Buxoro davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti «tuproqshunoslik va geografiya»




Download 0,85 Mb.
bet37/38
Sana26.06.2021
Hajmi0,85 Mb.
#15179
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
Xulosa, takliflar va tavsiyalar

Xozirgi kunda o’tkazgan ilmiy-tadqiqot ishim men bilim, ko’nikma va malakalarini shakllantirish uchun qo’llaniladigan ta’lim usullari, ularni amalda bajarish xamda buning uchun zarur bo’lgan ko’rsatmalar va shaxsiy sifatlarni shakllantirishni o’rgandim.

Pomidor etishtirish, saqlash va uni qayta ishlash texnologiyasiini o‘qitish uslubiyotini o’rgatishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar va noan’anaviy usullardan foydalanib o’qitish bilan taqqoslab, qay bir usul ta’lim jarayonining sifatini oshirishda samaraliroq ekanligini aniqlashga xarakat qildim.


  1. Ta’lim usullarining samaradorligini aniklashda, avvalambor

O’qituvchilarning sabzavotchilik fanini qanday o’qitilayotganliklarini, ya’ni fanni o’qitish davomida zamonaviy texnologiyalar va noan’anaviy usulda qo’llay bilish maxoratlarni va bu orqali talabalarning Sabzavotchilik fanini o’zlashtirish darajasini o’rganib chiqishga xarakat qildim.

Shuningdek, tajribalar asosida Sabzavotchilik fanini o’qitish bo’yicha tavsiyalar xamda ko’rsatmalar ishlab chiqdim.



  1. Umuman olganda, ilmiy-tadqiqot ishim davomida ta’limning

an’anaviy va innovatsion modellari, ta’lim texnologiyasi usulning o’sishi va urni, faol ta’lim usulining mazmuni, ularni amalda oshirish yullari va usullarini ochib berish, ushbu usullarga yondashuv va tanlash mezonlari, ulardan o’quv jarayonida foydalanish imkoniyatlari bo’yicha izlanishlar olib bordim.

3.Ta’lim jarayonida dars samaradorligini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. SHuning uchun darsda kompyuter va boshqa axborot texnologiyalarini keng qo’llash bilan bir qatorda yangi pedagogik texnologiyalar zamonaviy ta’lim usullari va vositalarni keng qo’llash zarur. Chunki, usul va vositalarsiz qo’yilgan maqsad belgilangan mazmunni amalga oshirishda, bilim faoliyatini tezlashtirishga, bu borada sezilarli darajaga natijalarga erishish mumkin emas. Bundan tashkari bir pedagogik usul va usulublarga, shu bilan bir katorda talabalarning psixologik xususiyatiga e’tibor berish lozim. U esa shaxsning komil inson bo’lib etishishda nixoyat katta o’rin tutadi

4. Hozirgi vaqtda ko‘pgina konserva zavodlari sharbat ishlab chiqarishga mexanizatsiyalashgan uzluksiz tarmoqlar bilan jixozlangan. Pomidordan olinadigan sharbatlar mag‘izli sharbatlar xisoblanib, odatdagi sharbatlarga nisbatan tiniq bo‘lmaydi, ularda qisman pomidorlar mag‘izlarining mayda bo‘laklari bo‘ladi.

5. Muayyan fanning o‘qituvchisi talabalar bilimi, aqliy yetukligi, mustaqil fikrlay olish darajasi va uning mutaxassis yoki nomutaxassisligini hisobga olgan holda darsni tashkil etadi.

6. Ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarni pedagogik texnologiya vositalaridan foydalanib noan’anaviy usullarda o’tkazishni keng joriy qilish maqsadga muvofiqdir.

7. Darsni samaradorligini oshirish uchun fan o’qituvchisi nutq madaniyati va o’zini bilimini doimiy ravishda oshib borishga harakat qilishi zarurdir.

8. Elektron darslik pedagogik texnologiyalar ichida alohida o’rin tutgan bo’lib, oldingi darsliklardan bir katorda afzaliklarga egadir. Darsni samaradorligini oshirish maqsadida tadbirlar bilimi keng guruhlarda dars olib borishni, darsni munozarali taklif qilish tavsiya qilinadi.

9. Sabzavotchilik ilmiy izlanish asoslari fanidan dars samaradorligini oshirish uchun o‘qituvchi mutaxasislik fanlar bilan birgalikda pedagogika va psixologiya kabi fanlarni ham yaxshi bilishi tavsiya etiladi.



Download 0,85 Mb.
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Download 0,85 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Buxoro davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti «tuproqshunoslik va geografiya»

Download 0,85 Mb.