Buxoro davlat universiteti




Download 0.51 Mb.
bet8/14
Sana22.11.2020
Hajmi0.51 Mb.
#12654
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14

Doppler effektini formulasini chiqardi. SHu davrlarda (1923) amerikalik fizik A. Kompton yorug’lik kvanti elektron bilan urilganda to’lqin uzunligi

(1.2.4)

qonunga muvofik o’zgarishini aniqladi. 1924 yilda yorug’likning kvant tabiati to’liq tajribalarda tasdiqlandi.

Bor kvant fizikasiga asoslanib Mendeleevni davriy sistemasini 1921 yilda ishlab chiqdi. Zarrachalar, elektronlar holatini to’rtta kvant soni orqali ifodalash odat tusiga kirdi. Geyzenberg 1929 yilda noaniqlik printsipini ishlab chiqib fizikaga aniqlik kiritdi. To’lqin nazariyasi va korpuskulyar nazariya alohidadek bo’lib qoldi. Bu ikki xil qarashni de Broyl’ 1924 yilda birlashtirib

(1.2.5)



formulalarni taklif etdi. 1926 yilda e. SHredinger (1887- 1961) (3) formuladan foydalanib

(1.2.6)

to’lqin tenglamasi yordamida zarrachalar holatini bo’lish extimoliyatini aniqlash mumkinligini ko’rsatdi. Bu - to’lqinli funktsiya bo’lib uning qiymati orqali ehtimoliyat aniqlandi. Bu tenglamadan energiya, impul’s momentini kvantlanishi avtomatik ravishda kelib chiqadi. Geyzenberg aniqmasligi va Borning qo’shimcha to’ldirish printsiplari fizikaviy va falsafiy kalitlar bo’lishi mumkinligini Geyzenberg va Borlarning o’zlari aytdilar.

Dirak, SHredinger tenglamasini relyativistik effektlarni hisobga olganida yangi tenglama, Dirak tenglamasi hosil bo’lishini ko’rsatdi. Bu tenglama echimidan keyin pozitron (1932y) kashf etildi. Bundan, ya`ni pozitron kashfiyotidan keyin har qanday zarrachaga antizarracha mavjud bo’ladi degan ta`limot fiziklar orasida tarqaldi va tan olindi.

Demak: 1) ochilgan yangi fizikaviy kashfiyotlar va hodisalarni eski mumtoz fizika nuktai nazaridan tushuntirib bulmaydigan darajada bo’lib qoldi, fizika krizisga uchradi; 2) yangi kashfiyotlar fizikada yangi g’oyalar bo’lishini takozo etdi; 3) kvant fizikasi fizikaviy kashfiyotlarni ilmiy tahlil qilishga qodir bo’lgan ta`limot shaklida maydonga chiqdi.


Download 0.51 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Download 0.51 Mb.