• Baqara surasi 100-oyat
  • Oli Imron surasi 29-oyat
  • Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta




    Download 9,63 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet17/352
    Sana10.01.2024
    Hajmi9,63 Mb.
    #134163
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   352
    Bog'liq
    BuxDUPI to\'plam

    Baqara surasi 25-oyat: 
    Imon keltirib, solih amallarni qilganlarga xushxabar beringki, ular uchun 
    ostilaridan anhorlar (suvi) oqib turuvchi bog‘lar (jannatlar) bor. Rizq etilgan 
    mevalardan har gal tanovul qilganlarida: “Bu ilgari bizga rizq qilib berilgan 
    mevalarning xuddi o‘ziku”, - deydilar. Zero, ularga (surati) bir-biriga o‘xshash 
    mevalar beriladi. Yana ular uchun u yerda pokiza juftlar bordir va ular u yerda 
    abadiy qoluvchilardir. Izoh: Jannat ahli noz-ne’matlardan har gal tanovul 
    qilganlarida, ularning bir xillik va oliy sifatlikda bir-biridan farqsiz holda ko‘rib, 
    “bu oldinroq yegan narsalarimizning o‘zi-ku”, - deb taajjub qilar ekanlar. Ikkinchi 
    xil tafsiri shuki, jannatdagi noz-ne’matlarning tashqi ko‘rinishi xuddi foniy 
    dunyodagiga o‘xshash bo‘lib, mazasining totliligi bilan farq qilar ekan.
    Baqara surasi 100-oyat:
    Ey, imon keltirganlar! Agar Kitob berilganlarning biror guruhiga bo‘yin 
    sunsangiz, imon keltirganingizdan keyin sizlarni (yana) kofirlikka qaytaradilar. 
    Izoh: Shos ibn Qays ismli bir yahudiy Madinadagi Avs va Xazraj 
    qabilalaridan imon keltirgan bir guruh musulmonlar yonidan o‘ta turib bir yigitga: 
    “Ularga oldingi o‘rtalarida o‘tgan qabila jangini bir eslatib qo‘y”, - deydi. U 
    eslatgandan so‘ng ikki qabila kishilari bir-birlari bilan janjallashib, hatto qilich 
    yalang‘ochlashgacha boradilar. Bu xabar Rasulullohga yetgach, ul zot: “Men hali 
    oralaringda turib, sizlar yana johiliyat davriga qaytmoqchimisizlar?!” - deb tanbeh 
    beradilar. Shundan keyin ular shayton yo‘lidan qaytib, yana yarashib oladilar. 
    Oli Imron surasi 29-oyat: 


    33 
    Ey, imon keltirganlar! Sizlarga o‘ldirilgan kishilar uchun qasos olish farz 
    qilindi: ozod kishi muqobiliga ozod kishidan, qul uchun quldan, ayol kishi uchun 
    ayoldan. Birodari tomonidan avf etilsa (xun to‘lashga rozi bo‘linsa), u holda 
    yaxshilik bilan bo‘yin sunish va xunini yaxshilab to‘lash (zarurdir). Bu (hukm) 
    Rabbingiz tomonidan yengillik va marhamatdir. Bas, kimki shundan keyin ham 
    haddidan oshsa, unga alamli azob (berilur).
    Izoh: Ya’ni shu yengillik va ilohiy marhamatlardan keyin ham, qotildan, 
    boshqalardan o‘ch olsa yoki xun olgandan keyin ham qasos olsa, oxirat azobiga 
    mahkumdir. Imon keltirgan, (vatanlaridan) hijrat qilgan va Alloh (toati) yo‘lida 
    jiddu jahd qilgan kishilar - aynan o‘shalar Allohning rahmatidan umid qilurlar. 
    Alloh (esa) kechiruvchi va rahmlidir. 
    Hikmat: 
    Qul Sulaymon, eronlarga xizmat qilg‘il, 
    Yotoring tor lahaddir, yaxshi bilg‘il. 
    Boruring uzoq yo‘ldur ozuq olg‘il, 
    Ozuqing zakot turur bermasmusan? 
    Bu hikmat ham didaktik ruhda yozilgan bo‘lib, islom dinining besh arkonidan 
    biri zakot berish haqida. Shoir o‘ziga o‘zi murojaat qiladi: “Ey Sulaymon, eronlar 
    (islom diniga e’tiqod qiladigan xalqlar)ga xizmat qil, oxirida yotadigan joying tor 
    lahadligini yaxshi bilib ol. Boradigan yo‘ling hali uzoqdir, o‘zing bilan ozuqa 
    olishing kerak. Ozuqang zakotligini bilib turib ham bermaysanmi deb aytadi”. 

    Download 9,63 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   352




    Download 9,63 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta

    Download 9,63 Mb.
    Pdf ko'rish