Bo’lajak fizika fani o’qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasi




Download 6.56 Mb.
bet6/7
Sana04.05.2023
Hajmi6.56 Mb.
#56230
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
AZAMATOVA.G.N BUXORO M.I
rezer2, INFORMATIKA XONASIGA LOGO RASMLAR, qurilish texn, 86653453, 533365, Намуна Баходиров Баходир Баходирович Таб 12, SMS yuborish, Ma’lumotlar bazasini yaratish va ochish., adabiyot navoiy, Elektr texnologik qurilma va tizimlari vazifasi., 10 Matematika kalit, 32489, 1b, 3-Sinf matematika 68 soat to\'garak

2.2. Bo’lajak fizika fani o’qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasi.


Bo’lajak mutaxassislarda kasbiy kompetentlikni shakllantirish uchun avvalo kuzatuvchanlik xususiyatining rivojlanishiga, ya’ni perseptiv, kognitiv, refleksiv, empativ, motivatsion va prognostik jihatlarining taraqqiy etishiga e’tibor qaratish lozim. Pedagogik faoliyat va muloqot jarayonida ijtimoiy-perseptiv kompetentlikka ega bo’lib borish uchun mutaxassis o’zida insonparvarlik, ijtimoiy-refleksiv, bilim hamda ko’nikmalar, ijobiy kasbiy “Men”- siymosi, ba’zi shaxsga xos sifatlar (intellekt, iroda, empatiya, kuzatuvchanlik, mehribonlik, hissiy bag’rikenglik va boshqalar)ni shakllantirishga oid mashg’ulotlar bilan shug’ullnishi maqsadga muvofiqdir.
Pedagogik-psixologik trening-seminar, ish o’yini, mahorat darsi va turli amaliy mashg’ulotlarga jalb qilish, malakaviy amaliyotning rolini oshirish, har bir talabaga o’zining pedagogik faoliyatga xos imkoniyatlari va mahoratini namoyon etishi mumkin bo’lgan qulay sharoitlarni yaratib berish orqali unda ijtimoiu-perseptiv kompetentlikni shakllantirish mumkin. Buning uchun nafaqat shu sohaga oid bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishi, balki insonlar bilan muloqot o’rnatish texnikasini egallash, motivatsion sohani rivojlantirish, psixologik bilimdonligini oshirib borish, kasbiy faoliyatga psixologik jihatdan tayyorgarlik ko’rib borish lozim.
Kompetentlikni baholash mezonlari

Kompetentlikning tarkibiy qismlari

Kompetentlikni baholash mezonlari

1. Tayyorgarlik

Maxsus xususiyatlar, axborotni qabul qilish va qayta ishlash xususiyatlari,
o’rganish qobiliyati, tipologik xususiyatlar va boshqalar

2. Bilim

Kompetentlik, stereotiplar, bilim, kompetentlik bilan bog’liq bo’lgan
o’rganishning ustunligi haqidagi tasavvurning mavjudligi

3. Tajriba

Kompetentlikka yaqin yoki aynan unga mos keladigan masala va
topshiriqlarni bajarish

4. Munosabat

Kompetentlikni amalga oshirish yoki faoliyat kompetentligi bilan bog’liq
holda o’ziga va boshqalarga nisbatan munosabatlarning shakllanishi

5. Muntazamlilik

Kompetentlikka bog’liq amallarga «turtki»larni nazorat qilish qobiliyati, matonat, qat’iyat, sabrlilik, kompetentlikni amalga oshirish bilan bog’liq
maqsadga erishishdagi to’siqlarni zabt etishga tayyorgarlik

Kompetentlikni namoyish qilishga tayyorgarlik darajasini quyidagi mezonlar bo’yicha aniqlash mumkin: o’z-o’zini rivojlantirish va o’zini namoyon etish g’oyasi, kasbiy yo’l tanlash, turmush qurish, farzandli bo’lishga nisbatan qaror qabul qila olishga tayyorgarlik, o’z hayotiga javob berishga tayyorlik, hayot yo’lini mustaqil tanlash, kasb sohasida ko’nikishlar hosil qilishga tayyorlik va boshqalar.




Download 6.56 Mb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 6.56 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bo’lajak fizika fani o’qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasi

Download 6.56 Mb.