Buxoro davlat universiteti




Download 0.51 Mb.
bet6/14
Sana22.11.2020
Hajmi0.51 Mb.
#12654
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14

shartini bajaradigan hollarda fazaviy traektoriyalar bo’lishi mumkin.

Bu (2) ga asoslanib, N. Bor 1913 yilda kvant nazariyasini vodorod spektrini hisoblashga tadbiq etib, birinchi marta spektral nurlanish qonunlarini nazariy asoslarini ishlab chiqdi. N. Bor nazariyasi bo’yicha olingan natijalar Bal’mer, Ridberg va Ritts kuzatgan spektr chiziqlarini to’g’ri ifodaladi.

Rentgen nurlari, radioaktivlik hodisasini kashfiyoti va elektronning ochilishi (1895-1897) atom fizikasi davrini boshlab berdi. 1815 yilda Uil’yam Praut (1785-1850) hamma atomlar vodorod atomidan tuzilgan, degan gipotezani bergan edi. Demak, atom murakkab tuzilgan degan g’oya paydo bo’ldi. Bu g’oya 1869 yilda D.I. Mendeleevning elementlarning davriy sistemasini tuzganidan keyin yana rivojlatirildi va keyinchalik tasdiqlandi. D.I. Mendeleev avvaldan bashorat qilgan № 31 nomerli Galliy, № 21 li Skandiy, № 32 li Germaniy elementlari ochildi.

Atomlarning ichki tuzilishi va D.I. Mendeleev elementlar davriy jadvali mohiyatiga fizikaviy talqin berildi. Bu haqida D.I. Mendeleevning o’zi atomlar kimyoda bo’linmas zarracha deb uqtirgan edi. Fizik olimlar nurlanish hodisalarini o’rganib, ul’trabinafsha va infraqizil oralig’idan yana quyidagi nurlarni ro’yxatga qo’shdilar:

  1. Katod nurlari ( Kruks, 1879, Gittorf, 1889)

  2. Kanalli nurlar (Gol’dshteyn, 1886)

  3. Rentgen nurlari (Rentgen, 1895)

  4. Radioaktiv nurlar (Bekkerel’, 1896).

Katod nurlari elektrondan iboratligi, kanalli nurlar musbat zaryadlangan zarrachalar ekanligi aniqlandi va bu nurlar uchun solishtirma zaryadlar aniqlandi. A. Zommerfel’d rentgen nurlarini impul’sini eni sm ekanligini aniqladi va rentgen nurlari to’lqin ekanligi aniq bo’ldi. Rentgen nurlari bilan tajriba o’tkazib 1920 yilda Plank doimiysi H ni aniqlandi. Kyuri radioaktivlik atamasini kiritdi, bu hodisa Bekkerl’ tomonidan ochilgan. Rezerford 1900 yilda va nurlarini, P. Villard nurlarini ochdilar, radioaktiv emirilish qonuni ochildi, radioaktivlik hodisasidan yangi elementlar: poloniy, radiy va aktiniy (M. Kyuri va uning eri P. Kyuri 1898-1899 yillarda) elementlari topildi. Atomlarning ichki energiyalari bo’lganligidan , , emirilishlarda issiqlik ajraladi deb Rezerford va Soddi tushuntirdilar. Izotop tushunchasi kiritildi. Kruks 1903 yilda spektroskopni, Geyger 1910 yilda Geyger hisoblagichini (schyotchigini) ixtiro qildi. Bu vaqtda-Rezerford 1906 yilda zarrachalar moddadan keskin sochilishini kashf qilgan edi. Geyger har 8000 ta zarracha platinadan o’tganida faqat bittasi 90°dan ko’proq burchak bilan qaytganini aniqladi.


Download 0.51 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Download 0.51 Mb.