Buxoro davlat universiteti




Download 0,51 Mb.
bet12/14
Sana22.11.2020
Hajmi0,51 Mb.
#12654
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14

1932 yilda D. Ivanenko va V. Geyzenberg proton elektron modelidan voz kechib yadroga elektron yo’q, neytron- proton va elektronga aylanishi natijasida elektron ajralib chiqadi ().Fermi bunda energiya va spinni saqlanish qonunlari aniq bajariladi, deb ko’rsatdi. Fermi bu jarayonda kvant mexaniqasini ishlatib emirilish nazariyasini ishlab chiqdi.

YAdro nazariyasini asosiy vazifasi yadro kuchlarini tabiatini aniqlash edi. Bu sohada D. Ivanenko, I. Tamm yadro kuchlarini yadrodagi nuklonlarni bir biriga almashtirilishi natijasi deb talqin qilish mumkin degan g’oyani berdilar. YAponiyalik fizik YUksva 1935 yil nuklonlarni o’zaro ta`sirlarini elektron va protonlar massalari orasida bo’lgan yangi zarrachalar - mezonlar orqali bo’lishi kerak, degan gipotezani berdi. Anderson va Neyermer kosmik nurlar tarkibida haqiqatan mezonlar borligini topdilar, lekin bu zarrachalar yadrolar bilan ta`sir qilmaganligi uchun yadro kuchlarining tabiati yana ochiq edi.

1937 yilda Mayorana yadro kuchlarini to’yinish holiga kelishini, 1935 yil Veytszekker yadrolarni bog’lanish energiyasini formulasini, 1936 yilda YA.I. Frenkel va N. Bor yadroni tomchi modeli nazariyasini ishlab chiqdilar. Bu g’oyalar aniq o’lchashlarni talab etar edi. F. Aston mukammallashgan mass spektrografni ishlab chiqdi. Natijada vodorod, uran izotoplari deyteriy va uran- 235 aniqlandi.

Rezerford oldingidan taxminan 10 marta ko’proq energiyali zarrachalarni tezlatgichlarda hosil qilish lozimligini, ya`ni 60-70 MeV energiyali zarrachalar bilan atomlarni bombardimon qilish zarurligini ta`kidlar edi. Greynaxer, Kokroft, Uoltonom, Van-de- Graaf, Lourens, edel’fsen va boshqalar 1930-1933 yillarda chiziqli va aylanuvchan tsiklotronlar yasab 17 MeVgacha energiyaga ega bo’lgan a zarracha hosil qilishga erishdilar. 1939 yilda Lourens tsiklotron yasab 40 MeV energiyaga ega bo’lgan zarrachani hosil qildi.

Eru xotin Iren va Fredrik Jolio-Kyurilar zarrachalar bilan alyuminiy fol’gasini bombardimon qilganlarida neytron va pozitron ajralib chiqishini aniqladilar. Bu hodisada hosil bo’lgan proton parchalanib neytron va pozitronga reaktsiya natijasida ajraldi, deb aytish mumkin edi. Lekin 1919 yilda Kyurilar poloniy uzoqlashtirilgandan keyin (bu zarrachalar manbai edi) neytronlar hosil bo’lishi to’xtadi, lekin poeitronlar ajralishi radioaktivlik emirilish qonuniga muvofiq kamaydi. Bundan alyuminiy bilan bombardimon qilish natijasida pozitronli aktivlik bilan sun`iy radioaktivlik natijasida fosfor izotopi hosil bo’ldi, deb ajoyib xulosa chiqardilar. Reaktsiya quyidagi



sxema buyicha borgan va fosfor quyidagi sxemaga asosan parchalangan



deb Kyurilar kursatdilar va boshqa , izotoplarini hosil qildilar. Ana shunday qilib sun`iy radioaktivlik hodisasi ochildi.

1934 yilda enriko Fermi bir necha bosqichli tajribalar o’tkazib atom energiyasini ochdi. U uzunligi 1,5 sm bo’lgan ampulani neytronlar manbai sifatida ishlatdi. Ampula Berilliy zarrachalari bilan to’ldirilgan edi. Ampulaga ma`lum miqdorda radiy emanatsiyasini (neytronlar manbaini) kiritdi, ma`lum vaqt o’tgandan keyin neytronlar yo’liga alyuminiy, temir yoki boshqa biron plastinka quyilganida, sun`iy radioaktivlik hosil bo’ladi. Bu tajribalarda nurlanuvchi va zarralar manbai orasida parafin joylashtirilganida radioaktivlik keskin tezlashishini sezib, Fermi bu sekin neytronlarni ko’payishi natijasida bo’ladigan effekt deb tushuntirdi. Sekin neytronlar bilan tajribalar qilib I. Kyuri, Meytner, Gan, SHtrasman yadrolarni parchalanishini aniqladilar. 1934 yilda uran yadrosining parchalanib taxminan ikki bo’lak radiy va radonga bo’linishi aniq bo’ldi. Uran yadrosining bo’linishini F.J. Kyuri Vil’son kamerasida o’tkazilgan tajribalarida isbotladi. G. Flerov va K.A. Petrjak uranning spontan (o’z-o’zidan) parchalanish hodisasini ochdilar. YA.I. Frenkel,N.Bor va Uiller bu bo’linish hodisasini nazariyasini ishlab chiqdilar. J. Kyuri zanjiriy reaktsiya bitta neytron urilishi natijasida uchta neytron, bu neytronning har bittasi uchtadan neytron chiqaradi va bu neytronlar soni geometrik progressiyadek oshadi, bu reaktsiya portlashdek bo’ladi, lekin bu portlash jarayonini boshqarish mumkin deb ko’rsatdilar. Portlash jarayonida ajralib chiqqan energiyani har xil maqsadda: ko’poruvchilik va tinchlik maqsadlarida ishlatish mumkinligini ko’rsatb berdilar.

Ikkinchi jaxon urushi vaqtida va undan keyingi davrda AQSH da butun dunyoning eng talantli fiziklari to’plandi, natijada buerda birinchi atom bombasi yaratildi. 2 dekabr’ 1942 yilda CHikago shahrida e. Fermi rahbarligida oldin quvvati 0,5 Vt, keyin 12 dekabrda 200 Vt quvvatli yadro reaktori ishga tushirildi. Los-Alamosda Robert Opengeymer rahbarligidagi harbiy laboratoriyada 1945 yil 16 iyulda birinchi atom bombasini portlantirish va 6 avgustda Xirosima va Nagasaki shaharlarida birinchi marta atom bombasini amalda ko’poruvchilik maqsadida ishlatilishi sodir bo’ldi - bu YApon xalqi uchun misli ko’rilmagan musibat bo’ldi va butun dunyoda yangi vaziyat vujudga keldi. Bir tomondan bunday qudratli qurol paydo bo’lishi tafakkur g’alabasini ko’rsatsa, ikkinchi tomondan insonlar vahimaga tushdilar - bu ham tafakkur mahsulidir.

Rossiyada A. Stoletov fotoeffekt hodisasini, P. Lebedev yorug’lik bosimi, A.A. Fridman nisbiyat nazariyasini, I.E. Tamm relyativistik elektrodinamika, YA. I. Frenkel kristallik panjaralarida elektr hodisalari, P.P. Lazerov biofizika hodisalari, D. Bloxintsev atom elektrostantsiyalari sohalarida juda muhim ishlarni bajardilar va A. Andronovlar rahbarligida katta ilmiy markazlar tashkil etildi.

1934 yilda ikkita fizika institutlari, SSSR fanlar akademiyasi tashkil etildi. V. Fok, L. Landau, D. Ivanenko, I.E Tamm kabi mashhur fiziklar shu davrda kvant fizikasi sohasida ishlaydilar. Vavilov-CHerenkov effekti 1935 yilda ochildi. K.E. TSiolkovskiy o’zgaruvchan jismlar mexanikasi nazariyasini ishlab chiqdi. Bu nazariya rivojlanishi natijasida 4 oktyabr’ 1957 yilda dunyoda birinchi sun`iy yo’ldosh uchirildi va dunyoda birinchi kosmonavt YU.A. Gagarin 12 aprel’ 1961 yil Er atrofini aylanib chiqdi.

E. Teller rahbarligida AQSH davlatida termoyadro reaktsiyasi, ya`ni vodorod bombasini yasash ishi urushdan keyin boshlandi, 1952 yilda uning birinchi namunasi “Mayk” nomi bilan sinaldi. 1953 yilda SSSRda yadro zaryadi sinaldi.

Olimlar yangi elementlarni kashf etdilar, hozir bu elementlar soni 114 dan ham oshgan. elementar zarrachalar soni 1960 yillarda 30 ga yakin edi, bunday zarrachalar va anti zarrachalar soni hozir bundan ham ortiq.

Atom va yadro fizikasining rivojlanishi natijasida 1) Insoniyat tabiatni yangi sirlarini bilib oldi, tabiat chiroyini ochdi, lekin bu hodisalarni fenomologik ma`noda tushunadi hozirgacha ko’p hodisalarni fizik mohiyati aniq emas. 2) YAdro kuchlaridan foydalanilganda ko’p energiya ajratib olish va bu energiyani tinchlik maqsadida ishlatish mumkinligini isbotladi. 3) Atom va vodorod bombasi noxush hodisalarga olib kelishi mumkin bo’lganligidan bu noxush hodisalardan qutulish yo’lini qidirish muammosi tug’ildi.
1.4.
Download 0,51 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Download 0,51 Mb.