I. Dasturni yaratish uchun foydalaniladigan dasturiy vositalar




Download 3.73 Mb.
bet3/23
Sana02.06.2021
Hajmi3.73 Mb.
#14738
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23

I. Dasturni yaratish uchun foydalaniladigan dasturiy vositalar

1.1. Delphi muhitida ishlash


Oxirgi vaqtda dasturlashga qiziqish ortib ketdi. Bu axborot texnologiyalarning hayotimizga kirib kelishi bilan bog’liq. Agar inson kompyuter bilan ishlasa, unda dasturlashtirishga ehtiyoj va xohish paydo bo’ladi. Hozirgi kunda personal kompyuter uchun Windows operatsion sistemasi juda mashhur. Dastur tuzishda uni yozishda Windows operatsion sistemasi kompyuterlardan foydalaniladi. Texnikaning rivojlanishi kompyuter dasturlarining tez ishlashiga olib keldi. Bularga Borland Delphi va Windows Vizual Basic va boshqalarni misol keltirish mumkin.

Delphi - dasturiy vositasi: Bu windows uchun mo’ljallangan dasturlash muhiti bo’lib, 1995 yilda Borland kompaniyasi guruhi dastur tuzuvchilari Chak (Chuck) va Denni (Danny) tomonidan yaratilgan.

Bu til o’zining keng qamrovli imkoniyatlariga egaligi bilan birga, boshqa dasturlash tillaridan o’zining ba’zi bir xususiyatlari bilan ajralib turadi.

Borland Delphi ning paydo bo’lishi dasturlashni rivojlantirish tarixida yorqin ko’rinish bo’ldi. Delphi ning vujudga kelishiga quyidagilar sabab bo’ldi;



  • Windows uchun dasturlash va komponentalar texnologiyasi.

  • Masalalarni yechish uchun ob’ektga yo’naltirilgan usul.

  • Komponentalar texnologiyasiga asoslangan ilovalarni tez yaratishning vizual muhitlari.

  • Interpritatsiyadan emas, kompilyatsiyadan foydalanish. Bu shundan iboratki, interpretator bilan ishlashga qaraganda kompilyator bilan ishlash tezligi o’n martalab ustunlikka ega bo’ladi.

  • Universal usullar yordamida ma’lumotlar bazasi bilan ishlash imkoniyatlarining mavjudligi.

Borland Delphi yuqorida bayon etilgan fikrlarni joriy etish maqsadida yaratilgan. Ammo, uning eng asosiy elementi Paskal tili bo’lib hisoblanadi. Hozirgi kunda Delphi tilining bir necha xil variantlari mavjud (Delphi 2, Delphi 3... , Delphi 7 va h.k.).

Delphi dasturlash muhiti uchun Object Paskal dasturlash tili asos qilib olingan. Bilamizki, Paskalda biror kattaroq dastur, masalan amaliy dasturlar majmuini tuzmoqchi bo’lsak, albatta biz modulli dasturlashdan foydalanamiz. Ya’ni qo’yilgan masalani kichikroq bo’laklarga bo’lib olamiz va shular bilan ishlaymiz. Natijani olish uchun esa, bu bo’laklarni birlashtiruvchi bitta asosiy dastur qilinadi. Aynan shu narsa Delphi dasturlash muhitining asosi hisoblanadi. Agar biz Delphi da biror forma hosil qilsak, u holda Delphi bizga o’zi avtomatik tarzda shu formaga mos bo’lgan modullarni va bu modullarni boshqaruvchi dasturni tuzib beradi. Boshqaruvchi dasturni Delphi da, agar unga o’zimiz nom bermasak, Project1.dpr deb nomlaydi. Bunda .dpr fayl kengaytmasi. Avtomatik tarzda tashkil qilingan modulga biz nom bermasak, u holda Delphi uni Unit1.pas deb nomlaydi. O’zimiz esa *.pas kengaytmasini saqlagan holda xohlagan nomimizni berishimiz mumkin.



Ishning boshlanishi. Delphi har doimgidek ochiladi, ya’ni quyidagicha.



1.1.1 – chizma. Delphi ni ishga tushurish.

Bu paytda bitta oyna o’rniga 5 ta oyna chiqadi.

Bu yerda Delphi ning asosiy tashkil etuvchilari keltirilgan:



  1. Delphi ning asosiy oynasi.

  2. Formalar konstruktori (Form Designer)

  3. Ob’ektlar inspektori (Object Inspector)

  4. Ob’ektlar daraxti (Object TreeView)

  5. Dastur matni muharriri (Code Editor)

  6. Dastur matniga yo’l ko’rsatuvchi oynasi (Code Explorer)

1.1.2 - chizma. Delphi 7 dasturining umumiy ko’rinishi.





Download 3.73 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Download 3.73 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I. Dasturni yaratish uchun foydalaniladigan dasturiy vositalar

Download 3.73 Mb.