va rag‘batlantirish asosida innovatsion faoliyatni tashkil etish; qabul qilingan qaror va buyruqlarning bajarilishini nazorat qilish.
Amaliyotda ko‘pchilik rahbarlarning boshqaruv faoliyati samaradorligi ko‘p jihatdan rahbarning o‘z lavozimida qancha muddat ishlaganiga, ya’ni boshqaruv jarayonida orttirgan tajribasiga bog‘liq deb hisoblanadi. Tadqiqotlarda esa, ta’lim muassasasi faoliyatini tashkil etish va takomillashtirishda rahbarlarning boshqaruv faoliyati samaradorligi asosan ularning boshqaruv yo‘nalishidagi tushunchalari, bilimi, ko‘nikma va malakalari darajasiga hamda ularning shaxsiy xususiyatlari, kasbiy tayyorgarligiga va shaxsiy sifatlariga bog‘liq, deb ko‘rsatiladi.
Mazkur fikrga asoslangan holda, adabiyotlarda keltirilgan rahbar shaxsi va uning shaxsiy xususiyatlari hamda kasbiy tayyorgarligiga va ega bo‘lgan shaxsiy sifatlariga xos quyidagi talablarni keltirish mumkin.
Rahbar har qanday vaziyatlarda ham o‘zini tuta olishi, tashabbuskor bo‘lishi, har qanday vaziyatlardan jamoani olib chiqa olishi, taraqqiyot bilan barobar qadam tashlashi, ko‘pchilik dardi bilan yashashi, hamkorlik, hamjihatlik, hamijodkorlik bilan ish yuritishi, kasbiy-uslubiy mahorat egasi bo‘lishi, so‘zi bilan ishi bir bo‘lishi, maqsadni aniq qo‘ya oladigan va uning ijrosini ta’minlaydigan bo‘lishi, vijdonli va adolatli bo‘lishi, samimiy, vazmin, bag‘rikeng bo‘lishi, ijodkor, bunyodkor va yaratuvchan bo‘lishi, talabchan va mehribon, vaqtning qadriga yetadigan, xushmuomala inson bo‘lishi kerak.
Mazkur keltirilgan tom ma’nodagi fikrlarda rahbarlarning bilimi, ko‘nikma va malakalari, qobiliyati va fazilatlari, fidoyiligi va shaxsiy sifatlari bo‘yicha tabiiy holda mavjud talablar o‘z ifodasini topgan deb aytishimiz mumkin.
Lavozim vazifalari bo‘yicha qo‘yilgan talablarda rahbar va pedagog kadrlar tomonidan birinchi navbatda davlat siyosatini, ta’lim sohasiga oid bo‘lgan meyoriy hujjatlarni, ta’lim-tarbiya jarayonini ilmiy asosda tashkil etish qoidalarini chuqur bilishiga va o‘z faoliyatida qo‘llash ko‘nikmalariga alohida e’tibor qaratilgan.
Shu bilan birgalikda, rahbar va pedagog kadrlar ta’lim tizimining o‘ziga xos xususiyatlari va mazkur tizimni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan vazifalar hamda mehnatni ilmiy asosda tashkil etish va uning huquqiy asoslari, pedagoglar va o‘quvchilar jamoasining faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish, boshqaruv faoliyati va uning o‘ziga xos xususiyatlari, asosiy tushunchalari va tamoyillari kabi qator tushunchalarga ega bo‘lishi zarurligi ko‘rsatilgan.
|
| |