MS Excelning obyektli modeli




Download 3,73 Mb.
bet13/23
Sana02.06.2021
Hajmi3,73 Mb.
#14738
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23
MS Excelning obyektli modeli

MS Excelning obyektli modeli umumiy qoidalariga ko’ra MS Word bilan aynan o’hshashdir. Bu model ierarxiv strukturaga ham ega bo’lib, ildizida Application (Excel.Application) obyekti turadi va u orqali MS Excel ilovalarining har qanday ichki obyektidan, kolleksiyalardan yoki ochiq ish kitobi komponentlaridan foydalanish ta’minlanadi. MS Excel obyektli modelining tuzilmasi umumiy ko’rinishi 1.3.4 - chizmada ko’rsatilgan.



1.3.4 – chizma. Ms Excelning obyektli modeli.



Aytib o’tilganidek, MS Excel obyektli modelining cho’qqisi Application obyekti bo’lib, o’ziga bevosita Selection – joriy belgilangan obyekt, WorkBooks – ochiq ish kitoblari kolleksiyasi, har xil boshqaruv elementlari kolleksiyasi, muloqot oynalar va boshqa MS Excel ilovalarining xususiyatlarini, obyektlar va kollektsiyalarni o’z ichiga oladi oladi. Selection obyekti, joriy belgilangan obyekt xususiyatlariga ega, shuning uchun bu yerda shu obyektning model tuzilmasini ko’rib o’tishda ma’no yo’q. Agar yacheyka belgilangan bo’lsa, Selection=Yacheyka, agar diagramma bo’lsa, unda Selection=Diagramma. Agar yacheykalar sohasi tanlangan bo’lsa, Selection=ustunlar va satrlar kolleksiyasi. Ish kitoblari kolleksiyasi ochiq ish kitoblari bo’lib, indeks bo’yicha foydalaniladi. Bu kolleksiyaning har bir elementi “ish kitobi” dir. Ilovani boshqarish uchun mo’ljallangan boshqarish panelida, menyu, tugmalar, dialoglar va boshqa obyektlar mos boshqarish elementlari kolleksiyasiga yig’ilgan. “Ish kitobi” ning eng asosiy elementi bu ish varoqlari kolleksiyasidir. Alohida bir ish varog’i kolleksiya elementi hisoblanadi va u oddiy varoq (jadvallar ko’rinishida) yoki diagrammalar ko’rinishida bo’lishi mumkin. Oxirgi ko`rgan holatimizda, diagrammalardan boshqa obyektni saqlay olmaydi. Jadvallar ko`rinishidagi variantni 1.3.5 – chizmada ko`ramiz.

1.3.5 – chizma. Ish kitobi varig`ining obyektli modeli.


Ish varog`i bilan ishlashning asosida yacheyka obyekti hisoblanadi. Yachey-kani obyekt sifatida qaraganda, o`zi ham bir qator xususiyat va obyektlarni o`z ichiga oladi. Bulardan zaruriy va ko`p ishlatiladiganlari: matn, shrift, matn stili, chegaralar, rang to`ldirishlardir. Bu xususiyatlarga murojaat qila olishimiz, qiymatinit o`zgartirishimiz uchun, yacheykaga ham murojaat qilib bilishimiz kerak. Range sohasi yacheykalari, Birlashgan yacheykalarday foydalaniladi. Yacheylalar sohasining xususiyatlari, yacheyka xususiyatlari bilan ustma – ust tushadi, lekin ularning sohasini o`lchami va koordinatalari farqlidir. Yacheykalar satr va ustunlarning birlashmasidan iborat. Birlashgan satr va ustunlar kolleksiya ko`rinishida bo`lib, sonlar indeksi yoki ustunlar harfiy belgilari bilan boshqariladi. Ishchi varoqida tashqi obyektlar joylashtirishimiz mumkin. Tashqi OLE obyektlar kollektsiyasi sifatida quyidagi obyektlarni joylashtiramiz. Bular: rasmlar, word hujjatlari qismlari, ovozlar video yozuvlari va boshqa obyektlar, Tizimda OLE server sifatida ro`yxatdan o`tgan dasturlar ularni ustida amallar bajara oladi. Bunday obyektlarni OLEObjects kolleksiyasi elementlari bilan foydalanish mumkin. Ularning xossalaridan faqatgina OLE serverlari yordamida foydalanish mumkin. Excel dasturi ko`plab grafik obyektlar to`plamiga ega bo`lib, ularni ish varog`iga joylashtira olamiz. Rasmlar geometrik shakllar, diagrammalar ko`pincha kolleksiyaga birlashtirilgan va undan foydalanishimiz mumkin. Masalan: ChartObjects diagrammalar to`plami kolleksiyasi ishchi varoqda yoki alohida varoqda joylashshishi mumkin. Har bir dagramma, o`z o`rnida obyektlar va kolleksiyalar to`plamini o`z ichiga oladi.

1.3.6 – chizma. a) Excelda izlashning obyektli modeli. b) Wordda izlash.

MS Office dasturlashtirishdagi universalligiga va ko`plab imkoniyatlariga egaligiga ishonch hosil qilishingiz uchun Wordga hamda Excelda ishlovchi yana bir obyektlar kolleksiyasini ko`rib chiqamiz. Bu muloqot oynasi kolleksiyasi bo`lib, uni ochish uchun foydalanuvchi menyu buyrug`ini tanlasa yetarli. U Application obyektiga tegishli. Obyektli modelda hamma dialoglar Dialogs kolleksiyasiga tegishli va sonli indekslar yordamida ulardan foydalanishimiz mumkin. Show metodi parametrlari orqali dialogga parametrlarni yuborish va ularni bajarish - bu excel dasturidagi dialoglar modeli. (1.3.6, a-chizma), word dasturlari uchun model farq qiladi. Farq shundaki, Worddagi dialog parametrlari kolleksiya obyekti- elementlari orqali yuboriladi (1.3.6, b-chizma).

Item() obyektida tipik xususiyat va metodlardan tashqari o`ziga xos xususiyatlari va metodlari mavjud. Masalan: “найти и заменит” dialogida find xususiyati mavjud, u dialog ish boshlanmasidan oldin qidiruvch matnini aniqlaydi. Excelda Dialogs kolleksiyasi obyekti Word dialoglaridan farq qiladi. Quyida faqat Excel obyektli modelini ko`rib chiqamiz (1.3.7-chizma) .



1.3.7 – chizma. Excelning dialog kollektsiyasi obyektli modeli.

Bu rasmda dialog kolleksiyasining oz qismi keltirilgan bo`lib, dasturchi va foydalanuvchilar ko`p ishlatadigan dialoglari ko`rsatilgan. Odatda dialogga qiymatlar beriladi va foydalanuvchi ish harakatiga qarab “True” yoki “False” qiymati qaytariladi.

Xulosa qilib aytganda MS Office tarkibidagi dasturlar, masalan, Word va Excel, bir-biriga bog`liq obyekt va obyektlar kolleksiyasi ko`rinishidadir. O`z o`rnida obyektlar va obyektlar kolleksiyalari ham (Parent) xo`jayiniga ega va unda joylashgan. Obyektli model eng yuqorisida Word.Application, Word matn protsessori va Excel.Application, Excel jadval protsessorining obyekti joylashgan. Asosan shu obyektlar orqali tashqi dasturlar bilan aloqa o`rnatiladi.




Download 3,73 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23




Download 3,73 Mb.