Konsolli ilovalarni yasash




Download 3.73 Mb.
bet4/23
Sana02.06.2021
Hajmi3.73 Mb.
#14738
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Konsolli ilovalarni yasash

Konsolli ilovalar quyidagicha yasaladi. Dastlab File menyusidan New Other Application buyrug’i tanlanadi, New bo’limi oynasidan yasaladigan Console Application ilovaning tipini New Items oynasidan tanlash lozim. Natijada ekranda konsolli ilova protsedurasining shabloni turgan Project1.dpr oyna paydo bo’ladi. Bu oynaga dastur instruktsiyasini terish mumkin.



Konsolli ilova instruktsiyasi program dan keyin dastur nomi bilan boshlanadi. Dastlab u loyiha nomi bilan bir xil nomlanadi. Saqlash vaqtida dasturchi saqlagan loyiha nomi bilan yozib qo’yiladi. Shuni esda saqlash kerakki konsolli ilova windows da yaratiladi, dastur esa DOS dasturi kabi bajariladi. DOS da ASCII kodirovkasi, Windows da — ANSI kodirovkasi ishlatiladi. Ularda rus alfaviti tulicha kodlanadi. SHuning uchun konsolli ilovaga ingliz tilidagi ma’lumotlarni kiritish lozim. Bu muammoni hal qilish uchun ASCII da kodlangan matnni ANSI ga kodlashga ahamiyat berilsa kifoya.



1.1.3 - chizma. Konsolli ilovalarni yasash





1.1.4 -chizma. Konsolli ilovaning bosh protsedurasi shabloni.

Misol: N gacha bo’lgan tub sonlar ro’yxatini chiqaruvchi dasturni konsolli ilovada qarab chiqamiz.

program Project1; {$APPTYPE CONSOLE}

var s,i,j,n:integer;

begin


write('N ni kirit='); read(n);

writeln; writeln(' Tub sonlar ro`yxati '); writeln;

for i:=2 to n do

begin s:=0;

for j:=1 to i do if i mod j=0 then s:=s+1;

if s=2 then writeln(' ',i);

end;

readln; readln;



end.

Dasturning matni {$APPTYPE CONSOLE} qatori bilan boshlanadi. Bu direktiva ($) kompilyator uchun mo’ljallangan. Direktivaning ko’rsatmasi bilan kompilyator bajarilayotgan dasturni konsolli ilova kabi generatsiya qiladi. Konsolli ilovani kompilyatsiya qilish odatdagi tarzda ya’ni Project menyusidan Compile buyrug’ini tanlash bilan amalga oshiriladi.



Muvaffaqiyatli kompilyatsiya qilingandan so’ng dastur Run menyusidan Run buyrug’i bilan ishga tushiriladi. Konsolli ilovani ishga tushirgandan so’ng ekranda DOS dasturi oynasi paydo bo’ladi. 3- rasmda Delphi da tuzilgan konsolli ilova ishlaydigan DOS oynasi keltirlgan.

1.1.5 -chizma. Konsolli ilova ishlaydigan DOS-oynasi.

Konsolli ilova loyihasini yozib qo’yish standart holatda. File menyusidan Save buyrug’ini tanlash natijasida ekranda loyiha nomi kiritiladigan Save Project dialogli oyna paydo bo’ladi.



Download 3.73 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Download 3.73 Mb.