Buxoro davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi




Download 6.56 Mb.
bet2/7
Sana04.05.2023
Hajmi6.56 Mb.
#56230
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
AZAMATOVA.G.N BUXORO M.I
rezer2, INFORMATIKA XONASIGA LOGO RASMLAR, qurilish texn, 86653453, 533365, Намуна Баходиров Баходир Баходирович Таб 12, SMS yuborish, Ma’lumotlar bazasini yaratish va ochish., adabiyot navoiy, Elektr texnologik qurilma va tizimlari vazifasi., 10 Matematika kalit, 32489, 1b, 3-Sinf matematika 68 soat to\'garak

KIRISH


“Iqtidorli oʻgʻil qizlarni yuqori texnologiyalar va zamonaviy bilimlarni chuqur oʻzgartirishiga keng sharoit yaratish hamda raqobat bardosh milliy kadrlarning yangi avlodini tayyorlash maqsadida Toshkent shahrida yangi universitet tashkil etamiz”, dedi Prezident.“Haqiqatan ham, jahondagi rivojlangan davlatlar tarixiga nazar tashlaydigan boʻlsak, ularda jamiyat hayotini oʻzgartirishga qaratilgan islohotlar avvalo taʼlim tizimidan bogʻcha, maktab, tarbiya masalasidan boshlanganini koʻramiz. Chunki maktabni oʻzgartirmasdan turib, odamni, jamiyatni oʻzgartirib boʻlmaydi. Taʼlim va tarbiyaning asosi, poydevori bu – maktab. Maktabni maktab qiladigan kuch esa oʻqituvchilardir.”
Shavkat Mirziyoyev
Mavzuning dolzarbligi. Ta’limning fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyasi mexanizmlarini rivojlantirish, uni amaliyotga joriy etish, o’qishni, mustaqil bilim olishni individuallashtirish hamda masofaviy ta’lim tizimi texnologiyasini, uning vositalarini ishlab chiqish, o’zlashtirish, yangi pedagogik va innovatsion texnologiyalari asosida talabalarni o’qitishni jadallashtirish ana shunday dolzarb vazifalar sirasiga kiradi. Ushbu vazifalarni bajarish mavjud pedagogik jarayonlarni takomillashtirishni, uni hozirgi zamon talablariga mos rivojlantirishni, xususan pedagogik ta’lim paradigmasini zamonaviy pedagogik va innovatsion texnologiyalarini o’zlashtirishga, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida kasbiy tayyorgarligi yuqori bo’lgan pedagog kadrlarni tayyorlashga yo’naltirishni taqozo etadi .
Ilm-fan taraqqiy etayotgan zamonaviy jamiyatda rivojlangan axborot- kommunikatsiya tizimlari vositasida turli fan sohalarida erishilgan yutuqlarning tez yangilanib borishi fizika fanini o’qitishda pedagogik va innovatsion texnologiyalaridan foydalanish, o’quv jarayoniga kompyuterli o’qitish va nazorat qilish texnologiyalarini ishlab chiqish va qo’llash vazifasini qo’yadi.
Mamlakatimiz akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga kirib kelayotgan zamonaviy kompyuterlardan foydalanish, elektron darsliklar yaratish, fizika darsi jarayonini virtuallashtirish, o’qitishda virtual va multimedia vositalaridan foydalanish, ta’limning virtual bazasini yaratish kabi vazifalarni qo’ymoqda. Pedagogik va innovatsion texnologiyalarning ta’lim- tarbiya sohasidagi ahamiyati beqiyosdir. Fizika darslarida kompyuter vositalari: multimediyalar, virtual laboratoriyalar va virtual ko’rgazmalarning qo’llanilishi dars samaradorligini oshirishning yana bir omili bo’lib xizmat qiladi .
Pedagogik va innovatsion ta’lim jarayonida hozirgacha bo’lgan davrdagi fizika fani bo’yicha yaratilgan elektron qo’llanmalarni tahlil qilgan holda o’quvchilar uchun qulay bo’lgan, ham nazariy bilim beradigan, ham amaliy ko’nikmalarni hosil qiladigan, fizik hodisalar, jarayonlar haqida tasavvurlarni boyitadigan, o’z-o’zini sinab ko’rish imkoniga ega bo’lgan elektron qo’llanmalarni yaratish muhim ahamiyat kasb etadi

Download 6.56 Mb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 6.56 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Buxoro davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi

Download 6.56 Mb.