• Malaka ishining ob’ekti
  • Malaka ishining tuzilishi.
  • Buxoro davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi




    Download 6.56 Mb.
    bet3/7
    Sana04.05.2023
    Hajmi6.56 Mb.
    #56230
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    AZAMATOVA.G.N BUXORO M.I
    rezer2, INFORMATIKA XONASIGA LOGO RASMLAR, qurilish texn, 86653453, 533365, Намуна Баходиров Баходир Баходирович Таб 12, SMS yuborish, Ma’lumotlar bazasini yaratish va ochish., adabiyot navoiy, Elektr texnologik qurilma va tizimlari vazifasi., 10 Matematika kalit, 32489, 1b, 3-Sinf matematika 68 soat to\'garak
    Malaka ishi maqsadi: Innavatsion ta’lim texnalogiyalaridan foydalanib bo’lajak fizika o’qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasi tushunchalarini nazariy yoritib berish.
    Malaka ishining vazifalari: O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining fizika kursida innovatsion texnologiyalarining umumiy masalalarini tahlil qilish; Innovatsion texnologiyalatining jamiyat taraqqiyotidagi o’rni va o’quv jarayonidagi ahamiyatini o’rganish;
    Fizika faniga innovatsion texnologiyalarni joriy qilish usullarini aniqlash;
    O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limida zamonaviy texnologiyalar tadqiqoti masalalarini o’rganish.
    Malaka ishining ob’ekti: Akademik litsey va kasb-hunar maktablaridagi ta’lim jarayonlari.
    Malaka ishining predmeti: Akademik litsey va kasb-hunar ta’limi tizimida fizika fanining innovatsion texnologiyalari, ushbu fandan yaratilgan turli elektron qo’llanmalar, multimedialar, elektron test topshiriqlari va bundan oldin shu ish bilan shug’ullangan olimlarning tajribalari bo’lib hisoblanadi.
    Malaka ishining tuzilishi. Malakaviy ishi tuzilishi jihatidan kirish, 4 ta paragrafni o’z ichiga olgan 2 bob, loyihalar, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati, ilovalardan tashkil topgan. Ishning xajmi 27 betdan iborat.

    I BOB INNAVATSION TA’LIM TEXNALOGIYALARIDAN FOYDALANISH


      1. Innavatsion ta’lim texnalogiyalarining mohiyati, turlari va nazariy asoslari .

    O‘qituvchilar ta’lim jarayonda quyidagilarni bilishi va amal qilishi lozim, jumladan:

    • Pedagogik tamoyillarga to’laqonli amal qilish barobarida o‘z ustida doimiy izlanishlar olib borishi, ya’ni ilmiy, metodik kitoblarni o’qishi, bugungi kunda dunyo davlatlari, mamlakatimizdagi mavjud ilg’or ish tajribalarni o’rganishi, metodlar, usullar va vositalardan dars jarayonida foydalanib, tahlil qilib borishi va o‘tilgan darsning samaradorligini aniqlashi lozim;

    • Ilg‘or pedagogik texnologiyalarni o‘quv fani hamda dars maqsadiga muvofiq tanlay olishi va amaliyotga tatbiq etishi;

    • Interfaol darsning an’anaviy darsdan ustunligini anglashi va har ikkala dars shakllaridan o’rinli foydalanish malakasiga ega bo’lishi;

    • O’quvchi shaxsiy sifatlaridagi o’ziga xoslik munosabatlarini yakdillik bilan anglay olishi va individual mahorat orqali yondashish malakasiga ega bo’lishi;

    • Dars maqsadlariga erishish yo’llarini bilishi, dars bosqichlari tarkibiy tuzilishiga to’liq tayanishi lozim.

    Shunday ekan har bir pedagog o’z darslari davomida innavatsion metodlardan foydalanishi va ularni dars jarayonlariga tadbiq qila olishi zarur.
    «Innovatsion pedagogika» G’arbiy Yevropa va AQShda XX asrning 60- yillarida paydo bo’ldi H.Barnet, Dj.Basset, D.Gamilton, N.Gross, R.Karlson, M.Mayez, A.Heyvlok, D.Chen, R.Edem ishlarida innovatsion jarayonlarni boshqarish, ta’limdagi o’zgarishlarni tashkil etish, innovatsiyaning «hayoti va faoliyati» uchun zarur bo’lgan shart - sharoitlar masalalari tahlil qilingan. Innovatsiya (inglizcha innovation) – yangilik kiritish, yangilikdir. Innovatsiyaning amaliyotga kiritilishi innovatsion jarayonlarda amalga oshiriladi. Innovatsion jarayon deb – innovatsion o’zgarishlarga tayyorgarlik ko’rish va uni amalga oshirish jarayoniga aytiladi. Innovatsion jarayon – bu pedagogik yangiliklar, bu yangiliklarning pedagogik hamjamiyat tomonidan o’zlashtirilishi va ulardan ilmiy asosda amaliyotda samarali foydalanishning o’zgarib boruvchi yaxlitligidir. « Innovatsiya» tushunchasi birinchi marta XIX asrda madaniyatshunoslar o’rganishlarida bir madaniyat elementini boshqasiga joriy qilish ma’nosini bildirgan. Uning bu manosi hozirgacha etnografiyada saqlanib qolgan.
    XX asr boshlarida yangi bilim soha- yangiliklarni kiritish, qo’llash yuzaga keldi. U mahsulot ishlab chiqarish sohasida texnik yangiliklarni kiritish qonuniyatlarini o’rgana boshladi. Yangiliklarni kiritish haqidagi fan – innovatika firmalarning yangi reja, xizmatlarni ishlab chiqish va tatbiq etish faoliyatiga talablarni keskin oshib borishi aks ettirilgan holda paydo bo’ldi. 30 yillarda AQSHda Firma innovatsion siyosati, Innovatsion jarayon atamalari paydo bo’ldi. Pedagogik innovatsion jarayonlarni G’arbda 50 yillar oxirlaridan boshlab bizning mamlakatimizda keyingi 10 yillikdan boshlab olimlar maxsus o’rgana boshladilar. Innovatsion talim tushunchasi birinchi bor 1979 yilda Rim klubida qo’llanilgan. Innovatsion texnologiyalarning barcha jarayonlarini quyidagilarga ajratish mumkin:

    • Ko’zlangan yangilikni kiritishdan maqsad umumiy va uning alohida bosqichlari muvaffaqiyatlarini tahlil qilish

    • Yangilikning o’zidagi va uni tatbiq etishni tashkil etishdagi kamchiliklarni aniqlash, ularni bartaraf qilish

    • Yangilikni boshqalar bilan taqqoslash, ulardan eng samaradorini tanlab olish, uning muhimligi va tayyor bo’lganligini aniqlash

    • Yangilikni tatbiq etish foydaliligi darajasini tekshirish yangilik tatbiq etiladigan tashkilotning innovatsion qudratiga baho berish.

    Fizika fani o’qituvchisining innovatsion faoliyati quyidagilar bilan belgilanadi:

    • Yangilikni qo’llashga tayyorgarligi

    • Novatorlik darajasi

    • Kommunikativ qobiliyatning rivojlanganligi

    • Pedagogik yangiliklarni qabul qilishi

    • Ijodkorligi

    Texnologiya-yunoncha “techne” mahorat, sanat; “logos” tushuncha, ta’limot, muayyan jarayonlarning mahorat, san’at darajasida tashkil etilishi Talim texnologiyasi An educational technology ta’lim jarayonining yuksak mahorat, san’at darajasida tashkil etilishi degan ma’nolarni ifodalaydi.


    Download 6.56 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 6.56 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Buxoro davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi

    Download 6.56 Mb.