• Ma’lumotlarni ro’yxat ko’rinishda chiqaruvchi komponentlar.
  • Belgilanuvchi va bezashda ishlatiladigan komponentlar.
  • 1.3. Delphi muhiti orqali OFFICE bilan ishlash
  • Buxoro davlat universiteti




    Download 3,73 Mb.
    bet11/23
    Sana02.06.2021
    Hajmi3,73 Mb.
    #14738
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23
    Xususiyat

    Qiymati

    ColCount

    5

    FixedCols

    0

    RowCount

    1

    DefaultRowHeight

    24

    Height

    33

    DefaultColWidth

    64

    Width

    345

    Options . goEditing

    True

    GridLineWidth

    4

    Options .goTabs

    True

    Font

    16 shrift, qalin yozuvda

    Yuqoridagi misolning dasturi quyidagicha:

    procedure TForm1.Button1Click(Sender: TObject);

    var i:integer; s,k:real;

    begin s:=0;

    for i:=0 to 4 do s:=s+strtofloat(StringGrid1.Cells[i,0]);

    k:=s/5;

    Label2.Caption:=Label2.Caption+floattostr(k)+' ga teng';



    end;

    F9 tugmasini bosib, massivga qiymat kiritib bajarib ko’ramiz. (1.2.8-chizma)



    1.2.8-chizma. Massiv elementlarining o’rta arifmetigini hisoblash natijasi.


    Ma’lumotlarni ro’yxat ko’rinishda chiqaruvchi komponentlar.

    Delphi dasturida ma’lumotlarni ro’yxat ko’rinishda chiqaruvchi komponentlardan faqat ma’lumotlarni chiqarish uchun foydalanish mumkin. Bu komponentlar ma’lumotlarni xotiraga saqlash imkoniyatiga ega emas. Agar ro’yxatdagi ma’lumotlarni xotiraga saqlamoqchi bo’lsak albatta fayl o’zgaruvchilardan foydalanish mumkin. Bu komponentlardan qaerda, nima maqsadda foydalanish mumkin misollar yordamida qarab chiqamiz.

    ListBox – komponenti. Bu komponent Standart komponentlar to’plamida joylashgan. Bu komponentdan ma’lumotlarni ro’yxat ko’rinishida chiqarish uchun foydalanish mumkin. Bu komponentda ro’yxatning barcha elementlari ko’rinib turadi, bu elementlardan ixtiyoriy bittasini tanlash imkoniyatiga ega bo’lamiz.

    1.2.8 – jadval. ListBox ning xususiyatlari



    Xususiyat

    Ma’nosi

    Color

    Komponent rangi

    Columns

    Ro’yxatni nechta ustun buyicha chiqarilishi kiritiladi

    Font

    Ro’yxatdagi ma’lumotlar shrifti

    Items

    Ro’yxatga ma’lumotlar kiritish va undan foydalanish

    MultiSelect

    Ro’yxatdan bir nechta elementni tanlash

    Sorted

    Ro’yxatga ma’lumotlarni saralab joylashtirish

    Misol: Ro’yxatdan element tanlanganda uni Edit komponentiga chiqarsin.

    Masalani bajarish uchun formaga ma’lumotlarni tanlash uchun Listbox1 komponentidan, natijani chiqarish uchun Edit komponentidan va izohlar uchun Label komponentlaridan foydalanamiz. Listbox1 komponentining Items xususiyatiga quyidagi ma’lumotlarni kiritamiz: Oq, Qora , Sariq, Qizil, Yashil.

    Listbox1 komponentining Onclick holatiga quyidagi kodni kiritamiz.

    procedure TForm1.ListBox1Click(Sender: TObject);



    begin

    Edit1.Text:=ListBox1.Items.Strings[ListBox1.itemindex];



    end;

    1.2.9 - chizma. ListBox ga dastur misoli.

    ComboBox komponenti. Bu komponent ham Standart komponentlar to’plamida joylashgan. Bu komponentda ma’lumotlar, ochiluvchi ro’yxat ko’rinishida turadi. Listbox komponentidan farqi bu komponentda ro’yxatning faqat bitta elementi ko’rinib turadi. Joyni tejash maqsadida bu komponentdan foydalangan ma’qul.

    1.2.9 – jadval. ComboBox ning xususiyatlari



    Xususiyat

    Ma’nosi

    Color

    Komponent rangi

    Font

    Ro’yxatdagi ma’lumotlar shrifti

    Items

    Ro’yxatga ma’lumotlar kiritish va undan foydalanish

    ItemIndex

    Ro’yxatga chiqadigan element indeksi, agar -1 bo’lsa bo’sh turadi

    Text

    ItemIndex=-1 bo’lsa Text da kiritilgan ma’lumot chiqadi

    Sorted

    Ro’yxatga ma’lumotlarni saralab joylashtirish

    Misol: Ro’yxatdan tanlangan rang bo’yicha forma rangi o’zgarsin. Masalani bajarishda, formaga ranglarni tanlash uchun Combobox1 komponentidan va izohlar uchun Label komponentlaridan foydalanamiz. Combobox1 komponenti-ning Items xususiyatiga quyidagi ma’lumotlarni kiritamiz: Oq, Qora, Sariq, Qizil, Yashil. Combobox1 komponentining Onclick holatiga quyidagi kodni kiritamiz:

    procedure TForm1.ComboBox1Change(Sender: TObject);

    var s:string;

    begin


    s:=ComboBox1.Items.Strings[ComboBox1.itemindex];

    if s='Oq' then Form1.Color:= clWindow;

    if s='Sariq' then Form1.Color:= clYellow;

    if s='Qora' then Form1.Color:= clBlack;

    if s='Qizil' then Form1.Color:= clRed;

    if s='Yashil' then Form1.Color:= clLime;



    end;

    1.2.10 - chizma. ComboBox ga dastur misoli.

    TreeView komponenti. Bu komponent Win32 komponentlar to’plamida joylashgan. Bu komponent ro’yxatdagi ma’lumotlarni daraxtsimon shaklda tasvirlaydi.

    1.2.10 – jadval. TreeView ning xususiyatlari



    Xususiyat

    Ma’nosi

    Color

    Komponent rangi

    Font

    Ro’yxatdagi ma’lumotlar shrifti

    Images

    Rasmlar ro’yxatini bog’lash

    Items

    Ro’yxatga ma’lumotlar kiritish va undan foydalanish

    MultiSelect

    Ro’yxatdan bir nechta elementni tanlash

    SortType

    Ro’yxatga ma’lumotlarni saralash usuli

    1.2.11 - chizma. TreeView ning ko`rinishiga misol.

    ListView komponenti. Bu komponent Win32 komponentlar to’plamida joylashgan. Bu komponent ro’yxatdagi ma’lumotlarni turli xil ko’rinishlarda chiqarish uchun ishlatiladi.

    1.2.11 – jadval. ListView ning xususiyatlari



    Xususiyat

    Ma’nosi

    Color

    Komponent rangi

    Columns

    Bu xususiyat orqali ustunlarga ajratish, ustun sarlovhalari kiritiladi, ustun kengligi kiritiladi.

    Font

    Ro’yxatdagi ma’lumotlar shrifti

    Items

    Ro’yxatga ma’lumotlar kiritish va undan foydalanish

    GridLines

    Jadvaldagi chiziqlar ko’rinishi yoki ko’rinmasligi

    MultiSelect

    Ro’yxatdan bir nechta elementni tanlash

    SortType

    Ro’yxatga ma’lumotlarni saralash usuli

    ViewStyle

    Jadval ko’rinishi

    Belgilanuvchi va bezashda ishlatiladigan komponentlar.

    Delphi dasturida bir qancha komponentlarni qarab chiqdik. Lekin shunday masalalar borki biz bir nechta holatlardan bittasini yoki bir nechta holatlardan bir nechtasini tanlashimizga to’g’ri keladi. Bunday hollarda albatta belgilanuvchi komponetlardan foydalanishga to’g’ri keladi. Delphi dasturida bunday komponentlar yaratilgan bo’lib, ulardan qanday foydalanish to’g’risida ma’lumotlar keltiramiz.

    CheckBox (belgilash tugmasi) kompanentasi chap tomonida kichkina darchasi bo’lgan matn satrini akslantiradi. Darchaga uning belgilanganligini bildiruvchi belgi quyish mumkin. Bu komponent Standart komponentlar to’plamida joylashgan. Ushbu tugma odatda dasturda «ha» yoki «yo’q» javobini olish kerak bo’lgan vaziyatlarda foydalaniladi. Demak bu komponentning qiymati mantiqiy qiymatga ega. Bu komponentdan dasturda bir nechta holatlardan bir nechtasini tanlash uchun foydalanish mumkin.

    RadioButton (belgilash tugmasi) kompanentasi. Bu komponent Standart komponentlar to’plamida joylashgan. Bu komponent ham CheckBox kompanentasiga o’xshaydi. Ushbu komponentning qiymati ham mantiqiy qiymatga ega. Lekin bu komponentda bir nechta holatlardan birini tanlash imkonini beradi. Demak bu komponentlarning bir biridan farqi CheckBox da bir nechta holatlarni tanlash mumkin, RadioButton da esa faqat bitta holatni tanlash mumkin. Bu komponentlarni asosiy xususiyatlarini keltiramiz.

    1.2.12 – jadval. RadioButton ning xususiyatlari

    Xususiyati

    Ma’nosi

    Caption

    Belgilash tugmasidagi yozuv matni

    Checked

    Komponent belgilanganligi. Qiymati mantiqiy

    Color

    Komponent rangi

    Font

    Matn shrifti

    Hint

    Izoh matni

    Name

    Komponent nomi

    ShowHint

    Izohni chiqish yoki chiqmasligi

    CheckListBox komponenti. Bu komponent CheckBox komponentlarini ro’yxat ko’rinishda ifodalaydi. Bu komponent Additional komponentlar to’plamida joylashgan. CheckListBox komponenti ro’yxatidagi elementlarni uning Items xususiyati orqali hosil qilamiz.

    RadioGroup komponenti. Bu komponent RadioButton komponentlarini gruhlashtirilgan ro’yxatini ifodalaydi. Bu komponent Standart komponentlar to’plamida joylashgan. RadioGroup komponenti ro’yxatidagi elementlarini uning Items xususiyati orqali hosil qilamiz. Elementlarni Columns xususiyati orqali bir nechta ustunlarda chiqarish mumkin. Caption xususiyati orqali sarlavha matni kiritiladi.

    GroupBox guruhlashgan ramka komponentasi. Bu komponent Standart komponentlar to’plamida joylashgan. Bu komponent, komponent konteyner bo’lib, uning ichida bir nechta komponentni joylashtirish mumkin. Guruhlashgan ramka faqatgina bir toifadagi komponentalardan tashkil topgan bo’lishi shart emas.

    ScrollBox formada ekranga sig’maydigan ob’ektlarni ko’rsatish imkonini beruvchi komponent. Bu komponent Additional komponentlar to’plamida joylashgan. Bu komponent ham komponent konteyner bo’lib, uning ichida bir nechta komponentni joylashtirish mumkin.

    Panel - Bu komponent Standart komponentlar to’plamida joylashgan. Bu komponent ham komponent konteyner bo’lib, uning ichida bir nechta komponentni joylashtirish mumkin. Dasturni bezashda qismlarga ajratishda juda qulay. Bundan tashqari multimedia vositalarida ekran vazifasida ham ishlatish mumkin.

    Shape - Bu komponent Additional komponentlar to’plamida joylashgan. Formada oddiy geometrik figura (aylana, kvadrat ...) larni namoyish qiladi. Dasturni bezashda qo’l keladi.

    TBevel - Bu komponent Additional komponentlar to’plamida joylashgan. Interfeysni relefli bezash uchun xizmat qiladi.



    1.3. Delphi muhiti orqali OFFICE bilan ishlash


    MS Office ning obyektli modeli

    Agar murakkab masalani yechmoqchi bo`lsak, biz odatda o`ylaymiz, nima bilan boshlanishni va qay tarzda buning yechimiga kelishimizni, kuchimizni saqlagan holda va qanday vaqtni to`gri taqsimlashni. Agar bizlarga avtomatizatsiyalash masalasi qo`yilgan bo`lsa va uning hisobotlari Ms Word yoki Ms Excel formatidagi hujjatlari chiqarish kerak bo`lsa, ishni nimadan boshlashni o`ylashimiz zarur bo`ladi.

    Ms Word matn protsessori va Ms Excel jadval muhariri Ms Office ichiga kiradi va COM – obyekti hisoblanadi. Ixtiyoriy Windows operatsion tizimiga yozilgan dasturiy vosita bu obyektlarni boshqara oladi, agar COM interfeysini qo`llab quvatlasa. Maxsus adabiyotlarda bu mexanizmning ishlash prinsiplari yozilgan. Bizlar Word, Excel obyektlari va ularning hujjatlari bilan ishlaymiz. Bu dasturiy vositalarning hujjatlari ham obyektdir.

    Ms Office obyektli modelning tuzilmasidan ishni boshlashimiz kerak bo`ladi. Bu tuzilmani bilishimiz bizga dasturlash muhiti orqali Ms Office ni obyektlari hujjatlarini avtomatizatsiyalashga qo`l keladi. Endi Ms Office obyektli modelining tuzilmasini ko`rib chiqamiz.



    1.3.1 – chizma. Ms Wordning obyektli modeli.





    Download 3,73 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23




    Download 3,73 Mb.