Buxoro davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi




Download 6.56 Mb.
bet5/7
Sana04.05.2023
Hajmi6.56 Mb.
#56230
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
AZAMATOVA.G.N BUXORO M.I
rezer2, INFORMATIKA XONASIGA LOGO RASMLAR, qurilish texn, 86653453, 533365, Намуна Баходиров Баходир Баходирович Таб 12, SMS yuborish, Ma’lumotlar bazasini yaratish va ochish., adabiyot navoiy, Elektr texnologik qurilma va tizimlari vazifasi., 10 Matematika kalit, 32489, 1b, 3-Sinf matematika 68 soat to\'garak
Kompetensiya - lotincha «Competentia» so’zi bo’lib, o’zbek tilidagi lug’aviy ma’nosi «inson yaxshi biladigan», «tajribaga ega bo’lgan» kabi ma’nolarni bildiradi.
Kompetentlik - biron bir ishni samarali qila olish qobiliyati, ishni bajarishda talablarni qondira olish qobiliyati, aniq ishchi funksiyalarni bajarishda talablarni qondira olish qobiliyati .
Kasbiy kompetentlik - mutaxassis tomonidan kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalarning egallanishi va ularni amalda yuqori darajada qo’llay olinishidir .
L.M.Mitina pedagogik kompetentlik - deganda predmet haqidagi bilimlar, o’qitish metodikasi va didaktikasi, pedagogik muloqot ko’nikma va malakasi, shuningdek o’z-o’zini rivojlantirish, o’z-o’zini takomillashtirish, o’z-o’zini amalga oshirish usullari va vositalarining uyg’un birlashishini tushungan .
U pedagogik kompetentlik tuzilmasida quyidagi uchta tashkil etuvchini ajratgan: faoliyatli, kommunikativ va shaxsiy. L.M.Mitina tomonidan taklif etilgan pedagogik kompetentlikni tuzilmalashtirishdan kelib chiqqan holda, biz, bo’lajak mutaxassislar uchun egallanish darajasi pedagogik kompetentlikning rivojlanish darajasini aniqlaydigan quyidagi kompetensiyalar majmuasi yetarli va zarur deb hisoblaymiz:

  • faoliyatli yoki maxsus kompetensiya (bilim, ko’nikma, malaka va pedagogik faoliyatni amalga oshirishning individual usullari);

  • shaxsiy yoki kasbiy kompetensiya (kasbiy o’z-o’zini takomillashtirish va o’z- o’zini amalga oshirishga oid bilim, ko’nikma va malakalar);

  • kommunikativ kompetensiya (pedagogik faoliyatni ijodiy amalga oshirishga oid bilim, ko’nikma va malaka).

Professionallik va kompetentlik tushunchalari umumiy xususiyatlarga ega. Shuni ta’kidlash kerakki, har doim ham belgilangan talablar va standartlarga to’liq mos keladigan odamlar chinakam professionallar bo’lavermaydi, sabab, ba’zilari bilimlarni amalda qanday qo’llashni bilishmaydi, demak, bunday pedagogik faoliyat samarasiz bo’lib qolaveradi.
Kasbiy pedagogik kompetensiyalarni alohida turlarga ajratish maqsadga muvoqdir:

  • maxsus pedagogik kompetensiya. Pedagogik faoliyatni zarur darajada amalga oshirish uchun yetarli ma’lumotga ega bo’lish. Bundan tashqari, pedagogning o’z kasbiy darajasini munosib baholay olishi va mutaxassis sifatida o’z rivojlanishini belgilash qobiliyati ushbu turga bog’liq;

  • ijtimoiy pedagogik kompetensiya. Ijtimoiy vakolat darajasi pedagogning hamkasblari bilan munosabatlarni samarali qurishi, birgalikdagi harakatlarni rejalashtirish qobiliyatini belgilaydi. Samarali aloqa ko’nikmalari, pedagogik madaniyat va ish natijalari uchun javobgarlik . Bularning barchasi ijtimoiy pedagogik kompetensiya tushunchasiga kiritilgan;

  • shaxsiy pedagogik kompetensiya- bu pedagogik ishni oqilona tashkil etish qobiliyati bo’lib, vaqtni boshqarish, shaxsiy o’sishga intilish uning asosiy tarkibiy qismlaridir .Shaxsiy pedagogik kompetensiyaning yuqori darajasi ega bo’lgan ishchilar charchashga kamroq moyil, vaqt bosimida ishlashga qodir bo’ladi.

O‘QITUVCHINING KASBIY KOMPETENTLIK SIFATLARI


O‘quvchilarda motivatsiyani shakllantirish


Ta’lim jarayonini rejalashtirish, baholash, qayta aloqani o’rnata olish


Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini bilish


O‘z ustida ishlash


Pedagogika va psixologiyaga oid bilimlarga ega bo‘lish


O‘z fanini mukammal bilish


Ta’lim muhitiga yangilik kiritishi

Kasbiy kompetentlikning tarkibiga kasbiy faoliyatdagi kompetentlik, kasbiy muloqotdagi kompetentlik, mutaxassisning o’z kasbini nomoyon eta olishdagi kompetentligini kiritish mumkin.


A.A. Derkach tomonidan kasbiy muloqatdagi kompetentlikning kommunikativlik yoki muloqotchanlik kompetentligi (kasbdoshlar bilan muloqot qila olish qobiliyati), ijtimoiy-perseptiv kompetentlik (boshqa kishilarni idrok qilish va baholay olish qobiliyati), differansial va psixologik kompetentlik (insonlar o’rtasidagi individual psixologik tafovutlarni farqlay olish),diagnostik kompetentlik (boshqa kishilarga xos bo’lgan xususiyatlarni o’rganish qobiliyati), axloqiy kompetentlik (shu kasb taqozo etadigan odob-axloq normalariga rioya qilish),empatik kompetentlik (jamoa a’zolariga hamdard bo’la olish, ularni to’g’ri tushunish va boshqa tarkibiy qismlari ajaratib ko’rsatilgan.


Download 6.56 Mb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 6.56 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Buxoro davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi

Download 6.56 Mb.