procedure TForm1.FormCreate(Sender: TObject); begin




Download 3.73 Mb.
bet8/23
Sana02.06.2021
Hajmi3.73 Mb.
#14738
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23
procedure TForm1.FormCreate(Sender: TObject);
begin Form1.KeyPreview := True; end;

//Forma yaratilganda joylashgan ob’ektlaridan oldin klaviatura tugmasini //bosilganligi haqida malumot olishi uchun KeyPreview xususiyatini

//qiymatini true qilamiz.

procedure TForm1.FormKeyPress (Sender: TObject; var Key: Char);
begin if key = #27 then Close; end;

//Formada Esc klaviatura tugmasi bosilganda formaning yopilishi.


1.2. Delphidagi asosiy komponentalar va ularning xususiyatlari, hodisalari.


Matnni (namoyish etuvchi) chiqaruvchi komponentalar.

Bu kompanentalar ma’lumotlarni kiritish, saqlash, tahrir qilish va turli xabarlar berish vositasi sifatida foydalaniladi.

TLabel (belgi) kompanentasi. (Standart komponentlar to’plamidan)

Belgi sizga mo’ljallashtirishda va bundan tashqari foydalanuvchiga o’z nomidan tashqari axborot berishda hamda oyna va belgilarni tavsiflashda yordam beradi. Yozuvlarni namoyish etish uchun ko’pincha metka (Label) komponentidan foydalanamiz. Bu komponenta oddiy matnni ishlatadi va dasturni ishlash jarayonida foydalanuvchi bu matnni o’zgartira olmaydi.

Label komponentini matnini Caption xususiyati orqali o’zgartiramiz va komponenta, o’lchamini mos ravishda o’zgartirishi uchun uning AutoSize xususiyatidan foydalanamiz. Uning tipi mantiqiy bo’lib, chin qiymat berishimiz kerak. Label komponenti ichidagi matnni tekislash uchun Alignment xususiyatidan foydalanamiz. U TAlignment tipli bo’lib quyidagi qiymatlardan birini olishi mumkin:


Agar AutoSize xususiyatini qiymati chin (true) bo’lsa unda Alignment ta’sir etmaydi (ishlamaydi). Matnni uzunligi bo’yicha sig’maydigan so’zlarni avtomatik tarzda boshqa satrda o’tishi uchun WordWrap xususiyatidan foydalanamiz. Uning tipi mantiqiy bo’lib, chin qiymat berishimiz kerak. Agar AutoSize xususiyatini qiymati chin (true) bo’lsa unda WordWrap ta’sir etmaydi (ishlamaydi).

Rang bilan to’ldirilish rangini Color xususiyati orqali beramiz. Label rang bilan to’ldirilgan yoki rangsiz bo’lishini Transparent xususiyati orqali aniqlanadi. Uning tipi mantiqiy bo’lib, chin qiymat berishimiz kerak. Qachonki Label rasm ustida o’rnatilgan bo’lsa u holda rangsiz bo’lishi kerak. Transparent xususiyatini qiymatini chin qilamiz. masalan rasm geografik karta bo’lsa. Komponentdagi yozuvlarni shriftini Font xususiyati orqali o’zgartirish mumkin. Label matnni chiqaruvchi komponenti bo’lib, matnini tahrirlab bo’lmasligi uchun uni statik matn deb ham aytadilar.

Label ni Left va Top xususiyatlari orqali bu komponentani, komponent konteynerdagi joylashgan o’rnini beramiz. Unda Left chap tomondan necha piksel Top esa yuqoridan. Label o’zi aktiv (faol) bo’la olmaydi, lekin tugmalar kombinatsiyasi yordamida uni tanlash orqali boshqa komponentaga faolligini berishi mumkin. FocusControl xususiyati shu uchun ishlatiladi, uni tipi TWinControl. Masalan Label1, Edit1 ni izohi sifatida ishlatsak u holda Label1.FocusControl := Edit1 berish o’rinli.

FocusControl ni faqat tugmalar kombinatsiyasi orqali ishlatish mumkin. Label1 ni sichqoncha orqali tanlanganda Edit1 komponenti faol (aktiv) bo’lishi uchun Label1 ni OnClick holatiga quyidagini yozamiz:





Download 3.73 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23




Download 3.73 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



procedure TForm1.FormCreate(Sender: TObject); begin

Download 3.73 Mb.