Buxoro davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti «tuproqshunoslik va geografiya»




Download 0,85 Mb.
bet35/38
Sana26.06.2021
Hajmi0,85 Mb.
#15179
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
CHARXPALAK TEXNOLOGIYASI

Charxpalak texnologiyasi aylanib kelish ma’nosini anglatib, tabiiy fanlarni o‘qitilishida keng qo‘llanilib kelinayotgan va yuqori natijalarga erishilayotgan metodlar qatoriga kiradi. Mazkur metod ko‘proq ma’ruzalar o‘qishda, talablar soni 20-25 nafar bo‘lganda yuqori natija beradi.

Albatta bu texnologiya ham bir necha variantlar va bosqichlar ko‘rinishida amalga oshiriladi. Quyida mazkur metodni 3 variant ko‘rinishida tahlil etib o‘tamiz.

Birinchi variantning birinchi bosqichida auditoriya talabalari guruhlarga bo‘linadi, ikkinchi bosqichda o‘qituvchi tomonidan oldindan o‘tilgan mavzu yoki yangi mavzu bo‘yicha tayyorlangan vazifalar guruhlarga tarqatiladi, uchinchi bosqichda belgilangan vaqt davomida talabalar guruh bilan ishlashadi va o‘qituvchi talabalarni faollashish darajasini nazorat qilib turadi. To‘rtinchi bosqichda guruhlar bajargan vazifalar bir-birlari bilan almashtiriladi, ya’ni birinchi guruh, ikkinchi guruhga, uchinchi guruhga va hakazo. Guruhlar soniga qarab bu jarayon bir necha bor bajariladi, toki birinchi guruhning vazifasi o‘ziga qaytib kelguniga qadar. Beshinchi bosqich, bunda o‘qituvchi javoblarni o‘qiydi, talabalar o‘zlari bajargan vazifani tekshiradi, baholaydi, tahlil qiladi. O‘qituvchi xulosa qilib, talabalarni baholaydi.

Ikkinchi variantda auditoriyani guruhlarga bo‘lib ishlash imkoniyati bo‘lmaganda qo‘llash yuqori samara beradi. Mazkur variantning birinchi bosqichida o‘qituvchi auditoriya talabalariga vazifalarni tarqatib chiqadi, bunda talabalar yakka holda ishlaydi.

Ikkinchi bosqichda o‘qituvchi tomonidan belgilangan vaqt davomida talabalar vazifalarini bajarishadi. Har bir o‘tirgan talabaga bitta vazifa yoki bir ikki talabaga alohida alohida vazifalar berilgan bo‘lishi mumkin. Uchinchi bosqichda talabalar vazifalarini bir-birlari bilan almashtiradilar va aksincha bir birlari bilan almashmasalar ham bo‘ladi. O‘qituvchi auditoriyadagi sharoitga qarab o‘zgarishlar kiritishi mumkin. To‘rtinchi bosqichda o‘qituvchi javoblarni o‘qiydi, talabalar o‘zlari bajargan vazifalarni qay darajada bajarganlariga qarab o‘zlarini o‘zlari baholaydi. Vaqt belgilanishiga qarab o‘qituvchi vazifalarni yig‘ib olishi, tekshirib keyingi darslarda e’lon qiladi.

Bir qator xorijiy mamlakatlarning (Gollandiya, CHexiya, YAponiya, Koreya) o‘quv jarayonlari tahlil etilganda ma’lum bo‘ldiki, bu davlatlarda talabalar o‘qituvchidan ko‘ra ko‘proq ishlaydi, ya’ni fikrlaydi, ijodiy yondoshadi va hokazo. Auditoriyadagi o‘qituvchi esa talabalarni faollashtiradi. Shu bilan birga tajribalarga ko‘ra xorijiy mamlakatlarda talabalarning mustaqil ishlashiga ko‘proq sharoit yaratiladi va nazorat qilinadi. SHu nuqtai nazardan mazkur usuldan foydalanish kutilgan natijalarni berishi mumkin.



Download 0,85 Mb.
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Download 0,85 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Buxoro davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti «tuproqshunoslik va geografiya»

Download 0,85 Mb.