MS Wordning obyektli modeli




Download 3,73 Mb.
bet12/23
Sana02.06.2021
Hajmi3,73 Mb.
#14738
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23
MS Wordning obyektli modeli

1.3.1 – cizmada ko`rsatilganidek MS Word obyekt modelining tuzilmasi daraxt ko`rinishida bo`lib, Application obyekti uning eng yuqorisidadir. Obyekt modelida kiruvchi (Collection) kollektsiyalar, bir tipli ro`yxatdan iborat bo`lib unga murojaat indeksi bo`yicha amalgam oshadi. Alohida obyektlarning o`zi ham kolektsiyalardan tashkil etilgan bo`lishi mumkin, bu obyektlar o`z navbatida obyektlar. Biror obyekt yoki kolektsiyaning elementiga faqat Application obyekti orqali murojaat qilish mumkin. 1.3.1 – chizmada, obyektli modelning umumlashgan shakli keltirilgan. Bu modelning ba`zi qismlarini ajratilgan holda batafsil o`rganishimiz mumkin, masalan, Documents kolektsiya elementi – Document (hujjat) obyektini. 1.3.2 – chizmada Document obyektining tuzilmasi keltirilgan bo`lib, uning har bir elementi va ular orasidagi bog`lanishlar keltirilgan.



1.3.2 – chizma. Ms Word hujjatining obyektli modeli.

Document obyektining tarkibiga unu to`liq tasvirlanishini va hujjatni qismlarini o'z ichiga oladi. Masalan, biror kollektsiyaning xususiyatlari, hujjat foydalanuvchisining xususiyatlari (nomi, mavzusi, avtori va h.k). Bu hujjatga tegishli bo`lib lekin namoyish etmaydi. Jadval kollektsiyasi – hujjatni tashkil etuvchi qismi bo`lib sahifaga namoyish etadigan elementdir. Kolektsiya elementining obyekti o'z navbatida kollektsiya ham bo`lishi mumkin. Masalan, har bir jadval elementi satr va ustunlar kollektsiyasidan va yacheyka tipli lementdan iboratdir. Kollektsiyalar nafaqat bir tipli elementlardan tashkil etilgan bo`ladi, balki har bir elementi biri – birida farqli bo`lishi ham mumkin. Forma kollektsiyasi (Shapes) ning elementlari yaratilish va joylashish bo`yicha bir tipli bo`lishi mumkin, tuzilishi jihatdan har xil.

Shapes kollektsiya elementi tuzilishi jihatidan, yozuv (Textbox), tashqi obyekt (OLEObject), chiziq (line), siniq chiziq (Ployline) va boshqa tipdagi obyektlarni olishi mumkin. Hujjatning asosiy obyekti bu albatta matndir. Matnga murojaat qilish uchun Words kollektsiyasi yoki Range obyektidan foydalanishimiz mumkin. Words kollektsiya elementlarining obyektlari matnda so`zni namoyish etish va uning xarakteristikaslarini saqlaydi. Range obyekti matnni yoki matnning bir qismini bilan ishlash uchun imkoniyat beradi. Albatta, 1.3.2 – chizmadagi hujjatning obyektli modeli uni butunlay tasvir eta olmaydi. Boshqarish obyektlari modelini, “shrift” obyekti va sahifa parametrlarini tasvir etuvchi obyektlarni ko’rib chiqish ham foydali bo’ladi. 1.3.3 – chizmada Ms Word boshqaruv elementlarining obyektli modelini umumiy tuzilmasini ko’rinishi ko’rsatilgan.



1.3.3 – chizma. MsWord boshqaruv elementining obyektli modeli

1.3.3 - chizmada ko’rsatilganidek, MS Wordning boshqaruv elementlari bitta kolleksiyaga yig’ilgan, daraxtsimon tuzilmasi keltirilgan, har bir tugun obyekt yoki ichki kollektsiyadan tashkil etilgan. Bu tuzilmaga sozlash va qo`shimcha qo`shish mumkin. Foydalanuvchi va dasturchi, ixtiyoriy uskuna orqali, bu tuzilmaning tuguniga obyektni o`chirishi, qo`shish, o`zgartirish yoki faollashtirishi mumkin. Boshqaruv elementlarini faollashtirish bo`yicha mos ravishda metodlari bajariladi. Ms Word obyektli modelining asosini ko`rib chiqdik, bu bizning loyihalar yaratishimizda yordam berishi mumkin.



Download 3,73 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23




Download 3,73 Mb.