15
Fikrimizni atoqli o‘zbek adibi Pirimqul Qodirovning
quyidagi jumlalari
bilan yakunlasak, o‘rinli bo‘lar edi: “Tilning butun qudrati uning xalq dilida va
mehnat jarayonida yaratilib, boyib borishi bilan bog‘liqdir. Odamlar bir ishni
ko‘plashib qilganlarida bir-birlari bilan suhbatlashib so‘zlar vositasida aloqa
qilishga ehtiyoj sezadilar. Bir avlod o‘zining ish tajribasini
ikkinchi avlodga
so‘zlar vositasida tushuntiradi. Shu tarzda bundan yuzlab, minglab yillar oldin
yaratilgan til boyliklari avloddan avlodga o‘tib kishilarning ma’naviy dunyosini
boyitib boradi. Til mehnat jarayonida yaratilgani tufayli uning bosh manbayi va
asosiy ildizlari, asosiy boyliklari ham zahmatkash xalqda bo‘ladi
3
”. Mana shunday
til boyliklarini xalq orasidan yig‘ish, ularga sayqal berib keyingi avlodga yetkazish
ayni damda sharafli, shu bilan birga kechiktirib bo‘lmas vazifadir!
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yilning 20-oktabridagi
“Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish
va til siyosatini
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6084-sonli farmoni.
https://lex.uz/docs/-5058351
2. Қодиров П. Тил ва дил. Т., “Ўзбекистон”, 1972. – Б. 3.
3. https://qomus.info/encyclopedia/cat-a/akkumulyatsiya-uz/
DAVLAT TILIGA E’TIBOR
A.A. Ikramov
Pedagogika fanlari bo‘yicha
falsafa doktori (PhD
)
Yangilanayotgan O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlar jarayonida
ma’naviy hayotimizda ham ulkan ijobiy o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Buni
birgina ona tilimizga bo‘lgan yuksak ehtirom, qolaversa, davlat tiliga bo‘lgan
e’tiborning hukumatimiz kun tartibiga qo‘yilgan bosh masalalaridan biri ekanligida
3
Қодиров П. Тил ва дил. Т., “Ўзбекистон”, 1972. – Б. 3.
16
ham ko‘rishimiz mumkin. Bundan o‘ttiz uch yil muqaddam o‘zbek tiliga davlat
tili maqomi berilishi bilan ona tilimizga haqiqiy tamal toshi qo‘yildi.
Mamlakatimiz rahbarining “O‘zbek tilining davlat
tili sifatidagi nufuzi va
mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 21-oktabrdagi PF-
5850-son Farmoni ham mana shu tarixiy islohotning uzviy davomi bo‘ldi. Farmon
ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-yanvardagi
qaroriga muvofiq barcha viloyat hokimlari davlat tili to‘g‘risidagi qonun
hujjatlariga so‘zsiz rioya qilinishi, ish yuritishning davlat tilida tashkil etilishiga
shaxsan javobgar ekanliklari belgilab qo‘yildi. Chunonchi, O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-martdagi 117-sonli qarori
asosida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek
tili va adabiyoti
universiteti huzurida Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish
markazining, shuningdek, Davlat tilini rivojlantirish departamentining qoshida
O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasining tashkil etilishi ona tilimizga bo‘lgan
hurmat va ehtiromning amaldagi ifodasidir.
Nuktadon olim I.Azimov tilimizga nisbatan beparvolik jamiaytning
savodxonlik darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani, oliy o‘quv yurtiga kelayotgan
aksariyat yoshlar hatto oddiygina ariza yoza olishmayotgani achinarli holat
ekanligini, ayniqsa, pedagoglar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalarida davlat
tilining o‘qitilishiga alohida e’tibor berish
lozimligini qayd etadi
4
. Bugun ona
diyorimizning go‘zal ko‘chalarini keza turib, binolar peshtoqiga ilib qo‘yilgan
“Sultan”, “BigMac”, “La Sirena”, “Eldorado”, “Другой”, “Diadema”, “Mega
market”, “Big burger”, “King burger”, “BigMac”, “Dolce Vita”, “Ekonom market”
kabi turli tillardagi nomlarga ko‘zimiz tushadi. Tilimiz shu qadar qashshoq
ekanmi, boshqa tillardagi so‘zlarni olib jimjimador harflar bilan binolar peshtoqini
bezashyapti, deya beixtiyor o‘yga toladi kishi. Shu o‘rinda muhtaram
Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyevning: “Har birimiz davlat tiliga bo‘lgan e’tiborni
4
Azimov I. Ta’lim tizimida davlat tilini o‘qitish muammolari. “Davlat tili ijtimoiy taraqqiyot va milliy yuksalish
mezoni” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Buxoro, 2020. – B 30.
17
mustaqillikka bo‘lgan e’tibor deb, davlat tiliga ehtirom va sadoqatni
ona Vatanga
ehtirom va sadoqat deb bilishimiz, shunday qarashni hayotimiz qoidasiga
aylantirishimiz lozim. Bu olijanob harakatni barchamiz o‘zimizdan, o‘z oilamiz va
jamoamizdan boshlashimiz, ona tilimizga, urf-odat va qadriyatlarimizga hurmat,
Vatanga mehrimizni amaliy faoliyatda namoyon etishimiz kerak”, –
degan
so‘zlarini keltirish o‘rinli bo‘lar edi. Ona tilimizga ehtirom ko‘rsatish har
birimizning yurt oldidagi burchimiz hisoblanadi. O‘ylaymizki, tez orada
yuqoridagi kabi holatlar bartaraf etiladi.
Sof o‘zbek tilida so‘zlash millat tiliga bo‘lgan cheksiz hurmat va
muhabbatning nishonasidir. Ona tilini avaylab-asrash, uni butun jozibasi-yu
tarovati bilan kelajak avlodga yetkazib berish har birimizning muqaddas
burchimiz, vataniy vazifamizdir. Zero, tilning asrlar
davomida yashovchanligini
ta’minlovchi, umrboqiyligini kafolatlovchi bosh mezon hukumat tomonidan
chiqarilgan qonunlar, qabul qilingan qaror-u farmonlar emas, balki shu tilning
haqiqiy egasi bo‘lmish xalqning o‘zidir.