Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………..65




Download 136,16 Kb.
bet3/36
Sana23.07.2021
Hajmi136,16 Kb.
#15840
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………..65

Kirish

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI

Ta’kidlash joizki, 2011-2016-yillarda Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari dasturini amalga oshirish doirasida 25 ta oliy ta’ lim muassasasining 202 ta obyektida yangi qurilish, kapital ta’mirlash va rekonstruksiya ishlari bajarildi.

Iqtisodiyotning real sektori talablaridan kelib chiqib, muhandislik, ishlab chiqarish va qurilish yo‘nalishlari va ixtisosliklari bo‘yicha o‘qishga qabul qilish, uning umumiy soniga nisbatan 23 foizdan 33,2 foizga oshdi. Oliy ta’ lim sohasida mutaxassislar tayyorlash, shuningdek, pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha yangilangan davlat oliy ta’ lim standartlari va o‘quv dasturlari joriy qilindi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 8-oktabrdagi F-4724-son farmoyishi bilan tashkil qilingan Ishchi guruh tomonidan oliy ta’lim tizimidagi holatni o‘rganish natijalariga ko‘ra, bir qator oliy ta’lim muassasalarida hali ham ilmiy-pedagogik salohiyatning pastligi, ta’ lim jarayonlarini axborot-uslubiy va o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash zamonaviy talablarga javob bermasligi, ularning moddiy-texnika bazasini tizimli yangilashga ehtiyoj mavjudligi aniqlandi.

Oliy ta’lim tizimida o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha dunyoning yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari o‘rnatish, o‘quv jarayoniga ilg‘or xorijiy tajribalarini joriy etish, ayniqsa, istiqbolli pedagog va ilmiy kadrlarni xorijning yetakchi ilmiy-ta’ lim muassasalarida staj irovkadan o‘tkazish va malakasini oshirish borasidagi ishlar yetarli darajada olib borilmayapti.

Oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda, kadrlar tayyorlash mazmunini tubdan qayta ko‘rish, xalqaro standartlar darajasiga mos oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratilishini ta’minlash maqsadida:

1.Oliy ta’lim tizimini kelgusida yanada takomillashtirish va kompleks rivojlantirish bo‘yicha eng muhim vazifalar etib quyidagilar belgilansin:

Har bir oliy ta’lim muassasasi jahonning yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari o‘rnatish, o‘quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg‘or pedagogik texnologiyalar, o‘quv dasturlari va o‘quv-uslubiy materiallarini keng joriy qilish, o‘quv-pedagogik faoliyatga, master-klasslar o‘tkazishga, malaka oshirish kurslariga xorijiy hamkor ta’lim muassasalaridan yuqori malakali o‘qituvchilar va olimlarni faol jalb qilish,ularning bazasida tizimli asosda respublikamiz oliy ta’lim muassasalari magistrant, yosh o‘qituvchi va ilmiy xodimlarining stajirovka o‘tashlarini, professor o‘qituvchilarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish;

Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlashning maqsadli parametrlarini shakllantirish, oliy ta’lim muassasalarida o‘qitish yo‘nalishlari va mutaxassisliklarini istiqbolda mintaqalar va iqtisodiyot tarmoqlarini kompleks rivojlantirish, amalga oshirilayotgan hududiy va tarmoq dasturlarining talablarini inobatga olgan holda optimallashtirish;

Yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratish va ularni oliy ta’lim muassasalarining ta’lim jarayoniga keng tatbiq etish, oliy ta’ lim muassasalarini zamonaviy o‘quv, o‘quv-metodik va ilmiy adabiyotlar bilan ta’minlash, shu jumladan, eng yangi xorijiy adabiyotlar sotib olish va tarjima qilish, axborot-resurs markazlari fondlarini muntazam yangilab borish; pedagog kadrlarning kasb mahorati sifati va saviyasini uzluksiz yuksaltirish, xorijda pedagog va ilmiy xodimlarning malakasini oshirish va staj irovkasini o‘tkazish, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini PhD va magistratura dasturlari bo‘yicha o‘qitish, oliy ta’lim muassasalari va qayta tayyorlash va malaka oshirish markazlari o‘quv jarayonlariga yuqori malakali xorijiy olimlar, o‘qituvchi va mutaxassislarni keng jalb qilish; oliy ta’lim muassasalari ilmiy salohiyatini mustahkamlash, oliy ta’limda ilm-fanni yanada rivoj lantirish, uning akademik ilm-fan bilan integratsiyalashuvini kuchaytirish, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirish, iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishga keng jalb etish;

2. 2017-2021-yillarda Oliy ta’lim tizimini kompleks rivoj lantirish dasturi (keyingi o‘rinlarda– Dastur), uning tarkibida quyidagilar:

2017-2021-yillarda oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha kompleks choratadbirlari 1-ilovaga muvofiq;

2017-2021-yillarda oliy ta’ lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va modernizatsiyalash, ularni zamonaviy o‘quv-ilmiy laboratoriyalar, zamonaviy axborotkommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan jihozlash kompleks chora-tadbirlari 2-ilovaga muvofiq;

2017-2021-yillarda qurilish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlashning har yili tasdiqlanadigan manzilli dasturlariga kiritiladigan oliy ta’ lim muassasalari ro‘yxati 4-ilovaga muvofiq;

2017-2021-yillarda o‘quv va ilmiy laboratoriya uskunalari bilan jihozlashning har yili tasdiqlanadigan manzilli dasturlariga kiritiladigan oliy ta’ lim muassasalari ro‘yxati 5-ilovaga muvofiq;

2017-2021-yillarda oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirishning manzilli dasturlari 6-74 ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddat ichida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yosh pedagog va ilmiy xodimlar malakasini oshirish bo‘yicha “Iste’dod” fondining faoliyatini tubdan qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflarni, quyidagilarni inobatga olgan holda, tayyorlasin:

Yuqori malakali xorijiy olim, o‘qituvchi va mutaxassislarni xorijiy oliy ta’ lim va ilmiy muassasalar bilan hamkorlik mexanizm va shakllarini joriy etishning ustuvor yo‘nalishlarini inobatga olgan holda, Oliy ta’lim muassasalari va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazlari o‘quv jarayoniga keng jalb etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini;

“Iste’dod” fondining moliyaviy resurslarini shakllantirish manbasi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim va tibbiyot muassasalari moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini jalb etishni.

4. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq xorijiy olim, o‘qituvchi va mutaxassislarni respublika oliy ta’ lim muassasalari, Oliy ta’lim muassasalari va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazlari (keyingi o‘rinlarda – Tarmoq markazlari) o‘quv jarayonlariga jalb etishda:

Oliy ta’lim muassasalari, Tarmoq markazlari o‘quv jarayoniga jalb qilinadigan xorijiy olim,o‘qituvchi va mutaxassislar tuzilgan mehnat shartnomasi doirasida olinadigan daromadlari yagona ijtimoiy to‘lovlaridan ozod etiladi;

Xorijiy olim, o‘qituvchi va mutaxassislarni jalb etish va ularning moddiy ta’minoti bo‘yicha xarajatlarni moliyalashtirish manbasi sifatida oliy ta’lim muassasalari va Tarmoq markazlariga o‘rnatilgan tartibda ajratiladigan byudjet mablag‘lari, oliy ta’lim muassasalarining byudjetdan tashqari mablag‘lari, xalqaro moliya va boshqa tashkilotlar, xorijiy hukumat tashkilotlarining grantlari, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisoblanadi.

5. Ta’lim va o‘qitish sifati ustidan samarali davlat nazoratini o‘rnatish maqsadida Davlat test markazining Kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlar va ta’lim muassasalarini attestatsiya qilish boshqarmasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tashkil etilsin va uning asosiy vazifalari etib:

Ta’lim tizimida o‘quv-tarbiya jarayonlari, professor-o‘qituvchilar tarkibi, kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish sifatini nazorat qilish bo‘yicha davlat siyosatini amalgam oshirish;

6. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining manfaatdor davlat boshqaruvi organlari bilan kelishilgan quyidagi takliflari qabul qilinsin:

Vazirlar Mahkamasi uch oy muddatda mazkur ta’lim muassasalarida o‘quv-tarbiya jarayonini to‘liq tashkil qilish, professor-o‘qituvchilar tarkibini butlash, zarur moddiy-texnika va o‘quv-laboratoriya bazasini shakllantirishni nazarda tutuvchi Hukumat qarorini qabul qilsin.

7. 2017-2021-yillarda Oliy ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish dasturini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha ishlarni samarali muvofiqlashtirish uchun 75-sonli ilovadagi tarkibga muvofiq Komissiya tashkil qilinsin.

Komissiya (A.N.Aripov):

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari mavjud vazirlik va idoralarning takliflari bo‘yicha har yili, moliyaviy xarajatlarning umumiy tasdiqlangan parametrlari doirasida, oliy ta’lim muassasalarining o‘quv va ilmiy-laboratoriya bino va korpuslari, sport inshootlari va ijtimoiy-muhandislik infratuzilmasi obyektlarini ularning texnik holatini, shuningdek, har bir oliy ta’lim muassasasining moddiy-texnika ta’minotini inobatga olgan holda qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash manzilli ro‘yxatlarini tasdiqlasin;

Dasturning amalga oshirilib borishi bo‘yicha tizimli monitoring o‘rnatsin va uning bajarilish natijalarini Vazirlar Mahkamasining yarim yil va yil yakunlari bo‘yicha o‘tkaziladigan yig‘ilishlari muhokamasiga kiritib borsin.

8. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Dasturni amalga oshirish uchun imtiyozli xorijiy kreditlar va grantlarni jalb qilish bo‘yicha xalqaro moliyaviy institutlar va xorij iy donorlar bilan tizimli ishlar olib borsin.

9. Dasturning moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:

O‘quv va ilmiy-laboratoriya binolari va korpuslari, sport inshootlari va ijtimoiy-muhandislik infratuzilmasi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha– O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivoj lantirish jamg‘armasi mablag‘lari;

Navoiy konchilik instituti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning filiallari hamda Toshkent temir yo‘l muhandislari institutining o‘quv va ilmiy-laboratoriya binolari va korpuslari, sport inshootlari va ij timoiy-muhandislik infratuzilmasi obyektlarini qurish,rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha – idoraviy mansubligi bo‘yicha tegishli tashkilotlarning o‘z mablag‘lari.

10. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi 2018-yil va keyingi yillar uchun O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturlari parametrlarini shakllantirishda,Komissiya qarori asosida, oliy ta’lim muassasalarida qurilish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash ishlari uchun zarur mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivoj lantirish jamg‘armasi resurslaridan ajratilishini nazarda tutsin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev


Download 136,16 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Download 136,16 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………..65

Download 136,16 Kb.