• II BOB BO’LAJAK FIZIKA FANI O’QITUVCHILARINING KASBIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH
  • Innovatsion texnologiyalatining jamiyat taraqqiyotidagi o’rni va o’quv jarayonidagi ahamiyati




    Download 6.56 Mb.
    bet4/7
    Sana04.05.2023
    Hajmi6.56 Mb.
    #56230
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    AZAMATOVA.G.N BUXORO M.I
    rezer2, INFORMATIKA XONASIGA LOGO RASMLAR, qurilish texn, 86653453, 533365, Намуна Баходиров Баходир Баходирович Таб 12, SMS yuborish, Ma’lumotlar bazasini yaratish va ochish., adabiyot navoiy, Elektr texnologik qurilma va tizimlari vazifasi., 10 Matematika kalit, 32489, 1b, 3-Sinf matematika 68 soat to\'garak

    1.2. Innovatsion texnologiyalatining jamiyat taraqqiyotidagi o’rni va o’quv jarayonidagi ahamiyati.


    Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar kadrlar tayyorlash tizimining mukammal bo’lishiga, zamonaviy iqtisod, fan, madaniyat, texnika va texnologiyalar asosida rivojlanishga qaratilgan. Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati uzluksiz ta’lim tizimi orqali har tomonlama rivojlangan shaxs – fuqaroni shakllantirishni ko’zda tutadi. Bu o’z navbatida fan, texnika, ilg’or texnologiyalar asosida shaxsni tarbiyalash, o’qitish, rivojlantirish masalasini hal etish uchun xizmat qiladi .
    Pedagogik texnologiyaning qo’llanishida esa o’quv jarayonini loyihalash orqali o’qituvchi katta pedagogik tajribaga ega bo’lmasa ham, yuqori samaraga erisha olishi mumkinligi ko’rinadi. Shuning uchun ta’lim jarayonini tashkil etishda o’quv maqsadlarini aniqlab olish muhim hisoblanadi. Aniq maqsadlarni belgilash nazorat va baholash ishini yengillashtiradi va bu jarayonga oydinlik kiritadi. Darsda talabalarning erkin, ijodiy ishlashlashi uchun sharoit yaratish kerak. Buning uchun darslarning har bir qismi aniq loyihalashtirilishi, o’quv materialini bilim egallovchilarning o’zlashtirish darajalariga moslashtirish foydali bo’ladi. An’anaviy ta’lim metodlari bilan birga interfaol metodlardan foydalanish dars samaradorligini oshirishning muhim shartlaridan biridir. Interfaol metodlardan foydalanganda asosiy urg’u o’quvchilarni hamkorlikda ishlashlariga imkon berilishi hisoblanadi. Interfaol metodlar o’quvchida erkin fikrlash, ijodiy qobiliyatni shakllantirishga xizmat qiladi. Bugungi kunda o’qitishning faol usullarini qo’llash pedagogik texnologiyaning asosini tashkil qiladi. Pedagogik texnologiya o’z oldiga ta’lim shakllarini muqobillashtirish vazifasini qo’yuvchi, texnik hamda shaxs resurslari va ularning o’zaro faoliyatini hisobga olib, ta’lim berish va tahsil olish jarayonini yaratish, qo’llash va belgilashning tizimli metodidir .
    Birinchi holatda to’rt, besh kishidan iborat bo’lgan doimiy guruhlar. Unda talabalar darsda, darsdan tashqarida, oraliq va yakuniy nazoratlarga birga tayyorgarlik ko’radilar.
    Ikkinchi holatda mikroguruh ayrim darsning, mavzuning mazmunli, o’tkazilish tartibiga mos holda muvaqqat tarzda tuziladi. Bunda aynan bir vazifa bajarilishi, o’yin va treninglar o’tkazilishi mo’ljallanadi.
    Bu usul talabalarning har qanday sharoitda va har xil jamoalarda erkin muloqatga kirishishi, faolligining yanada ortishini ta’minlashda afzal hisoblanadi. Mikroguruh ichida va mikroguruhlar orasida ijobiy ma’nodagi raqobatni to’g’ri tashkil etish ahamiyatlidir. Ta’lim jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanganda ta’lim metodlarini tanlash va samarali qo’llash alohida ahamiyatga ega ekanligi aniqlandi.
    Modellashtirish. O’qitishning bu usuli o’z ichiga real hayotni qayta tiklash uchun ishlab chiqilgan moslama yoki vaziyatni o’z ichiga oladi.
    Namoyish qilish. (Demonstratsiya – lotincha so’z bo’lib, ko’rsataman, isbotlayman degan ma’noni bildiradi).
    Kichik guruhlarda ishlash. Kichik guruhlarda ishlash asosan alohida fizik masalalar yuzasidan o’z fikrini ishlab chiqqan holda uni guruhda muhokama qilishga va har xil fikrlar asosida mushtarak nuqtai nazarga kelishga o’rgatadi.
    Aqliy hujum. Guruhdagi har bir o’quvchiga o’qituvchi qo’ygan savol yoki muammo yuzasidan aqlni ishlatib o’z fikrini bayon etishga imkon beruvchi o’quv usulidir. Usul mohiyati «bir kalla-yaxshi, yigirma beshtasi undan a’lo» prinsipi bo’yicha o’qituvchi tomonidan belgilangan muammo yoki savol yuzasidan ehtimol tutiladigan hamma fikrlar variantlarini bir erga jamlay olishda bo’lib, istisno tariqasida bilim oluvchilarning barcha fikrlari, shu jumladan, aytarli to’g’ri bo’lgan javob o’rganiladi.
    Tanqidiy tafakkur. Tanqidiy tafakkur usuli o’qituvchi qo’ygan masala yoki muammoni o’quvchi o’z fikrini bayon qilish, o’zgalarning fikrlarini tanqidiy qayta idrok etish, o’z nuqtai nazarini asoslab berish va saqlab qolish imkoniyatiga ega bo’lishiga asoslanishidir.
    Debatlar. O’z nuqtai nazarini asoslashda guruhdagi barcha o’quvchilar (yoki asosiy qismi) ning bahslashuvida faol ishtirok etishni ta’minlovchi o’qitish usulidir. Bu usuldan foydalanish tanqidiy tafakkurni rivojlantiradi. O’quvchilar o’z nuqtai nazarini ishlab chiqishi, uni taqdim etishi, himoya etishi, so’ngra raqib nuqtai nazarini rad etishi kerak. Bahs haqiqatni yuzaga keltirgani bois, o’qituvchi guruhni ikki guruhga bo’lgan holda munozarani atayin avj oldiradi.
    Nuqtai nazaring bo’lsin. «Nuqtai nazaring bo’lsin» usuli o’quvchilar o’rtasida munozaraning yuzaga kelishi va ular munozara jarayonida fikrlarini o’z guruhdoshlaridan ularning nuqtai nazarini o’zgartirishga ishontiradigan g’oyalarni eshitib o’zgartirish yoki avvalgisini mustahkamlash imkonini berish maqsadida qo’llanadi.
    Har kim har kimga o’rgatadi. «Har kim har kimga o’rgatadi? usuli o’quvchilarga o’rgatuvchiga aylanish, ma’lum bilimlarni o’zlashtirgach o’rtoqlari bilan baham ko’rish imkonini beruvchi o’qitish usulidir.
    Rolli o’yinlar. O’qitishning bu usulida o’quvchilar «real hayot» holatlarini qayta joylashtiradilar. Bu ularga o’z amaliy ish faoliyatlarida qo’llash mumkin bo’lgan yangi turdagi faoliyatlarini sinab ko’rish va tekshirish imkonini beradi.
    Muayan holatni (vaziyat) o’rganish. Bu kichik guruhlarda o’tkazilib, o’qish, o’rganish, tahlil qilish, muhokama va erkin fikr almashish hamda qaror qabul qilish va bu qarorni boshqalarga yetkazish.
    Modifikatsiyalangan ma’ruza. Bu o’qitish usulida o’qituvchi mavzu mazmunini og’zaki nutq orqali o’quvchilarga yetkazadi. Ammo, an’anaviy ma’ruzadan farqli o’qituvchi va o’quvchi orasida faol muloqot bo’ladi.
    O’yinlar. Bu o’qitish usuli modellashtirish usulidan biri bo’lib, o’quvchilar diqqatini, tafakkurini, bilimdonligini aniqlaydi.
    Bingo. Bu so’rash va takrorlash usullaridan biri bo’lib, o’quvchilar diqqatini, tafakkurini, bilimdonligini aniqlaydi.

    Bumerang. Bu usul bir mashg’ulot davomida o’quv materialining chuqur va yaxlit holatda o’rganish, ijodiy tushunib etish. Bilimlarni erkin egallashg yo’naltirilgan. Bu turli mazmun va xarakterga ega bo’lgan mavzularni o’rganishga mo’ljallangan bulib, o’z ichiga og’zaki va yozma ish shakllarini qamrab oladi. Mashg’ulot davomida har bir ishtirokchining turli tposhiriqlarni bajarishi, navbat bilan o’quvchi yoki o’qituvchi rolida chiqishi mumkin. Ushbu texnologiyani qo’llash natijasida tanqidiy fikrlash, mantiqni shakllantirishga imkoniyat yaratadi, xotirani, g’oyalarni, fikrlarni, dalillarni yozma va og’zaki shakllarda bayon qilish ko’nikmalarni rivojlantiradi.
    Yelpig’ich. Bu texnologiya murakkab, ko’p tarmoqli, mumkin qadar muammo xarakteridagi mavzularni o’rgatishga qaratilgan. Bu usulning mohiyati shundan iboratki, bunda mavzuning turli tarmoqlari bo’yicha bir yo’la ma’lumot beriladi. Ayni paytda, ularning har biri alohida nuqtai nazardan muhokama etiladi. Masalan, ijobiy va salbiy tomonlari, afzalligi, fazilat va kamchiliklari, foyda va zarari belgilanadi. Bu o’zaro faol texnologiya tanqidiy, tahliliy, aniq mantiqiy fikrlashni muvaffaqiyatli rivojlantirishga hamda o’z g’oyalari, fikrlarini yozma va og’zaki shaklda ixcham bayon etish yoki himoya qilishga imkoniyat yaratadi.
    Bu texnologiya kichik guruhlarning, har bir qatnashuvchilarning faol ishlashiga qaratilgan.
    Klaster (Tarmoqlar usuli). Bu fikrlarning tarmoqlanishi, ya’ni pedagogik strategiya bo’lib, u o’quvchilarni biron bir mavzuni chuqur o’rganishlariga yordam berib, o’quvchilarni mavzuga taaluqli tushuncha yoki aniq fikrni erkin va ochiq ravishda ketma-ketlik bilan uzviy bog’langan holda tarmoqlashlariga o’rgatadi. Bu usul bilan mavzuni chuqur o’rganishdan avval o’quvchilarning fikrlash faoliyatini jadallashtirsh hamda kengaytirish uchun xizmat qiladi. Shuningdek, o’tilgan mavzuni mustahkamlash, yaxshi o’zlashtirish, umumlashtirish hamda o’quvchilarni shu mavzu bo’yicha tassavurini chizma shaklida ifodalashga undaydi.
    Fikrlay olasanmi? Bunda o’quvchilarning fikrlash qobiliyatini o’stirish maqsadida qiziqarli fizikaviy o’yin o’tkaziladi.
    Skarabey. O’zaro faol usul bo’lib, u o’quvchilarda fikriy bog’liqlik, mantiq, xotiraning rivojlanishiga imkoniyat yaratadi, qandaydir muammoni hal qilishga, o’z fikrini ochiq va erkin ifodalangan mahoratini shakllantiradi.
    Tarozi. Bu munozarali, murakkab mazmunli mavzularni o’rganishda qo’l keladi. U tanqidiy tafakkur, mantiq, ijodiy izlanish, fikran tajribalarni rivojlantirishga yo’naltirilgan. Bu texnologiya dalillash qobiliyatini rivojlantirish, o’z dalilarini yozma va og’zaki shaklda ishonchli va lo’nda ifodalashni shakllantiradi, o’z nuqtai nazarini himoya qiladi, muholiflarni ishontiradi, munozara madaniyatiga o’rgatadi. Bu texnologiyani o’quv materialini o’rganishning turli bosqichlarida qo’llanishi mumkin. Ammo u o’tilgan materiallar bo’yicha xulosa qilish bosqichida yuqori samara va natija beradi, chunki o’qiyotganlarning yuqori darajada xabardorliklarini va o’rganilgan materiallardan erkin foydalanishni nazarda tutadi. Bu texnologiya kichik guruhlarda va jamoalar orasida tadbiq etilishi mumkin.
    FSMU- Fikr, sabab, misol, umumlshtirish .

    Men kimman metodi. Bu metodda toj kiygan o’quvchiga o’tirgan o’quvchilar tomonidan savollar beriladi va u o’zining kimligini topishi kerak.

    BBB- Bilar edim , Bilishni xohlayman, Bilib oldim

    3/4/5 –metodi . Bu metodda savollar qiyinlik darajasiga ko’ra tuzilgan va konvertlarga solingan bo’ladi.

    O’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida o’quvchilarga bilim berish, ko’nikma va malakalar hosil qilish uchun ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalanish ijtimoiy zaruratga aylandi. Respublikamizda amalga oshirilayotgan ta’lim sohasidagi islohotlarning samaradorligini oshirish, bozor munosabatlari sharoitida raqobatbardosh, o’z kasbining bilimdoni va mohir egasi bo’lgan kadrlarni tayyorlashda pedagogik va innovatsion texnologiyalarning o’rni beqiyos ekanligi aniq isbotini topmoqda.
    Hozirgi zamon talablariga binoan o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi oldida turgan eng muhim vazifalardan biri jahon standartlari talablariga javob bera oladigan bilimli, zukko va raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashdan iboratdir. Shuning uchun ham jahon andozalariga mos keladigan fizika fanidan dars beradigan o’qituvchi-kadrlarni tayyorlash Respublikamizdagi davlat ta’lim standartlari (DTS) tizimining eng muhim vazifalaridan biridir . Bunda “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi” hamda O’zbekiston Prezidentining ta’lim-tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimining tubdan isloh qilish, barkamol avlodni voyaga etkazish to’g’risidagi farmonlari ta’lim muassasalarida amalga oshirilayotgan islohotlar uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Shunga ko’ra, sifatli, yetuk mutaxassis tayyorlash bilan birga ularni xolisona, erkin fikr bildiradigan hamda Ona-Vatanga dildan xizmat qila oladigan barkamol inson bo’lishlari uchun ularning ijodiy tafakkurini rivojlantirib, davlat oldida javobgarlikni his qila oladigan har tomonlama yetuk, barkamol yoshlarni tarbiyalash va komil insonni voyaga yetkazish murabbiylarimizning asosiy burchidir. Bunda e’tiborni pedagogik texnologiyalarga qaratish muhimdir.
    O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limida yangi noan’anaviy usullar bilan fizika darsini o’tish guruh talabalariga quyidagicha ta’sir etadi, ya’ni:
    - Erkin va mustaqil fikrlash;
    - Jamoa ichida o’zini bemalol tutish;
    - Bilim doirasini kengaytirish;
    - Jamoat ishlarida faol qatnashish;
    - Nutqini va muomila madaniyatini o’stirish;
    - O’z fikrini erkin, mazmunli bayon etish.
    Bu usullar yana shunisi bilan afzalki, talaba o’z fikrini yorita olmasa yonidagilar yordamlashadi, o’qituvchi to’ldiradi, talaba ko’p tanbeh eshitmaydi. Biz o’z darsimizga bu usullarni qo’llashdan oldin guruh talabalariga har bir usulni qanday olib borish, boshlash va mohiyatini tushuntirishimiz kerak. Har bir usulni to’liq va aniq chiqishi uchun beradigan savolimiz aniq va bir maqsadga yo’naltirilgan bo’lishi kerak .
    Hozirgi kunda talim jarayonida interfaol metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o`quv jarayonida qo`llashga bo`lgan qiziqish, e’tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda, bunday bo`lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda o`quvchi-talabalarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o`rgatilgan bo`lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o`zlari qidirib topishlariga, mustaqil o`rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o`zlari keltirib chiqarishlariga o`rgatadi. O’qituvchi tomonidan har bir darsni yaxlit holatda ko`ra bilish va uni tasavvur etish uchun bo`lajak dars jarayonini loyihalashtirib olish kerak.
    O’qitishning ta’lim olish jarayonida interfaol ta’limga asoslanishi bir qarashda juda oddiy, sodda va hatto bolalar ongida tasavvur uyg’otadi.
    Ta’lim jarayonida didaktik o’yinli texnologiyalar didaktik o’yinli dars shaklida qo’llaniladi. Ushbu darslarda talabalarning bilim olish jarayoni o’yin faoliyati orqali uyg’unlashtiriladi. Shu sababli talabalarning ta’lim olish faoliyati o`yin faoliyati bilan uyg’unlashgan darslar didaktik o`yinli darslar deb ataladi.
    Asosiy omillar ish tajribasi didaktik vositalar (axborot, tarqatma materiallar ko’rgazmali rasmlar, dars jihozlari) O’quvchi va o’quvchilar guruhining o’zaro hamkorlikka erisha olish tayanch pedagogik psixologik bilimlar, metodik malaka, o’quvchi va o’quvchilar guruhi o’rtasidagi munosabatlarning ishonch va hurmatga asoslanishi , tashkilotchilik qobiliyati, ta’lim jarayonida demokratik g’oyalarning ustuvor o’rin tutishi, o’quvchilarning darsga psixologik tayyorgarliklari O’quvchilarning muayyan darajada hayotiy tajribalarga egaliklari, O’quvchilarning o’qituvchi tomonidan qo’yiladigan talablarga bo’ysunishi haqida, O’quvchilarning o’zlashtirish darajasi yuqoriligi ,O’quvchilarning tengdoshlari va o’qituvchi bilan hamkorlik qilishga moyinliklari, O’quvchilarning darsga nisbatan mas’uliyatli yondashishlari, burchini anglashi to’g’risida O’qituvchi interfaol ta’lim yordamida o’quvchining qobiliyatini rivojlantirish, mustaqilligini, o’z-o’zini nazorat qilishi, tengdoshlari bilan suhbat, fikr muloxazalarini erkin bayon qilish murakkab vaziyatdan chiqa olish kabi sifatlarni shakllantiradi.

    II BOB BO’LAJAK FIZIKA FANI O’QITUVCHILARINING KASBIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH

    2.1. Bo‘lajak fizika o’qituvchilarining kasbiy kompetentligi mohiyati, turlari va nazariy asoslari.

    Kompetensiya –qonun , nizom yoki boshqa hujjatlar orqali muayyan tashkilot yoki mansabdor shaxsga nisbatan belgilangan vakolatlar doirasi.


    Kompetent yondashuv oliy ta’limni modernizatsiyalash nuqtayi nazaridan yangi pedagogik voqelik hisoblanadi. Mazkur yondashuv doirasida amaliy faoliyat tajribasi, kompetensiya va kompetentlikni didaktik birliklar sifatida ko‘rib chiqish hamda ta’limning an’anaviy uch elementi (triada) - “bilim - ko‘nikma - malaka”ni oltita birlik (sekstet) - “bilim - ko‘nikma - malaka - amaliy faoliyat tajribasi – kompetensiya “kompetentlik” tarzida tahlil qilish talab etiladi. Dastlab “kompetensiya” tushunchasining mohiyatini aniqlashtirib olish zarur. Kompetensiya (lotincha so‘z bo‘lib, erishaman, to’g’ri kelaman ma’nolarini bildiradi) - subyektning maqsadni qo’yish hamda unga erishish uchun tashqi va ichki zaxiralarni samarali amalga oshirishga tayyorgarligi, boshqacha qilib aytganda, bu subyektning muayyan faoliyat obyekti bilan bog’liq muammolarni muvaffaqiyatli hal etishga doir shaxsiy qobiliyatidir. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, “kompetensiya” tushunchasiga berilgan aksariyat ta’riflar kasbiy ta’lim, kasbiy faoliyat bilan bog‘liqlikda bayon etilgan. Biroq umumiy o’rta ta’lim bilan bog’liqlikda mazkur tushuncha innovatsiya tavsifiga ega bo’lganligi sababli, uning mohiyatini aniqlashtirishga alohida ehtiyoj mavjud.

    Download 6.56 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 6.56 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Innovatsion texnologiyalatining jamiyat taraqqiyotidagi o’rni va o’quv jarayonidagi ahamiyati

    Download 6.56 Mb.