• Shohid ochib
  • Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta




    Download 9,63 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet10/352
    Sana10.01.2024
    Hajmi9,63 Mb.
    #134163
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   352
    Bog'liq
    BuxDUPI to\'plam

    Shohid etib chehra bu ko‘zgu anga, 
    Ul ne qilib, ko‘rguzubon bu anga.
    8
    5
    Alisher Navoiy. To`la asarlar to`plami. 6-jild. Toshkent. 2012. 26-bet. 
    6
    АлишерНавоий. Мукаммал асарлар тўплами.7 том. – Тошкент. “Фан”.1991. 33 б. 
    7
    Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами.7 том. – Тошкент. “Фан”.1991. 33 б. 
    8
    Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами.7 том. – Тошкент. “Фан”.1991. 34б. 


    20 
    Yuqoridagi misra X tomlik To‘la asarlar to‘plamidan o‘rin olgan doston 
    matnida quyidagicha keltirilgan: 
    Shohid ochib chehra bu ko‘zgu anga, 
    Ul ne qilib, ko‘rguzubon bu anga.
    9
    Misralardagi turli xillikni yuzaga keltirgan so‘zlar “shohid etib” va “shohid 
    ochib”dir. Lug‘atlarda ”shohid” so‘zining “guvoh” bilan bir qatorda, “go‘zal, 
    dilbar” ma’nolari ham uchraydi. Ushbu baytni tahlil qilish davomida yuqoridagi 
    baytlarga ham murojaat qilamiz. Yuqoridagi bayt mazmuni quyidagicha: Alloh 
    yuzida nima yashiringan bo‘lsa, ularning hammasi habibi yuzida ham namoyon 
    bo‘ladi. Uning chehrasi go‘zal bo‘lib, bu ko‘zgudir. U nimaki qilsa ko‘zgu unga 
    ko‘rsatadi. 
    Kufr biyik tog‘ig‘a solib shikast, 
    Yerga bo‘lub past butu butparast.
    10
    Yuqoridagi misradagi “tog‘ig‘a” so‘zi To‘la asarlar to‘plamidagi doston 
    matnida “toqig‘a” tarzida tuzatilgan. Bayt mazmunini sharhlash davomida bu 
    tuzatish asosli ekanligiga guvoh bo‘lamiz. “Toq” so‘zi “gumbaz, mehrob va 
    tokchalarning tepasidagi qayrilma qismi” ma’nolarida qo‘llaniladi. Baytdan 
    kofirlik buyuklik toqiga shikast yetkazgan bo‘lib, shunda butlar va butparastlar 
    ham yerga tiz cho‘kkan edi degan ma’no anglashiladi. Birinchi misrada “toqig‘a” 
    so‘zining o‘rinli qo‘llanilganiga sabab qilib, keyingi misrada “yer” so‘zining 
    qo‘llanilganligini ko‘rsatish mumkin. Shoir bu misrada “toq” va “yer” so‘zlarini 
    qo‘llash orqali tazod san’atining yorqin namunasini yaratgan. 
    Zoting edi javhari ulviy najod, 
    Tutmadi yer soyasi birla savod.
    11
    Yuqoridagi bayt To‘la asarlar to‘plamidan o‘rin olgan doston matnida 
    quyidagicha keltirilgan: 
    Zoting edi gavhari ulviy najod, 
    9
    Alisher Navoiy. To`la asarlar to`plami. 6-jild. Toshkent. 2012. 27-bet. 
    10
    АлишерНавоий. Мукаммал асарлар тўплами.7 том. – Тошкент. “Фан”.1991. 35б. 
    11
    Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами.7 том. – Тошкент. “Фан”.1991. 38б. 


    21 
    Tutmadi yer soyasi birla savod.
    12
    Kim yuzin ayblab qaro g‘amnok erur, 
    Shaqqi emaskim, yoqosi chok erur.
    13
    Yuqoridagi misra To‘la asarlar to‘plamidan o‘rin olgan doston matnida 
    quyidagidek yozilgan: 
    Kim yuzin aylab qaro g‘amnok erur, 
    Shaqqi emaskim, yoqosi chok erur.
    14
    Bu yerda turli xil yozilgan so‘zlar “ayblab” va “aylab” so‘zlarigina emas, 
    balki har ikkala nashrda ham bir xilda yozilgan “shaqqi” so‘zi hamdir. Bu so‘z 
    ilmiy-tanqidiy matnda “shaqiy” tarzida yozilgan. Agar bu so‘z “shaqqi” bo‘lganida 
    “qof” harfida tashdid belgisi qo‘llanilgan bo‘lar edi. Birinchi misrada qo‘llangan 
    “ayblab” so‘zi ham ilmiy-tanqidiy matnda “ب لاىا” tarzida yozilgan. Baytda 
    so‘zlarning qay biri o‘rinli foydalanilganinini bilish uchun bayt mazmuniga ham 
    e’tibor qaratish lozim: Kim yuzini qora qilib g‘amda ekan, u baxtsiz , omadsiz 
    emas, balki yoqasi chokdir. 

    Download 9,63 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   352




    Download 9,63 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta

    Download 9,63 Mb.
    Pdf ko'rish