26
.
Ushbu bayt Mukammal asarlar to‘plami va To‘la asarlar to‘plamidagi doston
matnida quyidagidek keltirilgan:
Suvg‘acha xoro bila bunyod etib,
Ko‘kka degin porai po‘lod etib.
27
Shoir o‘z “Xamsa”sining suvgacha bo‘lgan qismi toshdan, ko‘kkacha
ko‘tarilgan qismi po‘lat bo‘laklaridan bo‘lishini istab yozgan ushbu misrada
“anga”so‘zini qo‘llash o‘rinli bo‘ladi. Chunki, shoir “anga” so‘zi orqali “Xamsa”ga
murojaat qilyapti. Qolaversa, asar tanqidiy matnida ham bu so‘z “anga” tarzida
ifodalangan.
25
Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами.7 том. – Тошкент. “Фан”.1991. 60б.
26
Алишер Навоий. XVтомлик асарлар тўплами.6 том. – Тошкент. “Бадиий адабиёт”.1965. 22б.
27
Alisher Navoiy. To`la asarlar to`plami. 6-jild. Toshkent. 2012. 55-bet.
25
Ma’nini ul xayl parizod etib,
Jonlarin ul xavfdin ozod etib
28
Yuqoridagi misra XV tomlik asarlar to‘plami va To‘la asarlar to‘plamidan
o‘rin olgan doston matnida quyidagidek keltirilgan:
Ma’mani ul xayli parizod etib,
Jonlarin ul xavfdin ozod etib
29
Ushbu misrada turli xil ifodalangan so‘zlar “ma’nini” va “ma’mani” bo‘lib,
ularni lug‘atdan foydalanib, ma’nosini izohlaymiz. “Ma’ni” – ma’no, mazmun
degan ma’nolarda qo‘llansa, “ma’man” – omonlik joyi, qo‘rqinchsiz, tinch joy
ma’nolarida qo‘llanadi. Shunday ekan, bayt mazmuni “ma’ni” so‘zi orqali
ayonlashmaydi. Baytning to‘liq sharhi quyidagicha: “U yer parizodlar uchun
qo‘rqinchsiz tinch joy bo‘lib, ularning joni har qanday xavfdan xoli bo‘lsin”.
Tikmak uchun jismu uchurmoqqa bosh,
Anda qilib ta’biya ko‘p o‘qu tosh.
30
Yuqoridagi misra tarkibida kelgan “tikmak” so‘zi To‘la asarlar to‘plamida
“tegmak” tarzida ifodalangan. Bunday turli xillikning yuzaga kelishiga sabab qilib
eski o‘zbek yozuvida “kof” va “gof” harflari birgina “kof” orqali ifodalanganidir.
Shu sabab bir matnshunos buni “tikmak”, boshqa biri esa “tegmak” tarzida
o‘qigan. Endi so‘zlarning faqat shakliy jihatiga e’tibor qaratmay, uning ma’nosiga
ham yuzlanamiz: “Tegmak” so‘zi barchamizga ma’lum bo‘lgan tegmoq ma’nosida
qo‘llanadi. “Tikmak” so‘zining “tikmoq, garovga qo‘ymoq, sanchmoq” ma’nolari
bor. Bayt mazmuni esa quyidagicha: “Yovning badaniga sanchib, uni o‘ldirish
uchun u yerga ko‘p o‘q-u tosh to‘playman”. Shunday ekan, “tikmak” so‘zi bayt
mazmunini ochib berishga xizmat qiladi.
Dostonning ko‘ngul ta’rifi bilan bog‘liq baytlarida ham nashriy tafovutlar
ko‘zga tashlanadi. Alisher Navoiy XV tomlik asarlar to‘plamidagi dostonning
quyidagi baytiga e’tibor qaratsak:
28
Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами.7 том. – Тошкент. “Фан”.1991. 66б
29
Alisher Navoiy. To`la asarlar to`plami. 6-jild. Toshkent. 2012. 54-bet.
30
Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами.7 том. – Тошкент. “Фан”.1991. 66б.
26
Ham oni dajjol topib, ham nabi,
Iyso ila tengmu bo‘lur markabi?
31
Ammo xuddi shu bayt XX tomlik Mukammal asarlar to‘plamidagi doston
matnida:
Ham oni dajjol topib, ham nabi,
|