Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta




Download 9,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/352
Sana10.01.2024
Hajmi9,63 Mb.
#134163
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   352
Bog'liq
BuxDUPI to\'plam

Qolmadi yo‘lida chun aslo makon, 
Qildi makon bodiyai lomakon.
20
Ushbu misra X tomlik To‘la asarlar to‘plamining 6-jildi va ilmiy-tanqidiy 
matnda quyidagidek keltirilgan: 
Qolmadi chun yo‘lida  aslo makon, 
Qildi makon bodiyai lomakon.
21
“Hayrat ul-abror” dostonini tahlil qilish davomida asarning so‘z ta’rifi bilan 
bog‘liq quyidagi baytlarida nashriy tafovutlarga duch kelamiz: 
Gar xud erur xanjari po‘lod til, 
Suftidag‘i injulari so‘zni bil 
22
Agar til bamisoli bir po‘lat xanjar bo‘lsa, so‘z unga qadalgan injulardir 
mazmunidagi ushbu misra XX jildlik Mukammal asarlar to‘plamidan o‘rin olgan 
doston matnida quyidagidek keltirilgan: 
Gar xud erur xanjari po‘lod til, 
Sufti dog‘i injulari so‘zni bil.
23
Nashrlardagi har xillikni yuzaga keltirgan so‘z “suftidag‘i” bo‘lib, bu xatolik 
To‘la asarlar to‘plamidagi doston matnida “sufti dog‘i” tarzida tuzatilgan. 
Asarning ilmiy-tanqidiy matnida ham ushbu so‘z “sufti dog‘i” tarzida keltirilgan. 
Agar bu so‘z “suftidag‘i” bo‘lganda tanqidiy matnda”dol”harfidan so‘ng “alif” 
yozilmagan bo‘lar edi. 
Bois o‘lub shah so‘zi bedodg‘a, 
Tuhmat o‘lub o‘rtag‘a jallodg‘a 
24
20
Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами.7 том. – Тошкент. “Фан”.1991. 47б. 
21
Alisher Navoiy. To`la asarlar to`plami. 6-jild. Toshkent. 2012. 38-bet. 
22
АлишерНавоий. XVтомлик асарлар тўплами.6 том. – Тошкент. “Бадиий адабиёт”.1965. 15б. 
23
Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами.7 том. – Тошкент. “Фан”.1991. 58б 
24
Алишер Навоий. XVтомлик асарлар тўплами.6 том. – Тошкент. “Бадиий адабиёт”.1965. 15б. 


24 
Yuqoridagi baytdagi “o‘rtag‘a” so‘zi Mukammal asarlar to‘plami va To‘la 
asarlar to‘plamidagi doston matnida ”o‘rtada” tarzida ifodalangan. Bayt 
mazmunini sharhlashda ham albatta bu tuzatish o‘rinli ekanligiga guvoh bo‘lamiz. 
Asar ilmiy-tanqidiy matnida ham bu so‘z “o‘rtada” holida kelgan. 
Borchasidin haz etar ahli uqul, 
Gar xud uzoq cheksa bo‘lurlar malul 
25
Yuqoridagi baytda keltirilgan “haz” so‘zi XV tomlik asarlar to‘plamida 
“hazl” tarzida ifodalangan. Ularning qay biri bayt mazmuniga mos kelishini 
misralarni sharhlash orqali bilish mumkin. Lug‘atlarda “haz” so‘zi “huzur-halovat, 
lazzatlanish”, “hazl”esa “hazil qilmoq, oriq bo‘lmoq” ma’nolarda qo‘llanadi. 
Ushbu baytni to‘laligicha sharhlash uchun oldingi misralarga ham murojaat 
qilishga to‘g‘ri keladi. “Bazmda har qanday sozanda dilkash kuylarni ijro etib, 
kuyda qancha yaxshi takrorlar, mashqda qancha yaxshi naqarotlar bo‘lmasin, 
ularning barchasidan tushungan odamlar, lazzatlanadi, qanoatlanadi. Agar kuy 
ijrosi cho‘zilib ketsa, ularga ham malol keladi”. Shunday ekan, baytda “haz” 
so‘zining qo‘llanilishi o‘rinli bo‘ladi. 
Suvg‘acha xoro bila bunyod anga, 
Ko‘kka degin porai po‘lod anga

Download 9,63 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   352




Download 9,63 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta

Download 9,63 Mb.
Pdf ko'rish