• Aylanaga ichki muntazam 3, 6 va 12 burchaklar yasash
  • Muntazam ko’pburchaklar yasash




    Download 2.75 Mb.
    bet18/55
    Sana01.08.2021
    Hajmi2.75 Mb.
    #16475
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   55
    Muntazam ko’pburchaklar yasash

    Muntazam ko’pburchaklar turli usullar bilan yasaladi. Ko’pincha ular aylana ichiga yasaladi. Aylana ichiga yasaladigan ko’pburchak tomoni (vatar) uzunligi aylana diametri (D) uzunligiga va ko’pburchak tomoni soniga bog`liq. Bu bohlanish 2.1-jadvalda keltirilgan.



    Vatar uzunligini hisoblash jadvali

    (L=k·d; d-berilgan aylana diametri)

    Aylananing istalgan teng bo’laklarga quyidagi maxsus vatarlar jadvaldan foydalanib bo’lish mumkin.

    2.1-jadval.

    Aylana bo’lingan bo’lakar soni (n)

    1


    2

    3

    4

    5

    6

    7

    8

    9

    10

    11

    Koeffitsent (k)

    0,000

    1,000

    0,866

    0,707

    0,587

    0,500

    0,434

    0,383

    0,342

    0,309

    0,282

    Aylana bo’lingan bo’laklar soni (n)

    12


    13

    14

    15

    16

    17

    18

    19

    20

    21

    22

    Koeffitsent (k)

    0,259

    0,239

    0,223

    0,208

    0,195

    0,184

    0,174

    0,165

    0,156

    0,149

    0,142

    Masalan, diametri 70 mm bo’lgan o’n bir burchak yasash uchun uning tomonining uzunligi (L) jadvaldan foydalanib quyidagicha topiladi: L=k·d=0,2817·70=19,7211≈19,7mm.

    Bu L=19,7mm son diametri 70mm li aylana ichiga chiziladigan muntazam o’n bir burchak tomonining uzunligidir.

    Ba`zi muntazam ko’pburchaklarni jadvalsiz turli usullar bilan yasash mumkin. Quyida shu usullarga to’xtalamiz.



    Aylanaga ichki muntazam 3, 6 va 12 burchaklar yasash 2.12-shaklda ko’rsatilgan.

    Aylanaga ichki muntazam uchburchak yasash uchun berilgan aylananing ixtiyoriy 4 nuqtasidan aylana radiusi R ga teng yoy chiziladi (2.12-shakl, a).

    Uning aylana bilan kesishgan 2, 3 nuqtalari aniqlanadi. 2 va 3 nuqtalarni markaz qilib R1=23 radiusli yoylar chiziladi. Bu yoylar 1 nuqtada kesishadi. 1,2, va 3 nuqtalar to’g`ri chiziqlar yordamida tutashtirilsa, aylanaga ichki chizilgan 1 2 3 muntazam uchburchak hosil bo’ladi.

    Aylanaga ichki muntazam olti burchak yasash uchun aylananing o’zaro perpendikulyar AB va 14 diametrlari o’tkaziladi (2.12-shakl, b). Aylananing ixtiyoriy, masalan 4 va 1 nuqtalarini markaz qilib aylana radiusi R ga teng yoylar chiziladi. Bu yoylar aylanani 2, 6 va 3, 5 nuqtalarda kesadi. Topilgan 1, 2, 3, 4, 5, 6, 1 nuqtalar o’zaro ketma-ket tutashtirilsa, aylanaga ichki chizilgan muntazam olti burchak hosil bo’ladi.

    Aylanaga ichki muntazam o’n ikki burchak yasash uchun avval aylananing ikkita o’zaro perpendikulyar diametrlar o’tkazamiz (2.12-shakl, c). O’tkazilgan diametrlar berilgan aylanani 4 va 10 hamda 1 va 7 nuqtalarda kesadi. Bu topilgan nuqtalarni markaz qilib, berilgan aylana radiusi R ga teng yoylar chizsak, aylana teng o’n ikki bo’lakka bo’linadi. Topilgan nuqtalar o’zaro tutashtirilib chiqilsa, muntazam ichki chizilgan o’n ikki burchak hosil bo’ladi.



    Download 2.75 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   55




    Download 2.75 Mb.