19
Ruh yoqib sham’ bu mishkotdin.
5
Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) ta’rifi keltirilgan yuqoridagi misra
Mukammal asarlar to‘plamidan o‘rin olgan doston matnida quyidagidek berilgan:
Zoviyayi
hashmg‘a har zotdin,
Ruh yoqib sham’ bu mishkotdin.
6
Yuqoridagi so‘zlarning qay biri to‘g‘ri ekanligini aniqlashdan oldin bayt
mazmuniga va har ikkala so‘zning ma’nosiga e’tibor qaratish lozim. Bayt mazmuni
quyidagicha: Jism ya’niki tana qismlariga yig‘ilgan har narsaning asl Zotidan
namunalar joylashtirilgan tokchaga ruh sham yoqdi. Bu yerda “jism” so‘zi tana
ma’nosida qo‘llangan. “Hashm” esa lug‘atlarda uchramaydi. Misralarda
so‘zlarning turli xil o‘qilganiga sabab qilib so‘zlarning shakl jihatdan bir-biriga
o‘xshash ekanligini korsatish mumkin. Doston ilmiy-tanqidiy matnida ham bu so‘z
هغ مسج tarzida qo‘llangan.
Quyidagi misrada ham so‘z qo‘llash bilan bog‘liq har xillik kuzatiladi:
“Ho”i muhabbat
sanga –o‘qdur nasib,
Kim seni haq dedi o‘ziga habib.
7
Birinchi misradagi “sanga” so‘zi To‘la asarlar to‘plamidan o‘rin olgan doston
matnida
“anga” tarzida keltirilgan. Bir qaraganda so‘zlarning har ikkalasi ham
bayt mazmuniga to‘g‘ri keladi. Ammo ikkinchi misrada “seni” olmoshi qo‘llangan
paytda birinchi misrada “sanga” so‘zini qo‘llash o‘rinli bo‘ladi. Bayt mazmuni
quyidagicha: “Ho”si (Muhammad (s.a.v.)dagi “he” harfi nazarda tutilgan.) senga
muhabbat nasib bo‘lganini anglatib, Alloh seni o‘ziga habib dedi. Asar ilmiy-
tanqidiy matnida ham bu so‘z “sanga” tarzida qo‘llanilgan.