• Dastur matni faylining tuzilishi
  • Loyiha matni faylining tuzilishi.
  • Windows muhitida dastur yaratish. Yangi loyiha yaratish




    Download 3.73 Mb.
    bet5/23
    Sana02.06.2021
    Hajmi3.73 Mb.
    #14738
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
    Windows muhitida dastur yaratish. Yangi loyiha yaratish.

    Windows muhitida dastur yaratilishidan oldin siz yangi loyiha yaratishingiz yoki mavjud bo’lgan loyihangizni ochishingiz kerak. Yangi loyiha yaratishdan oldin ochilgan loyiha va uning formalarini yopishingiz shart. Loyiha va uning formalarini yopish uchun asosiy menyudan (File\Close All) buyrug’ini tanlashingiz kerak. Yangi loyiha yaratish uchun File\New Application (File\New\Application) buyrug’ini berishingiz kerak. Loyihangizni xotiraga saqlashingiz uchun (File\Save_All yoki Shift+Ctrl+S ) buyrug’ini tanlang. Saqlashda muloqot oyna chiqganda ikkita faylni saqlashingiz kerak. Iloji boricha har bir loyihangizni alohida alohida papkalarda saqlang. Loyiha faylini (Project.dpr) uning kengaytmasi *.DPR (Delphi Project) bo’ladi, va *.dfm (Delphi Form) forma fayli. Forma faylini nomini nima berishingizdan qat’iy nazar shunaqa nomli *.pas faylini ham saqlaydi, bu fayl shu formaning dastur matni fayli (modul). Faylni saqlagandan keyin dasturingizni ishga tushirsangiz loyihangiz saqlanayotgan papka ichida mustaqil hech qanday Delphi ga bog’liqmas dastur fayli yaratiladi va loyiha nomi *.exe kengaytmali fayl paydo bo’ladi. Undan tashqari shu papka ichida (*.~pas, *.~dfm ) kengaytmali fayllar ham paydo bo’lishi mumkin. Bu fayllar saqlashdan oldingi fayllar. (*.ddp, *.dcu, *.dof, *.res, *.cfg) kengaytmali fayllar ham paydo bo’ladi.

    Delphining ixtiyoriy loyihasi kamida oltita fayl yaratadi. Ulardan uchtasi loyiha tomonidan yaratiladi va dasturchilar ularning tarkibini ko’pincha o’zgartirmaydilar. Ular quyidagilar:


    • Loyihaning bosh fayli, dastlab Project1.dpr deb nomlanadi.

    • Dasturning dastlabki moduli/unit/, u ishning boshida avtomatik ravishda yaratiladi. Fayl  Unit1.pas deb nomlanadi va uning nomini ixtiyoriy nom bilan almashtirish mumkin. Masalan: Main.pas.

    • Bosh forma fayli Unit1.dfm deb nomlanadi, u bosh formaning tashqi ko’rinishi haqidagi ma’lumotlarni saqlaydi.

    • Project1.res loyiha uchun belgini saqlaydi.

    • Project1.opt fayli matnli fayl hisoblanib, siz kompilyatorda qo’llagan o’rnatmalaringizni saqlaydi.

    • Project1.dsk fayli ishchi soha holati haqidagi ma’lumotlarni saqlaydi.

    Albatta loyiha nomini o’zgartiriganda RES, OPT va DSK kengaytmali fayllarning nomlari ham o’zgaradi.

    Dastur kompilyatsiyasidan keyin quyidagi kengaytmali fayllar hosil bo’ladi:

    DCU – tayyor modullar. EXE – ishchi fayl.

    DSM – dasturning muhitda ishga tushishi uchun xizmat qiluvchi fayl, uning hajmi juda katta va ish yakunlangach uni o’chirish tavsiya qilinadi.

    ~PA, ~DP - backup. – muharrirning vaqtinchalik fayllari.

    Dastur matni faylining tuzilishi

    Yangi loyiha yaratganingizdan keyin ekranda bo’sh forma hosil bo’ladi – bu esa dasturingizni asosiy formasi hisoblanadi. Dastur matni muhariri oynasida Unit1.pas fayli ochiladi. Modulingiz ichida formangizda nima ishlar bajarilishi saqlanadi. Formangiz Form1 deb nomlanadi. Modulingiz ichida quyidagi dastur matni bo’ladi:

    unit Unit1; // Modulingizni nomi Unit1

    interface { Modulingizni interfeys qismi (bu yerda boshqa modullardan chaqirilishi mumkin bo’lgan qismi). }

    uses


    Windows, Messages, SysUtils, Classes, Graphics, Controls, Forms, Dialogs;

    {Modulingizni interfeys qismida standart modullarning bog’lanishi (chaqirilishi) bajariladi.}

    Undan so’ng formangiz tipi e’lon qilinadi. Loyihangiz yaratilishi vaqtida, Delphi ning sinflari asosida yangi tip e’lon qilinadi va ko’rsatilgan sinfni barcha imkoniyatlarini merosga oladi.

    type


    TForm1 = class(TForm)

    private


    { Private declarations }

    public


    { Public declarations }

    end;


    formaning boshqa modullardan chaqirilishi mumkin bo’lgan qismi public da e’lon qilinadi private da esa chaqirilishi mumkin bo’lmagan qismi elon qilinadi.

    var


    Form1: TForm1;// Bundan keyin TForm1 tipiga tegishli o’zgaruvchi e’lon qilinadi.

    Delphining barcha komponentalari, vizual komponentalar bibliotekasida saqlanadi Visual Component Library (VCL). Har qanday komponent hatto forma ham, o’ziga mos komponenta nomi oldiga T harfi qo’shiladi. Masalan: Forma, TForm sinfini barcha imkoniyatlarini merosga oladi. Nishon (Metka, Label) komponenti – TLabel sinfini va h.k.

    implementation {Modulingizni asosiy dastur qismi va bu yerda boshqa modullardan chaqirilishi mumkin bo’lmagan qismi.}

    Bundan so’ng bitta kompilyator direktivasi mavjud {$R *.dfm}. bunda mos ravishda bu modul bilan ishlaydigan forma ko’rsatilgan.

    Forma va formada joylashgan barcha komponentalar, Delphi da *.dfm kengaytmali faylda saqlanadi va bu fayllar matn fayli ko’rinishida bo’ladi.

    Loyiha matni faylining tuzilishi.

    Loyiha fayli, ayrim qo’shimcha imkoniyatlari ham mavjud bo’lgan Pascal tilidagi matni ko’rinishidagi fayldir. Dasturingizni asosiy qismi shu faylda joylashgan. Dasturingizni asosiy ishlarini (vazifalarini) Delphi da modullarga bajariladi, asosiy faylda (loyiha faylida) emas. Loyiha faylini matn muhariri oynasida ochish uchun Project\View_source buyrug’ini bering. Yangi loyiha faylini matni quyidagicha:

    program Project1; // Programma nomi yoki loyihani nomi

    uses

    Forms // Loyihada standart modullarning bog’lanishi (chaqirilishi) bajariladi.



    Unit1 in 'Unit1.pas' {Form1}; //Form1 ning modulini bog’lanishi.

    Unit2 in 'Unit2.pas' {Form2}; //Form2 ning modulini bog’lanishi.

    Bundan so’ng bitta kompilyator direktivasi mavjud {$R *.res}. Unda loyihangizdagi resurslar fayli ko’rsatiladi. ( *.res kengaytmali fayl ).

    begin { Loyihangizni asosiy qismi bo’lib bu yerda dasturni bajarilish ketma ketligi beriladi. }

    Application.Initialize; //Loyihagizni yaratilishini tashkil etadi

    Application.CreateForm(TForm1, Form1); // Loyihangizda Form1 ni yaratilishi.

    Application.CreateForm(TForm2, Form2); // Loyihangizda Form2 ni yaratilishi.

    qavs ichida formani nomi, uning tipi (sinf tipi) beriladi.

    Loyihada bir nechta forma yaratish mumkin lekin birinchi bo’lib yaratilgan forma asosiy forma hisoblanadi va u yopilganda loyihangiz yopiladi.

    Application.Run; //Loyihaniishga tushirish va asosiy formani chiqishi.

    end. // dasturingizni tugagan qismi.



    Download 3.73 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




    Download 3.73 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Windows muhitida dastur yaratish. Yangi loyiha yaratish

    Download 3.73 Mb.