• elektron va proton kuchli lazer nuri ta`sirida vodorod atomi hosil qilishi kashf etildi va ularning atom optikasi va atom lazerlari yaratish yo’lida qo’llash mumkinligi qayd etildi.
  • Boze-gazi kondensati hosil qilindi. 1996 – 1999 yy.
  • 2001 y. – kanadalik olimlar Quyoshdan chiqqan neytrino Er planetasiga etib kelguncha ostsillyatsiya xodisasi ta`sirida tau- va myuon-neytrino
  • 2004 y. – r us fiziklari Andrey Geym va Konstantin Novoselovlar tomonidan uglerodning yangi allotropik holati
  • 2005 y. - Evropa kosmik agentligining astronomik zondi «Mars eks-press» Mars planetasi sirtida katta miqdorda muzlagan suv
  • 2006-2010 yy. – kvant teleportatsiya
  • 2012 y. – Katta adron kollayderida shotlandiyalik fizik Piter Xiggs 1960-yillarda borligini bashorat qilgan zarracha - bozon
  • – AKSH ning Brukxeyven milliy laboratoriyasida fizik olimlar xarorati 4 trillion °S ( quyosh markazidagi haroratda 250 ming marta yuqori ) bo’lgan kvark-glyuon plazmasini hosil qildilar!
  • Foydalanilgan adabiyotlar
  • Internet manbalari
  • y. - Dubna yadro tadqiqot institutida akademik YU.TS. Oganesyan ilmiy guruhi va Darmshtad yadro ilmiy-tadqiqot markazida G. Myuntsenberg va xodimlari 108-nchi kimyoviy elementni sintez qildilar




    Download 0.51 Mb.
    bet14/14
    Sana22.11.2020
    Hajmi0.51 Mb.
    #12654
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14

    1984 y. - Dubna yadro tadqiqot institutida akademik YU.TS. Oganesyan ilmiy guruhi va Darmshtad yadro ilmiy-tadqiqot markazida G. Myuntsenberg va xodimlari 108-nchi kimyoviy elementni sintez qildilar.

    1987 y. - Darmshtad yadro ilmiy-tadqiqot markazida 109-nchi kimyoviy element sintez qilindi.

    1991 y. - elektron va proton kuchli lazer nuri ta`sirida vodorod atomi hosil qilishi kashf etildi va ularning atom optikasi va atom lazerlari yaratish yo’lida qo’llash mumkinligi qayd etildi.

    1995 y. – Kuchli lazer qurilmalari va « magnit halqa - «qopqon» lari vositasida yangi turdagi modda – ideal holatdagi Boze-gazi kondensati hosil qilindi.


    1996 – 1999 yy. Evropa yadro tadqiqotlari markazida protoniy (proton va antiprotondan tarkib topgan atom) sintez qilindi va asosiy fiizik ko’rsatkichlari o’rganildi.

    1990-2000 yy.- Rossiya, Evropa va AKSH olimlari yadro reaktsiyalari vositasida D.I.Mendeleev davriy jadvalining 110, 111, 112, 114 va 116 – raqamli kimyoviy elementlarini sintez qildilar.



    2.3. 2001 – 2015 yillarda fizika sohasidagi

    eng yangi kashfiyotlar

    XXI asr fizikasining o’ziga xos xususiyati shundaki, texnik jihatdan yuqori darajada ko’rsatkichlarga ega bo’lgan tadqiqot jihozlari: elektron «tunnel»mikroskoplar, koinotda joylashtirilgan kuchli teleskoplar va Er yuzida joylashgan radioastronomik majmualar yaratilishi mikroolam va astrofizika sohasida avvalda tasavvur etish qiyin bo’lgan ilmiy yangilik-lar va kashfiyotlarga olib keldi.

    2001 y. – kanadalik olimlar Quyoshdan chiqqan neytrino Er planetasiga etib kelguncha ostsillyatsiya xodisasi ta`sirida tau- va myuon-neytrino ga aylanishini taklif etishdi.

    2002 y. – Frantsuz olimlari geliy atomlarini superkondensat ( Boze-Eynshteyn kondensati) holatiga o’tkazishdi.


    2003 y. - Quyoshdan 68,05 astronomik birlik uzoqda joylashgan erida planetasi surati olindi. Uning diametri 2700-3300 km bo’lib, Quyosh atro-fida to’liq aylanish davri 561 yilni tashkil etadi. Uni o’rganish Quyosh sistemasi va Pluton planetasi haqidai tasavvurlarni aniqlashtirdi.

    2004 y. – rus fiziklari  Andrey Geym va  Konstantin Novoselovlar tomonidan uglerodning yangi allotropik holati – grafen olindi va fizik xossalari o’rganildi ( ushbu kashfiyot uchun ular 2010 yilda Nobel muko foti bilan taqdirlandilar). Grafen avval uchratilmagan elektrofizik xossalarga ega bo’lgan eng mustahkam materiallardan biri , o’ta yupqa –nozik tranzistorlar olishda va superkomp’yuterlarda qo’llaniladi.


    2005 y. -  Evropa kosmik agentligining astronomik zondi «Mars eks-press» Mars planetasi sirtida katta miqdorda muzlagan suv borligini ko’rsatdi va «Marsda Hayot bormi? » degan munozarani kuchaytirdi.

    2006-2010 yy. – kvant teleportatsiya hodisasi kuzatildi va undan amaliy maqsadlarda (kvant komp’yuterlari yaratishda va katta hajmdagi axborotni saqlash va uzatishlarda) qo’llash imkoniyatlarini o’rganish boshlandi.

    2001-2008 yy. – o’ta og’ir zarrachalar (protonlar va qo’rg’oshin ionlarini) uzunligi 26, 7 km tonnelda qarama-qarshi yo’nalishlarda yorug’lik tezligi darajasida to’qnashishini ta`minlash va to’qnashish natijasida hosil bo’lgan mahsulotlarni o’rganishga mo’ljallangan eng yirik eksperimental qurilma yaratildi. Uni yaratishda 100 dan oshiq mamlakatdan kelgan 10 mingdan oshiq olimlar va injenerlar qatnashdilar.

    2012 y. – Katta adron kollayderida shotlandiyalik fizik Piter Xiggs 1960-yillarda borligini bashorat qilgan zarracha - bozon hosil bo’lishi kuzatildi ( ushbu ilmiy natija uchun 2013 yilda P. Xiggs va F. engler, Nobel mukofotiga sazovor bo’ldilar).

    2012 y. – AKSH ning Brukxeyven milliy laboratoriyasida fizik olimlar xarorati 4 trillion °S ( quyosh markazidagi haroratda 250 ming marta yuqori ) bo’lgan kvark-glyuon plazmasini hosil qildilar!


    2.4. O’zbekistonda fizik ta`limotlar va fizik tadqiqotlarning shakllanishi, fizik markazlar va ularning rivojlanishi.

    1929-1930 yillarda Ukraina fizika-texnika instituti, 1931 yilda “Ural fizika texnika instituti”, “Sibir fizika-texnika instituti”, Gor’kiy fizika-texnika institutlari, keyinchalik SSSR tarkibidagi respublikalarda, shu jumladan O’zbekistonda ham davlat universitetlari 1920 yilda Samarkand davlat universiteti SamDU va Toshkent davlat universiteti ToshDU tashkil etildi. Keyinroq viloyatlarda ham pedagogik institutlar, ilmiy tekshirish institutlari tashkil etildi. Umuman ilm-fanni tashviqot qilish, milliy kadrlar tayyorlash va yangi ilmiy tekshirish ishlarini yo’lga qo’yish uchun:

    1. Maktablarda o’quv ta`limini olib borish uchun O’zbekiston ta`lim va maorif ishlar vazirligi,

    2. Oliy va maxsus o’rta ta`lim vazirligi,

    3. O’zbekiston fanlar akademiyasi tashkil etildi.

    Hozir respublikada 70 dan ortikroq oliy o’quv yurtlari mavjud bo’lib, har bir oliy o’quv yurtida fizika fakul’tetlari tashkil etilgan. Bu fizika fakul’tetlariga 3000 ga yaqin fan nomzodlari va fan doktorlari (50 ga yaqin)ilmiy tadqiqot va ilmiy pedagogik ishlarini olib bormoqdalar.

    Ilmiy tadqiqot ishlarini boshqarish uchun O’zbekiston fanlar akademiyasi (O’zRFA) tashkil etilgan. Bu akademiya qoshida Astronomiya instituti, fizika-texnika instituti, issiqlik fizikasi, avtomatika va energetika, elektronika, kibernetika, yadro fizikasi va mexanika ilmiy tadqiqot institutlari tashkil etilgan. Bu ilmiy tadqiqot institutlariga fizikaning turli sohalari bo’yicha mexanikadan yadro fizikasigacha va kibernetik mashinalari muammolari bo’yicha ilmiy ishlar olib boriladi.

    YAdro instutida hozir har xil izotoplar tayyorlash va ularni xalq xo’jaligida ishlatish yo’nalishida, o’ta past temperaturalarda moddalarning fizikaviy xususiyatlarini aniqlash va tezlatgichlardan foydalanib katta energiyali zarrachalar hosil qilib elementlar izotoplarini hosil qilish ishlari olib borilmoqda.



    Quyoshni nurlanish energiyasidan foydalanish yo’nalishida Fizika-texnika institutida Quyosh pechi yordamida yuqori temperaturaga chidaydigan moddalarni fizikaviy va kimyoviy xususiyatlarini o’rganish bo’yicha ilmiy ishlar olib borilmoqda. Bunday Quyosh pechi hozir ikki mamlakatda Frantsiya va O’zbekistonda qurilgan. Quyosh pechining asosiy qismini paraboloid shaklidagi kontsentratorlarning fokal tekisligiga joylashgan joy tashkil etadi. Bu joyda tekshiriladigan narsa joylashtirilganida 3000°S gacha temperatura ko’tariladi. Quyosh uylari, Quyosh issiqxonalari va Quyosh nuridan foydalanib ishlaydigan qurilmalar bilan, Quyosh energiyasini elektr energiyasiga aylantirish, Quyosh nuri ta`sirida qishloq xo’jalik mahsulotlari sifatini va unumdorligini oshirish va boshqa shunga yaqin yo’nalishlarda ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda.

    Qattiq jism fizikasi, yarim o’tkazgichlar fizikasi, optoelektronika yo’nalishlari bo’yicha olim e.I. Adirovich ishlab lyuminestsent kristallarda zonalar nazariyasi, qattiq jismlarda nurlanishsiz elektron o’tishlar, “sovuq portlanish” hodisasi (kashfiyotchisi) yo’nalishlarda ilmiy ishlarni olib bordi va fizika- texnika institutining bir bo’limiga rahbarlik qildi.

    YUkori energiya va kosmik nurlar fizikasi yo’nalishlari bo’yicha S.A. Azimov ilmiy ishlar olib bordi. Kosmik nurlarni yumshoq komponentasi va elektron-yadro chiziqlarini kashf qildi. Proton va pionlarni o’zaro ta`sirini va o’zaro bo­g’lanishlarini aniqlashda qatnashdi. Kosmik nurlarni energiyali yadrolar bilan o’zaro ta`sirini o’rganib, bog’lanish qonunlarini aniqladi.

    Elektronlar fizikasi, qattiq jismlar sirtining elektronikasi, yadro va radiatsion fizika va geliotexnika sohalarida muhim ilmiy ishlarni U.A. Arifov bajardi. Metallar sirtlarida nostatsionar jarayonlarni o’rganib sirtdagi ionizatsiya koeffitsientini adsorbtsiya va desorbtsiya koeffitsientlarini aniqlash usulini ishlab chiqdi. Manfiy ionlarni purkanadigan sirtdan chiqishini oshirish yo’llarini boshqarish usullarini ishlab chiqdi. Sirtni xususiyatini ma`lum yo’nalishda o’zgartirish, zaryadlangan zarrachalar bilan amalga oshirish mumkinligini ko’rsatdi. Diametri Zm bo’lgan Quyosh pechi yasadi.

    Optika va molekulyar fizika sohasida A.K. Atoxodjaev jiddiy ilmiy ishlar olib bordi. Suyuqliklar anizotropiyasini relaksatsiya vaqtini aniqlashni spektroskopik usulini ishlab chiqdi va bu usulni suyuqlik va eritmalarda molekulalarning issiqlik harakatlari uchun ishlatdi. Suyuqlik molekulalarining aylanma harakatining siljishi molekulalarning faqatgina o’lchamlariga emas, balki ularning shakliga ham bog’liq ekanligini aniqlandi. Molekulalarning translyatsion sakrashlari bilan molekulalar yo’nalishlari orasidagi munosabatni ham aniqladi.

    Fizikaviy elektronika, radiatsion fizika, qattiq jismning radiatsion fizikasi, dozimetriya sohalarida ilmiy ishlar. S.V. Starodubtsev rahbarligida olib borildi. Adsorbtsion hodisalarda ikkilamchi elektron va ion emissiyalari hodisalarini o’rganishda ishlatadigan modullashtirish va ikkilamchi modullashtirish usulini ishlab chiqdi. Uning rahbarligida O’zbekistonda birinchi marta neytron generatori loyihasi ishlab chiqildi, ishga tushirildi va tekshirildi. YAdrolarning elektr maydoni ta`sirida gamma nurlarni rezonansli sochilishini aniqladi. YAdrolarda elektromagnit o’tishlar ehtimoliyatini son qiymatlarini (katta aniqlik bilan) jadvalini tuzdi. Katta qutblanish darajasiga ega bo’lgan qutblangan neytronlarni hosil qildi. Radiatsion o’zgarishlarni aniqlash usulini ishlab chiqdi. YAdro va radiatsion fizikasi yo’nalishida ishlaydigan maktabni tashkil qildi.

    Atom fizikasi va quyoshni nurlanish energiyasidan xalq xo’jaligida foydalanish sohasida G.E. Umarov katta ilmiy ishlar olib bordi. Uning rahbarligida quyosh kontsentratorlari, Quyosh pechi, past temperaturali kuesh kurilmalari (Quyosh batareyalari, chuchitgichlari, akkumlyatorlari, issiqxonalari, sovitgichlari, dvigatellari va boshqalar) sohalari bo’yicha ilmiy maktab tashkil qilindi. Bu taklif etilgan loyixalarning ayrimlari hozir ishlanmokda. Qishloq xo’jalik o’simliklarining urug’­iga har xil quyosh nurlari ta`sir ettirilganda ulardagi fizikaviy xislatlarning o’zgarishi va bu o’zgarishni o’simliklar rivojlanishiga ta`siri yo’nalishida katta masshtabli tajribalar o’tkazildi va tegishli xulosalar chiqarildi.

    Qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash yangi texnologiyasini, paxtani va boshqa texnik mahsulotlarni qayta ishlashni yangi texnologiyasini ishlab chiqishni fizikaviy tomonini ilmiy asoslanishi eng dolzarb masaladir. SHu sohada ham katta fizik olimlar respublikadagi qishloq xo’jalik institutlariga muayyan reja asosida ilmiy ishlar olib bormoqdalar.

    Fiziklar oldida o’simliklardan dori-darmonlar tayyorlaganda bu o’simliklarni fizik xislatlarini o’rganish ham xayotiy talabdir. Bu sohada fiziklar, kimyogarlar va biofiziklar hamkorligi zarur. SHuning uchun barcha ilmiy ishlar bitta markazda emas, balki har joyda, viloyatlarda tumanlarda lokal ilmiy markazlar tashkil qilish davr taqozosidir.

    Fizika rivojlanishining tarixidan ma`lumki katta kashfiyotlarni paydo bo’lish ehtimoliyati, qishloq joyidan yoki markazdan uzoq bo’lgan kishilarda kattaroq bo’ladi. Ana shuning uchun respublikaning ayrim mintaqalarida Farg’ona, Samarqand, Buxoroda mintaqaviy ilmiy markazlar, Urganchda Ma`mun akademiyasi tashkil etilgan. Bu mintakaviy markazlarni akademiyalar deb atadilar.

    Mintakaviy markazlar o’sha joylarda xalq xo’jaligi uchun zarur bo’lgan muammolarni (fizikaviy muammolarni) ilm fan rivojlanishini o’sha joydagi fizik olimlar bilan echadilar. Bunda ilmiy xodimlar tayyorlash masalasi ham nazarda tutiladi, albatta. Hozir fizikaning yarqirab rivojlanayotgan davrida, kashfiyotlarning ko’payib ketishi va ularning ijobiy va salbiy tomonlarining xam avj olib borayotgan davrida tabiatshunoslar oldida muammolar ham avj olib bormoqda.

    Mintaqaviy akademiyalardagi fiziklar: 1) o’sha mintaqadagi sog’lom ekologik muhitni saqlashni fizikaviy asoslarini; 2) mintaqadagi qishloq xo’jaligida ishlab chiqariladigan mahsulotlarni qayta ishlash texnologiyasini fizik asoslarini; 3) mineral boyliklarni (Er osti boyliklarini) ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyasini fizikaviy samarali usullarini; 4) energiyani sarflashni kamaytirishni samarali usullarini; 5) Quyosh, suv, shamol energiyalaridan foydalanishga imkon beradigan samarali qurilmalarni ishlab chiqish; 6) neft va gazdan samarali foydalanishni fizikaviy asoslarini; 7) mintaqa uchun zarur bo’lgan barcha fizikaviy muammolarni hal etishning samarali usullarini echishlari darkor, fizika rivojlanishining tarixi shuni taqozo qiladi.

    O’zbekistonda 10 va 15 asrlarda fizika gullagan bulsa, afsuski 16 asrdan boshlab to 20 asr boshigacha mamlakatda fizikadan bajarilgan bironta jiddiy ilmiy ishni ko’rsatish, afsuski juda qiyin, aniqrog’i yo’q darajada. Agar mamlakatda fizika rivojlanishiga qancha ko’proq e`tibor berilsa, rivojlanish butun mamlakat miqyosida katta bo’ladi va buning oqibatida xalqning iqtisodiy holati yaxshilanadi va shubhasiz xalq farovon yashaydi.

    Ilmga e`tibor, xalqqa e`tibordir, xalqqa e`tibor berilsa xalq xurmatiga sazovorligini fizikani rivojlanish tarixi yaqqol ko’rsatdi. Ma`lumki tabiat va jamiyat rivojlanishining eng umumiy qonuniyatlari falsafada o’rganiladi, bunda tabiat va jamiyatdagi hodisa va voqealar, ular orasidagi bog’lanishlar aniqlanadi. Ana shu tabiat va jamiyatga, jamiyatdagi voqealar va insonlarga alohida odamning munosabati o’sha insonni ma`naviyatini tashkil qiladi. Din ham ma`naviyatning bir qismini tashkil qiladi.

    Din biron maqsadga qaratilgan falsafa bo’lib, jamiyatdagi insonlarga tabiat va jamiyatdagi hodisa va voqealarni, ular orasidagi munosabatlar ma`lum kuchlarga bo’ysunadi va bu kuch Allohdir deb o’rgatadi. Dinni maqsadi insonni tabiat va jamiyat bilan munosabatini muvozanatlashtirish, ya`ni uygunlashtirish uchun diniy g’oyalarga asoslanadi. Bu g’oyalardan masalan, Islom dini yoki Islom mafkurasi tabiat va jamiyatni sog’lomlashtirishga yo’naltirilgan falsafa bo’lib, bunda shunday shiorlar : Alloh uchun hamma insonlar bir xil maqomga ega, teng xuquqga ega bo’lgan quldirlar; “O’qish muslim va muslima uchun farzdir”, “Beshikdan to qabrgacha ilm ol” eki “Dil ba yoru, dast ba kor”... mavjud. Bu shiorlar orqali insoniyatni ma`naviyati boyitiladi, ularni mehnat qilish zarur ekanligiga halollikka, ilm olishga va boshqa go’zal insoniy fazilatlarga erishishga da`vat qiladi. insonni ilmini oshishi, takomillashishi, komil inson bo’lishi uning ma`naviyatini kengaytiradi, dinini mustaxkamlaydi - imoni baquvvat bo’ladi, natijada bu inson kamolga etadi, falsafiy qarashlari o’zgaradi. Demak, falsafa, din va ilm o’zaro bog’langan bo’lib bularning birontasining o’zgarishi qolganlariga ta`sir qiladi, bu masalaning

    bir tomonidir. Masalaning ikkinchi tomoni shundan iboratki mukammal ilmli kishining mehnati unumli bo’ladi, ilmli jamiyatda mehnat unumdorligi oshgan bo’ladi, shu jamiyatda madaniyatlilik darajasi kutariladi, xalq farovon yashaydi. Masalan, AQSH va YAponiya butun dunyo ishlab chiqaradigan mahsulotni taxminan 40 % ni etishtiradi, xolbuki dunyoda 6 millardga yaqin odam boru bu ikki mamlakatda hammasi bo’lib 400 million kishi yashaydi, bu ikki mamlakat odamlari jami odamlarning 6 % ni tashkil etadiyu 40 % mahsulotni ishlab chiqaradi! SHu ikki mamlakat xalqlari iqtisodiy tomondan eng yaxshi ta`minlangan, ya`ni bu xalqlar eng farovon, obod va ozod yashaydi. Xolbuki YAponiya, Germaniya, Italiya mamlakatlari ikkinchi jaxon urushida mag’lub bo’lgan mamlakatlar edi, misli ko’rilmagan katta talofotlar ko’rgan edilar, qarangki, Germaniya ham, Italiya ham ilm fanga e`tiborni kuchaytirganlari uchun hozir eng taraqqiy etgan mamlakatlar qatoriga kiradi. Xush, ilm fanga e`tibor berish deganda nimani tushunmoq kerak? - degan savol tug’iladi. Ilmga e`tibor deganda eng avval shu ilm fan bilan shug’ullanuvchi odamlarni moddiy tomondan to’liq ta`minlanishi tushuniladi. Haqiqatan, AQSHlarida ikkinchi jahon urushidai keyin har yili 400 mingga yaqin yuqori ilmli kishilar (ko’pchiligi fizikadan) Evropa va boshqa mamlakatlaridan so’rab olingan, Germaniya ham hozir 10 mingga yaqin yuqori malakali mutaxasislarni o’ziga taklif qilib ishga olmoqda. Natijada bu mamlakatlarda mehnat unumdorligi yanada oshadi, bu mamlakatlarning yana ham iqtisodi baquvvat bo’ladi. Iqtisodi baquvvat bo’lgan mamlakatgina ozod mamlakat, iqtisodi baquvvat bo’lgan insongina ozod inson bo’la oladi.

    Bu mamlakatlar hozirgi zamon yutuqlaridan foydalanib xom ashyoni tayyor mahsulot darajasiga etkazgandan keyingina eksport qiladi. Ta`kidlaymizki, eksport qiluvchi mamlakat yutadi degan gan hamma vaqt to’g’ri emas. O’zbekistonda paxtani yoki mol terisini yoki oltinni eksport qiluvchilar aqlli ish qilmaydilar, shu mahsulotlardan tayyor bo’lgan matolar, charmli kiyimlar yoki zargarlik buyumlarni eksport qilganlarida mamlakatga ko’proq foyda keltiradilar. SHuning uchun, ya`ni tayyor buyumlarni eksport qilish uchun yangi texnologik jarayonlardan foydalanish, ya`ni ilmni (fizikani) rivojlantirish zarurligini tushunmoq zarur.

    Fizika fani falsafa bilan deyarli bir xil vaqtda paydo bo’lgan bo’lsada bu fan silliq rivojlanmadi. Uning rivojlanishi bosqichma-bosqich yoki boshqacha qilib aytilganida, uzuq-uzuq bo’ldi. Agar rivojlanish bosqichlarini ordinata, vaqtni asrlar birligida abtsissa o’qida quysak, rivojlanish grafigini 1 rasmda tasvirlanganidek ko’rishimiz mumkin. Rasmdan kurinadiki fizikani rivojlanish dinamikasi antik davrdan oldin juda xam kam, nolinchi boskich deb kabul kilinsa, keyingi boskchlar sakrab-uzgargan, vaqt utishi bilan uzgargan. Bunda O O chizigi eradan oldingi 5 asrgacha bo’lgan ilmni rivojlanish darajasi deb kabul kilingan, 1-chizigi bu ellinlar davrida fizika rivojlanishi, 2- Bagdod, Ma`mun akademiyalari, Buxorodo ilm fanni rivojlanishi, 3- Ulugbek akademiyasi davrida geliotsentrik nazariya davrida rivojlanishi, 4,5- chiziglari XVII-XIX davrda mumtoz fizikani rivojlanishi, 6,7,8- chizigi xozirgi zamon fizikasini rivojlanishi tasvirlangan.

    Ta`kidlaymizki, ilmni bunday boskichli o’zgarishi boshqa tabiiy fanlarga xam xosdir. Fizika rivojlanishida uning ijobiy tayasiri bilan birga “salbiy” ta`siri xam bo’ldi. Atom bombasi yasalgandan sung uni Nagasaki va Xirosima shaxarlariga tashlaganlarida 300 ming kishi uldi va taxminan bundan 2-3 marta kup kishilar radiatsiyadan zaxarlandi. CHernobilda atom reaktorini portlashi natijasida (bunda portlash kuvvati Nagasaki va Xirosimaga tashlangan bombalardan unlab marta kuprok) kancha kishi uldi va talofot kurdi.

    Energiyani kup Er yuzida iste`mol kilinganligidan Er atmosferasining temperaturasi kutarilmokda, chunki enilgi enganida is gazining (S02) atmosferadagi mikdori oshadi, natijada infrakizil nurlari atmosferada kupayadi va atmosferadan issiklik nurlari chika olmaydi, atmosferani temperaturasi oshadi. Temperaturani Er atmosferasida oshishi Er sirtidagi muzlarni kuprok eritadi va Er sirtidagi suv satxi kutariladi.

    Sovutgichlarni Freon bilan ishlashini ta`minlash natijasida Er atmosferasiga freon mikdorn oshadi. Bu osh freon ionosferadagi ozon (03) molekulalarini parchalar ekan 0^*ionosferada bo’lganida u ul’trabinafsha nurlarni saklaydi°N parchalanganida esa bu nurlarni atmosferadan utishiga yul ochiladiva ul’trabinafsha nurlar Er sirtiga normadan kup tushnb biologik organizmlarga salbiy ta`sir qiladi. Albatta, mana shunday salbiy

    okibatlarni kelib chikishiga fizikani ta`siri bor, lekin bunga fiziklarni aybi yuk. Ayb fan yutuklaridan foydalanishni rejalashtiradigan davlat raxbarlari va siesatchilargadir.

    Fan rivojlanishi tabiiy jaraendir, rivojlanishni tuxtatib bulmaydi, lekin bu jaraenda erishgan natijalarni amalga oshirishda yunaltirish mumkin. Afsuski shu maksadga erishish juda kiyin bulayapti. Masalan, xozir Germaniyada atom elektr stantsiyalarini umuman yukotib(ularnts) boshqa xil xavfli bulmagan stantsiyalar kurish masalasi kuyilgan va 20-30 yildan keyin atom elektr stantsiyalarni butunlay yukotish muljallangan, lekin hamma joyda shunday emas.

    Kibernetika fanining rivojlanishi natijasida xozir sun`iy intellekt (shaxs) yasash rejalashtirilmokda, “genetika” fanining rivojlanishi kursatyaptiki naeldagi DNK larni joylanish kodlari ochilayapti, natijada jonli organizmlardagi ba`zi nuksonlarni tuzatish, xatto yukotish mumkin. Bu yaxshi, ezgu niyatdir, lekin shu ishni asosiy mexanizmini bilmasdan, ya`ni fizikaviy moxiyatiga etmasdan ulardagi DNK lar konfiguratsiyasini uzgartirib bu ishlarni qilish kanchalik xavfli bo’ladi?

    Balki kibernetika va genetika yutuklaridan foydalanib sun`iy shaxe hosil kilinadi xam, lekin bu shaxe insonga foyda keltiradigan shaxe bo’ladimi eki Fantomasga uxshagan badkirdor bo’ladimi?

    Gap shundaki, jonli organizmlarni rivojlanishida asosan fizikaviy jaraenlar (balki kimeviy jaraenlar xam) sodir bo’ladi, lekin ana shu fizikaviy jaraenlarni fizikaviy va matematikaviy jaraenlarning modeli tuzilmagan, boshqacha aytilganida, fizikaviy moxiyati aniq bulmaganligi uchun bu ishga aralashish. xavfli emasmi? - degan savol tugiladi. Falsafadagi inkorni-inkor etish qonuni bu erda uzini namoen kilmaydimi?, deb kolasan kishi.

    Olimlarning fikricha 100 yildan keyin balki kupi bilan 150- 200 yildan keyin neft va gaz tamom bo’ladi. Er ka`rida joylashgan neft va gazning vazifasi Erning muvozanatini sayutashda nimadan iborat? shu savolga javob bermasdan xozir biz bu neft va gazni vaxshiena yoqayapmiz, xolbuki bular juda qimmatli sanoat xom ashelariku!?, bularni kayta ishlangandan keyin kancha ajoyib dori- darmonlar, ozik-ovkat, sun`iy tolalar olayapmizku!?, nega ekayapmiz degan savol tugiladi.

    Foydalanilgan adabiyotlar

    1. V. Vayskopf Fizika v dvadtsatom stoletii. – Moskva: Atomizdat. – 1977. – 270.

    2. Dorfman YA.G. Vsemirnaya istoriya fiziki
      Download 0.51 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




    Download 0.51 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    y. - Dubna yadro tadqiqot institutida akademik YU.TS. Oganesyan ilmiy guruhi va Darmshtad yadro ilmiy-tadqiqot markazida G. Myuntsenberg va xodimlari 108-nchi kimyoviy elementni sintez qildilar

    Download 0.51 Mb.