• Mavzuning dolzarbligi
  • Bitiruv malakaviy ishimizning maqsadi
  • Bitiruv malakaviy ishimizning o`rganilganlik darajasi
  • Bitiruv malakaviy ishimizning predmeti
  • Bitiruv malakaviy ishimizning amaliy ahamiyati
  • Bitiruv malakaviy ishimizning metodlari: Dasturimizni tuzishda
  • Buxoro davlat universiteti




    Download 3.73 Mb.
    bet2/23
    Sana02.06.2021
    Hajmi3.73 Mb.
    #14738
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23

    Mundarija:

    Biz tezkor texnikaviy taraqqiyot shiddat bilan rivojlanayotgan va muntazam yangilanayotgan zamonaviy yuqori texnologiyalar, axborot –kompyuter tizimlari asrida yashayotganligimizni unutmasligimiz kerak.

    I.A.Karimov

    Bugun kompyuter texnologiyalari dunyoda jadallik bilan rivojlanayotgan sohalardan biriga aylanib bormoqda. Kompyuterlar asta-sekin insonlar hayotiga kirib bormoqda. Ya’ni, faol ish yurituvchini internet global tarmog’isiz, intellektual ishchini esa ish joyida kompyutersiz tasavvur qilish qiyin. Kompyuter texnologiyalari inson hayot tarzida, kichik va katta korxonalarda, kompaniyalarda, o’quv dargohlarida, davlat muassasalarida behad ahamiyat kasb etmoqda. Hozirda kompyuterlarni qo`llashda ko`pgina foydalanuvchilar uchun yagona axborot makonini ta'riflovchi tarmoqlarni tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Buni butun dunyo kompyuter tarmog`i hisoblanmish internet misolida yaqqol ko`rish mumkin.

    Insonning barcha sohalardagi faoliyati axborot bilan to‘liq ta‘minlanganligi va axborotlardan samarali foydalanishiga bog‘liq bo‘lmoqda. Katta hajmdagi axborotlar oqimidan kerakli bo‘lganini tanlab olish, ularni qayta ishlash va foydalanish uchun har bir mutaxassis shaxsiy kompyuter va aloqa vositalaridan unumli foydalanishi kerakdir.

    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O’zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida» 2013 yil 27 iyundagi PQ-1989-sonli qaroriga muvofiq, unda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatiga zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, ular tomonidan interaktiv davlat xizmatlari ko’rsatish, elektron tijorat va elektron to’lovlar tizimini yanada ravojlantirish, tijorat faoliyati va tadbirkorlikda axborot texnologiyalaridan samarali foydalanishni rivojlantirish, Internet tizimi orqali kommunal va boshqa to’lovlarni yo’lga qo’yish, mahalliy tovarlar va xizmatlarni tashqi bozorda realizatsiya qilish maqsadida elektron tijorat infratuzilmasini yaratish borasida ustuvor vazifalar belgilab berilgan. Bundan tashqari O’zbekistonda o’qitish texnologiyalarini zamonaviylashtirish, jadallashtirish rivojlangan iqtisodiyotli mamlakatlarga qaraganda yanada dolzarb ahamiyatga ega. Chunki hozirgi kunda milliy ta’lim tizimining salohiyatli tizimli rivojlanishi yanada yuqori pog’onaga ko’tarildi.



    Mavzuning dolzarbligi: shundan iboratki, talaba dasturlash muhiti orqali ofis hujjatlarini avtomatik shakllantirishni o`rganishi, buni namuna sifatida test variantini dasturini yaratishidir. Hozirda test variantini shakllantirish hayotda ko`p qo`llaniladi va buni avtomatlashtirilgan dastur orqali bajarish dolzarbdir.

    Bitiruv malakaviy ishimizning maqsadi: Delphi dasturlash muhiti texnologiyasi imkoniyatlaridan foydalangan holda test variantlarini shakllantiruvchi dasturini yaratish.

    Bitiruv malakaviy ishimizning vazifalari: Malakaviy ish maqsadidan kelib chiqqan holda quyidagi vazifalar belgilandi. Delphi muhitida ishlashni o`rganish. Delphi orqali Word ilovalari hujjatlatini shakllantirish. Qo`yilgan masalani bajaruvchi dasturni yaratish.

    Bitiruv malakaviy ishimizning o`rganilganlik darajasi: Bitiruv malakaviy ishimni qilish jarayonida juda ko’p ma’lumotlarni o’rganib oldim. Ya’ni dasturni tuzish jarayonida Delphi muhitini, Delphida office bilan ishlash bilimiga ega bo`ldim. Dasturni tuzish uchun barcha imkoniyatlarni bajar olish jarayonlarni mayda mayda dasturchalar tuzish evaziga o`rgandim.

    Bitiruv malakaviy ishimizning predmeti: Delphi7, MS Office 2003, VBA, Delphi orqali word bilan ishlash.

    Bitiruv malakaviy ishimizning ob`ekti: Dasturni tuzish uchun foydalanilgan elektron adabiyotlar.

    Bitiruv malakaviy ishimizning ilmiy farazi: Barcha fanlar uchun bu dasturiy vositadan foydalanish.

    Bitiruv malakaviy ishimizning yangiligi: Ta`lim muassasalarda o`tiladigan barcha fanlarga test variantini shakllantirish uchun qulay imkoniyatli dastur yaratish. Talabalar, fanni har bir mavzusini o`zlashtirishiga imkoniyat beradi. Uni ta`lim jarayonida qo`llash.

    Bitiruv malakaviy ishimizning amaliy ahamiyati: Dastur tuzish jarayonida Delphi dasturlash tili, Office paketini boshqarishlarni zamonaviy dasturlash tillari fanida foydalanish.

    Bitiruv malakaviy ishimizning metodologik asoslari: Desktop arxitekturali dasturlar yozish va Office hujjatidagi shablonlar.

    Bitiruv malakaviy ishimizning metodlari: Dasturimizni tuzishda, Delphi muhitidan va Word ilovasi hujjatlarini dasturlash orqali boshqarishda foydalanildi.

    Bitiruv malakaviy ishimizning tarkibi va hajmi: Ushbu bitiruv malakaviy ishi 85 betdan iborat bo’lib, kirish, 2 ta bob, xotima va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.




    Download 3.73 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




    Download 3.73 Mb.